Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
Namangandagi sayyor qabul
Davlatobod tumani “Yangi Oʼzbekiston - yoshlar ziyo maskani axborot kutubxonasi”da Namangan viloyati yoshlari bilan ochiq muloqot shaklida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda oliy, professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda qabul jarayonlarini tashkil etilganlik holati hamda yoshlarning taʼlim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma va boʻlim boshliqlari, vazirlikning viloyat boshqarmasi rahbariyati, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari prorektorlari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda professional taʼlim va oliy taʼlim tizimida tahsil olayotgan talaba-yoshlar hamda abituriyentlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, takliflar, muammolar bilan masʼullarga murojaat qildilar. Ochiq va rasmiylikdan holi tarzda oʻtgan uchrashuvda murojaatlarga javoban, yoshlarga oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayonlari, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish tartibi, oliy taʼlim tizimidagi mavjud imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, ilm-fan va innovatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yoshlar tomonidan yaratilayotgan yangi ishlanmalar hamda startap loyihalar bilan tanishildi, ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi. Sayyor qabulda oʻnlab yoshlarning yangi ishlanmalarini oʻrganib chiqish va moliyalashtirish masalasi eʼtiborga olindi. Yana koʻplab murojaatlarda bayon etilgan muammolar ularning yechimini taʼminlash maqsadida ishlab chiqiladigan “Yoʻl xaritasi”ga kiritiladigan boʻldi. Bir soʻz bilan aytganda, sayyor qabul ilm olish, izlanish, katta marralarni zabt etish, mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshish maqsadidagi yoshlar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etdi.
Ayni vaqtda Shvetsariyaning VET4UZ loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining professional ta’lim bo‘yicha mas’ullari va xususiy sektor vakillaridan tashkil topgan O‘zbekiston delegatsiyasi “Shvetsariyaning professional ta’lim va o‘qitish tizimi: mehmondo‘stlik va turizm misolida” dasturi bo‘yicha o‘quv safari bilan Shvetsariyada bo‘lib turibdi Shvetsariyaning Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish Federal universiteti (SFUVET) va boshqa hamkorlar bilan tashkil etilgan ushbu safarning maqsadi delegatsiyani Shvetsariya ta’limi, xususan, professional ta’lim tizimi bilan tanishtirish hamda professional ta’lim va xususiy sektor o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni muhokama qilishdan iborat. Safar davomida delegatsiya SFUVET vakillari bilan uchrashib, Shvetsariya professional ta’lim tizimida professional uyushmalarning roli hamda O‘zbekistonda xususiy sektor ishtirokini muhokama qildi. Shuningdek, delegatsiya Martinyi shahridagi mehmonxonalar maktabiga (Hotel-école de Suisse romande) va Mehmondo‘stlik va turizm professional uyushmasi (Hotellerie Suisse)ni borib ko‘rishdi.
Joriy yilning 16-20-oktabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeyek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Haftalik doirasida 17-oktabr kuni Koreya texnik universiteti (Tech University of Korea) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi (ICT Intelligence Convergence Research Center (IICRC) Tech University of Korea, Republic of Korea) direktori janob You Suk Bae institutga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Koreya texnik universiteti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi va Professional ta’limni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan innovatsion loyihalar hamda joriy yilning 19-may kuni imzolangan hamkorlik memorandumi bo‘yicha bajariladigan ishlar muhokama qilindi.
Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) filiali o‘rtasida 2022-yil 1-mayda imzolangan 01/05-23-TVET-sonli grant shartnomasi imzolangan. Shartnomaga asosan, “Professional ta’lim muassasalarida ta’lim takliflarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda to‘qimachilik sohasidagi malaka oshirish tizimini yaxshilash” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar trening tashkil etildi. Seminar trening joriy yilning 30-oktyabr – 1-noyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Reikartz Amirun” mehmonxonasida “To‘qimachilik sanoatida kattalar ta’limi va o‘qishi” mavzusida trenerlar tayyorlash dasturining 2-moduli o‘tkazildi. Treningda qatnashchilari kommunikatsiyaning nazariy asoslari, verbal, noverbal va paraverbal kommunikatsiya qoidalari, guruh dinamikasining mohiyati va uning asosiy bosqichlari bilan tanishib chiqdilar. О‘quv guruhida ijobiy muhitning rolini, kattalar ta’limida emotsionallikning ahamiyatini, kommunikativ tо‘siqlarni о‘z vaqtida bartaraf etishning zarurligini, о‘quv jarayoni samaradorligini oshirishda guruh dinamikasining rolini tushunib oldilar. Turli xil kommunikatsiya uslublarini qо‘llash, kommunikativ tо‘siqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, zо‘ravonliksiz muloqotni shakllantirish uchun verbal, noverbal va paraverbal muloqot usullaridan foydalanish, ta’lim berish jarayenida guruh dinamikasi bosqichlarini boshqarish, о‘quv guruhida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal qilish va “muammoli tinglovchilar” bilan ishlash bо‘yicha kunikmalar hosil qildilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida ushbu ta’lim muassasasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Memorandumga ko‘ra, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, innovatsion va texnologik g‘oyalarni rivojlantirish, shuningdek, ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy loyihalarni hamkorlikda bajarish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilish belgilandi. Ta’lim muassasalari rahbarlari kelgusida memorandumda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Joriy yilning 16-oktabr sanasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda “Moliyaviy va tadbirkorlik taʼlimi sohasida professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari hamda rahbarlarini oʻqitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida 2023-yil 16-28-oktabr kunlari xorijiy ekspertlar tomonidan Germaniya tajribasi asosida 50 nafar hududiy boshqarma vakillari va professional taʼlim muassasalarining tadbirkorlik va biznes asoslari fanlari oʻqituvchilarining moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish modullari boʻyicha navbatdagi oʻquv-seminar tashkil etildi. Ma’lumot uchun, “Professional ta’lim muassasalari rahbar-o‘qituvchilarini moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish” loyihasi doirasida joriy yilning fevral - mart oylarida 48 nafar, pedagog kadrlar aprel-may oylarida 460 nafardan ortiq pedagog kadrlar, 5-iyunda esa pilot sifatida tanlangan professional ta’lim muassasalarining 52 nafar direktorlari, o‘rinbosarlari va tegishli mas’ul xodimlari Germaniya metodikasi asosida o‘qitildi.