Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Yangiliklar va e’lonlar

Barcha yangiliklar va e’lonlar
17-Sentabr, 2026-yil 19:04 Tinglovchilarning kasbiy salohiyatni oshirish yo‘lida muhim qadam messi

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan rahbar va boshqaruv xodimlari uchun har kuni darsdan keyin zamonaviy kasbiy taʼlimning dolzarb masalalariga bagʻishlangan uchrashuv va ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, joriy yil 17-sentabr kuni “Texnikumlarda oʻquv jarayonini tashkil etishda modulli taʼlim dasturlaridan samarali foydalanish” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi. Muloqot davomida 2026/2027 oʻquv yilidan texnikumlarda joriy etilgan kunduzgi, dual, qoʻshma hamda xalqaro taʼlim dasturlari, ularning mazmun-mohiyati, oʻquv jarayonini tashkil etishdagi oʻziga xos jihatlari va modulli yondashuvdan samarali foydalanish masalalari boʻyicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi. Bunday ochiq muloqotlar rahbar va boshqaruv xodimlarining zamonaviy yondashuvlar asosida bilim va koʻnikmalarini boyitish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda texnikumlarda taʼlim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

5-Sentabr, 2026-yil 11:07 Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 2026-yil 4-sentabr kuni navbatdagi Ilmiy-pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. messi

Yig‘ilishda Institut direktori Kadirov Xayot Sharipovich Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonini topshirdi. Ularning kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, mas’uliyatli faoliyati va fidokorona mehnati munosib e’tirof etildi. Shuningdek, 2026-yilda kasbiy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarini diplom va sertifikat blankalari bilan ta'minlash holati muhokama qilindi. Malaka oshirish kurslarining o'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha tayyorgarlik holati to'g'risida axborot tinglandi. Kun tartibidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktyabrdagi PQ-316-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2026-2027 oʻquv yili uchun ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari, joriy etilgan xalqaro ta’lim dasturlari va ustuvor vazifalar borasida olib borilayotgan ishlar ham o‘rin oldi. Yig‘ilish davomida turli masalalar ham ko‘rib chiqilib, muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

4-Avgust, 2026-yil 9:43 «Народное слово» gazetasida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti direktorining maqolasi chop etildi. messi

«Народное слово» gazetasining 2026-yil 31-iyul 154-sonida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti direktori, Pedagogika fanlari doktori, professor. Kadirov Xayot Sharipovichning «Основа прогресса - знания, профессия и технологии» sarlavhasidagi maqolasi chop etildi. Ushbu maqolada O'zbekistonning yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ta'limni rivojlantirish va malakali mehnatni tayyorlash sohalaridagi davlat siyosati bilan bog'liq masalalar mamlakatning barqaror rivojlanishining asosiy omillari sifatida batafsil ko'rib chiqildi. Ta'lim sifatini oshirish, zamonaviy o'quv muhitini yaratish va yoshlarning kasbiy rivojlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan strategik islohotlarga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, inson kapitalining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining asosi sifatidagi ahamiyati o'rganiladi. Unda bilim, ko'nikma va zamonaviy texnologiyalar innovatsion rivojlanishning asosiy omili, mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish va bilimga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish ekanligi ta'kidlangan. Bundan tashqari, talabalar kreditlari, imtiyozli ipoteka dasturlari, kasb-hunar ta'limi, grantlar, vaucherlar, tadbirkorlikni rivojlantirish, raqamli ko'nikmalar va xorijiy tillarni taqdim etish kabi yoshlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha hukumat tashabbuslari batafsil yoritilgan.

1-Avgust, 2026-yil 17:11 “Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti (Skills-2026 Workshop)” mavzusida amaliy seminar-trening o‘tkazildi messi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ–316-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 30–31 iyul kunlari Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida kasbiy standartlar hamda xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningning asosiy maqsadi yangi avlod modulli ta’lim dasturlarining mazmun-mohiyati, tuzilishi va ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlarini hududlardan jalb etilgan 50 nafar tajribali pedagog hamda hududiy Kasbiy ta’lim boshqarmalarining mas’ul vakillariga atroflicha tushuntirish, shuningdek, ular orqali “trenerlarni tayyorlash” (Train-the-Trainer) tamoyili asosida respublikadagi barcha kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglariga mazkur bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich yetkazish tizimini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Ikki kunlik seminar davomida ishtirokchilar modulli ta’lim dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qitish natijalari va baholash mezonlarini belgilash, modullar mazmunini shakllantirish hamda amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar. Mazkur seminar respublikada natijaga yo‘naltirilgan modulli ta’lim dasturlarini samarali joriy etish, hududiy trenerlar salohiyatini oshirish, ta’lim jarayoniga yagona metodik yondashuvlarni tatbiq etish hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

2884

O'quv me'yoriy hujjatlar

1147

O‘quv adabiyotlar

1816

O‘qitish materiallari to‘plami

650

Metodik mahsulotlar

41029

Foydalanuvchilar

Loyiha haqida

Ushbu axborot tizimi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti Kasbiy ta’limni raqamlashtirish laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʼlib, kasbiy taʼlim muassasalari uchun metodik ta’minotni amalga oshiradi.