Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

“Kattalar ta’limida kommunikatsiya va guruh dinamikasi” treningi

Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) filiali o‘rtasida 2022-yil 1-mayda imzolangan 01/05-23-TVET-sonli grant shartnomasi imzolangan. Shartnomaga asosan, “Professional ta’lim muassasalarida ta’lim takliflarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda to‘qimachilik sohasidagi malaka oshirish tizimini yaxshilash” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar trening tashkil etildi. Seminar trening joriy yilning 30-oktyabr – 1-noyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Reikartz Amirun” mehmonxonasida “To‘qimachilik sanoatida kattalar ta’limi va o‘qishi” mavzusida trenerlar tayyorlash dasturining 2-moduli o‘tkazildi. Treningda qatnashchilari kommunikatsiyaning nazariy asoslari, verbal, noverbal va paraverbal kommunikatsiya qoidalari, guruh dinamikasining mohiyati va uning asosiy bosqichlari bilan tanishib chiqdilar. О‘quv guruhida ijobiy muhitning rolini, kattalar ta’limida emotsionallikning ahamiyatini, kommunikativ tо‘siqlarni о‘z vaqtida bartaraf etishning zarurligini, о‘quv jarayoni samaradorligini oshirishda guruh dinamikasining rolini tushunib oldilar. Turli xil kommunikatsiya uslublarini qо‘llash, kommunikativ tо‘siqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, zо‘ravonliksiz muloqotni shakllantirish uchun verbal, noverbal va paraverbal muloqot usullaridan foydalanish, ta’lim berish jarayenida guruh dinamikasi bosqichlarini boshqarish, о‘quv guruhida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal qilish va “muammoli tinglovchilar” bilan ishlash bо‘yicha kunikmalar hosil qildilar.

3-Aprel, 2024-yil 10:56 Texnikumlarda kredit-modul tizimi bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2024 yil 5 fevral kuni “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha 2024 yilgi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi kengay tirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektorda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 dekabrdagi “Professional ta’limda kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 648-son qarorida texnikumlarda kredit modul tizimi joriy etilishi belgilab berilgan. Shu maqsadda, joriy yilning 1-4 aprel kunlari “Texnikumlarda kredit-modul tizimi bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish” mavzusida 500 dan ortiq OTMlari professor-o‘qituvchilari hamda texnikumlarda faoliyat olib borayotgan pedagoglar uchun “oflayn” shaklda, KHMlari va kolejlarning kasb va mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirish va yangisini ishlab chiqish yuzasidan ish beruvchi korxona va tashkilotlar hamda professional ta’lim muassasalari pedagoglaridan iborat 700 nafardan ortiq Ishchi guruh a’zolari uchun “onlayn” shaklda o‘quv-uslubiy seminar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Seminarni o‘tkazishdan maqsad: Umumiy qabul qilingan ta’limning kredit-modul texnologiyasining o‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro umumta’lim standartlariga mos kelishi va ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish muammolari, jahon tendensiyalarini hisobga olgan universal ta’lim dasturi, akademik erkinlik va o‘quv dasturlari variativligini o‘rganish. Respublika ta’lim muassasalarida o‘qitishning kredit-modul texnologiyasini joriy etish milliy ta’lim tizimini isloh qilishdagi jahon tendensiyalariga asoslanishini seminar a’zolariga yetkazish. Seminarning vazifasi: kredit-modul ta’lim tizimiga o‘tish jarayonining zamonaviy tendensiyalari va mexanizmlarini chuqur o‘rganish, tahlil qilish hamda professional ta’lim tizimi o‘quvchilarining kredit-modul ta’limiga moslashish muammosi hamda uslubiy asoslarini o‘rganish natijasida professional ta’lim tizimida 90 dan ortiq kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha kredit-modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqishdan iborat. Yetarli “kredit” to‘plagan bitiruvchilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ko‘ra “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi yoki uchinchi kurslarida to‘plangan kreditlar tan olingan holda ta’limni davom ettirish imkoniyatini yaratiladi.

4-Aprel, 2023-yil 9:21 Pedagogik innovatsiyalar institutida yetakchi olimlar, akademik va fan doktorlari, professorlar bilan doktorant va ilmiy tadqiqotchilarning uchrashuvi tashkil etishdi

Pedagogik innovatsiyalar instituti “Innovatsion loyihalar, fan va ta’lim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 30-mart kuni pedagogika sohasidagi yetakchi olimlar, akademik va fan doktorlari, professorlar bilan doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar oʻrtasida “Yangi O‘zbekistonda yangicha ta’lim: ilmiy tadqiqotlar ta’lim sifatini ta’minlashning muhim omili” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan yangicha ta’lim siyosati, professional ta’lim tizimida zamonaviy taraqqiyot talablariga mos ravishda ta’lim sifatini ta’minlashning dolzarb muammolari hamda ushbu muammolarni hal etishda pedagogik ilmiy tadqiqotlar olib borishning zaruriyati toʻgʻrisida fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, akademik R.X.Djurayev va yetakchi olimlar tomonidan doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilarga ular tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlarini zamonaviy talablarga mos va sifatli amalga oshirishlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Davra suhbat soʻngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

18-Sentabr, 2023-yil 9:42 Professional ta’limda raqamli ta’lim resurslari, ochiq darslar va master-klasslar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 26-iyuldagi Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 329-sonli hamda 2023-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim muassasalarda ta’lim sifatini ta’minlash uchun ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 408-sonli buyrug‘i asosida seminar tashkil etildi. Seminar davomida raqamli ta’lim resurslari platformasi, raqamli ta’lim resurslarini tayyorlash, Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovining ta’lim muassasi bosqichini o‘tkazish, tanlovga kelib tushgan resurslarni baholash, ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish bo‘yicha ma’lumot berildi. Yuqoridagilar yuzasidan fikr, mulohazalar va takliflar bildirildi. Seminarda Institut professor-о‘qituvchilari, mutaxassislar hamda malaka oshirish bо‘yicha kelgan rahbar xodimlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

29-Sentabr, 2023-yil 9:12 Professional ta’limni rivojlantirish institutida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi

Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori, Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va Kasaba uyushmasining yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshchiligida ilmga chanqoq, intiluvchan va bilimdon xodimlarimiz o‘rtasida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan 2023-yilning 27-sentabr kuni “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda “Intellekt”, “IDEAL”, “Ilm ziyokorlari”, “PROGRAMMER” va “ABC group” jamoalari ishtirok etdishdi. O‘yin juda qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. O‘yin yakunida 8 ball bilan “Intellekt” jamoasi I-o‘rin, 5 ball bilan “IDEAL” jamoasi II-o‘rin, 4 ball bilan “Ilm ziyokorlari” jamoasi III-o‘rinni egallashdi. G‘oliblar Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

24-Iyul, 2023-yil 9:54 Professional ta’lim tizimini rivojlantirishda navbatdagi qadam

2023-yil 19-iyul kuni Oly ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar instituti va “Qо‘qon mexanika zavodi” Aksiyadorlik jamiyati о‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unda Pedagogik innovatsiyalar instituti va “Qо‘qon mexanika zavodi” Aksiyadorlik jamiyati rahbar hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Mazkur uchrashuv va shartnomaga kо‘ra, hamkorlikda tegishli kasb va mutaxassisliklar hamda qisqa muddatli о‘quv kurslari bо‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, о‘quv-uslubiy ishlarni yо‘lga qо‘yish, о‘zaro tajriba almashish, о‘quvchilarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini tashkil etish, maxsus fanlar о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining amaliy kо‘nikmalarini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarini yо‘lga qо‘yish, qо‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali professional ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.