Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini Germaniya metodikasi asosida o‘qitish bo‘yicha o‘quv seminar boshlandi
Joriy yilning 16-oktabr sanasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda “Moliyaviy va tadbirkorlik taʼlimi sohasida professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari hamda rahbarlarini oʻqitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida 2023-yil 16-28-oktabr kunlari xorijiy ekspertlar tomonidan Germaniya tajribasi asosida 50 nafar hududiy boshqarma vakillari va professional taʼlim muassasalarining tadbirkorlik va biznes asoslari fanlari oʻqituvchilarining moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish modullari boʻyicha navbatdagi oʻquv-seminar tashkil etildi. Ma’lumot uchun, “Professional ta’lim muassasalari rahbar-o‘qituvchilarini moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish” loyihasi doirasida joriy yilning fevral - mart oylarida 48 nafar, pedagog kadrlar aprel-may oylarida 460 nafardan ortiq pedagog kadrlar, 5-iyunda esa pilot sifatida tanlangan professional ta’lim muassasalarining 52 nafar direktorlari, o‘rinbosarlari va tegishli mas’ul xodimlari Germaniya metodikasi asosida o‘qitildi.
2023-yil 13-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) rektori Zolotareva Nataliya Mixaylovna, Xalqaro va hududlararo aloqalar bо‘limi boshlig‘i Markelova Yuliya Vladimirovna va bosh mutaxassis Oleynikova Olga Nikolayevna, Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Siddiqova Sadoqat G‘afforovna va vazirlik mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi Xalqaro miqyosidagi uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida professional ta’limni rivojlantirish borasida hamkorlikda olib boriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida professional ta’lim tizimiga yangicha yondashuv asosida qarashlarni shakllantirish va xalqaro tajribalarni qо‘llagan holda kerakli jihatlarini mavjud tizimga tadbiq qilish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriadigan tadbirlar va ishlar kelishib olindi.
«Народное слово» gazetasining 2026-yil 31-iyul 154-sonida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti direktori, Pedagogika fanlari doktori, professor. Kadirov Xayot Sharipovichning «Основа прогресса - знания, профессия и технологии» sarlavhasidagi maqolasi chop etildi. Ushbu maqolada O'zbekistonning yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ta'limni rivojlantirish va malakali mehnatni tayyorlash sohalaridagi davlat siyosati bilan bog'liq masalalar mamlakatning barqaror rivojlanishining asosiy omillari sifatida batafsil ko'rib chiqildi. Ta'lim sifatini oshirish, zamonaviy o'quv muhitini yaratish va yoshlarning kasbiy rivojlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan strategik islohotlarga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, inson kapitalining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining asosi sifatidagi ahamiyati o'rganiladi. Unda bilim, ko'nikma va zamonaviy texnologiyalar innovatsion rivojlanishning asosiy omili, mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish va bilimga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish ekanligi ta'kidlangan. Bundan tashqari, talabalar kreditlari, imtiyozli ipoteka dasturlari, kasb-hunar ta'limi, grantlar, vaucherlar, tadbirkorlikni rivojlantirish, raqamli ko'nikmalar va xorijiy tillarni taqdim etish kabi yoshlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha hukumat tashabbuslari batafsil yoritilgan.
2023-yilning 29-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Unda vazir soʻnggi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari, taʼlim jarayonini sifat jihatidan yuqori darajaga koʻtarish boʻyicha bajarilayotgan ishlar hamda kelgusi vazifalarga toʻxtaldi. Uchrashuvda qoraqalpogʻistonlik olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovga sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishidagi fikr va takliflarini bildirdi. Xususan, barcha oliy taʼlim muassasalarida masofaviy taʼlimni takomillashtirish maqsadida yangi platforma ishlab chiqish "Yosh ijodkorlar" klubini tashkil etish, mashhur musavvirlarning ijodiy ishlaridan iborat koʻrgazmalar tashkillashtirish, "Universiada" sport oʻyinlari qatoriga paralimpiya oʻyinlarini kiritish, talabalarning xorijda hamda respublikamiz oliy taʼlim muassasalarida akademik almashinuvlarini yoʻlga qoʻyish, respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarning ilmiy jurnallarida qoraqalpoq tilida ham maqolalarni chop etish imkoniyatini yaratib berish, shuningdek, yoshlar oʻzlarining startap hamda innovatsion loyihalarining vazirlik tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi yuzasidan takliflar bildirildi. Vazir Ibrohim Abdurahmonov bildirilgan takliflar va koʻtarilgan masalalarni birma-bir tinglab, ularning ijobiy hal etilishi hamda qoʻllab-quvvatlanishini alohida taʼkidladi va masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi so‘ngi yillarda xorijiy va MDHning bir qator ta’lim muassasalari hamda loyihalar doirasidagi tashkilotlar bilan professional ta’lim tizimini yanada rivojlantirish maqsadida sezilarli darajada hamkorlik ishlarini amalga oshirmoqda. Jumladan, Pedagogik innovatsiyalar instituti va Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO), Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) hamda Belarus Respublikasi Professional ta’lim respublika instituti (RIPO) bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar (Memorandumlar) asosida jumladan, 2022 yilda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlanish instituti (IRPO) bilan imzolangan hamkorlik yo‘l xaritasiga muvofiq bir qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, tegishli modulli dasturlarni shakllantirishga doir zamonaviy uslubiy yondashuvlar bo‘yicha axborot-uslubiy seminarlar, professional ta’limini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga bag‘ishlangan onlayn konferensiya, o‘quv seminarlar va boshqa bir qator axborot-uslubiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tarbiya jarayoni professional ta’lim tizimining ajralmas qismi ekanligini inobatga olingan xolda professional ta’lim tizimidagi joriy ta’lim-tarbiya ishlari va talabalar ijodiy jamoalarining ilg‘or tajribalarini almashish masalalariga bag‘ishlangan qo‘shma davra suhbatlari tashkil etildi. Hamkorlikni davom ettirish maqsadida bugun 13-mart sanasida Pedagogik innovatsiyalar instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar (Memorandum)ni amalga oshirish bo‘yicha 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan Chora-tadbirlar rejasini imzolash tadbiri o‘tkazildi. Tadibirda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) tomonidan institut rektori Zolotareva Nataliya Mixaylovna, Xalqaro va hududlararo aloqalar bo‘limi boshlig‘i Markelova Yuliya Vladimirovna va bosh mutaxassis Oleynikova Olga Nikolayevnalar hamda Pedagogik innovatsiyalar instituti tomonidan institut direktori Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich, direktor o‘rinbosarlari, tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari qatnashdi. Ushbu tadbirdan oldin ikkala institut vakillari tomonidan birgalikda bajarilishi kutayotgan muhim masalalar muhokama etildi, ularni ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi harakatlar rejasi tahlil qilindi Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti vakillari tomonidan Pedagogik innovatsiyalar institutida “O‘quv materiallari va modullarini loyihalash texnologiyasi” mavzusida Institut professor-o‘qituvchilari, mutaxasislar va tinglovchilar uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur hamkorlik kelishuvning maqsadi professional ta’lim tizimida ish beruvchilarning talablariga mos o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlash va xalqaro tajribalarni o‘rganish, tahlil qilishdan iborat. Ushbu hamkorlik kelishuvi birlamchi ravishda professional ta’lim tizimiga yangicha yondashuv asosida qarashlarni shakllantirish va xalqaro tajribalarni qo‘llagan holda kerakli jihatlarini mavjud tizimga tadbiq qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish va takliflar kiritishdan iborat. Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) bilan hamkorlik olib borishda quyidagi vazifalar ko‘zda tutilgan: • Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim tizimi o‘qituvchilari uchun hamkorlikda me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, o‘quv dasturlarining qo‘shma paketlarini yaratish sohasida ish olib borish; • O‘zaro hamkorlik rejasiga asosan Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining professional ta’limi tizimi o‘qituvchilarining malakasini oshirish dasturlari doirasida yangi uslub va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda kamida 5 ta modullar to‘plami yaratish va ularning dasturlarni ishlab chiqish; • Professional ta’limi tizimidagi rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida tajriba almashishni tashkil etishda institutlar professor-o‘qituvchilari, o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminar va treninglar tashkil etish va o‘tkazish; • Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ilmiy kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi yosh olimlari o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, xamkorlik loyihalarida ishtirok etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida aloqalarni o‘rnatish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashish; • Professional ta’limni rivojlanish instituti va Pedagogik innovatsiyalar instituti tomonidan xamkorlikda o‘tkaziladigan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ilmiy-amaliy, axborot-uslubiy seminarlari tashkil etish, ilmiy maqolalarni chop etish. Bugungi hamkorlikni davom ettirish va amalga oshirish bo‘yicha imzolangan Chora-tadbirlar rejasining bajarilishi shubhasiz ikki mamlakatning professional ta’lim tizimini rivojlantirishda o‘zining ijobiy samarasini beradi.
Mutaxassislarning fikricha, malakali kadrlar yetishmasligi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda. Oʻzbekiston Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda “Zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga kirishmoqda. Bu haqda Spotʼga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi. Vazirlar Mahkamasining 2-fevraldagi qarori bilan loyihani amalga oshirish rejasi tasdiqlandi. Uni amalga oshirish bilan Oʻzbekiston tomonidan Mehnat vazirligi va Oliy taʼlim vazirligi shugʻullanadi. Loyiha byudjeti $162 mln ni tashkil etadi, shundan $93 mln OTB mablagʻlari hisobidan ajratiladi. Ushbu tashabbus mehnat bozori va kasb-hunar taʼlimi tizimi oʻrtasidagi aloqani mustahkamlaydi. Bundan tashqari, bu ishsizlar va yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish sifatini oshirishga, bandlik va ish beruvchilar qoniqishini oshirishga xizmat qiladi. Mutaxassislarning fikricha, Oʻzbekiston iqtisodiyoti barqaror oʻsib borayotganiga qaramay, malakali kadrlar yetishmasligi uning rivojlanishi va xorijiy sarmoyalarni jalb etishiga toʻsqinlik qilmoqda (buni Jahon banki ham taʼkidlagan). OTB maʼlumotlariga koʻra, firmalarning 35%i oʻsish uchun toʻsiq sifatida malaka yetishmasligini koʻrsatadi. Sanoat korxonalarining 49%i malakali ishchilarni topishda muammolarga duch kelmoqda. Hukumat kasb-hunar taʼlimi va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Ushbu loyiha ularni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan, deya taʼkidlaydi vazirlik. Loyiha Mehnat vazirligi tizimidagi 14 ta kasb-hunarga oʻqitish markazlari hamda 6 ta kollej va texnikumlarning infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi. Ularga zamonaviy oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish uskunalari, taʼmirlash ustaxonalari xarid qilinadi. Bundan tashqari, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlari uchun oʻquv dasturlari, talablar va standartlar ishlab chiqiladi. Kasbiy malaka oshirish boʻyicha milliy va tarmoq kengashlarini tashkil etish. Shuningdek, 2021-yil oktyabr oyida tashkil etilgan Mehnat bozorini oʻrganish institutining salohiyatini kuchaytirish rejalashtirilgan. Ushbu qadam mehnat bozori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilishni, shuningdek, ishchi kuchiga boʻlgan talabni prognoz qilishni yaxshilashga yordam beradi. Loyiha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, xususan, ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslarni kasbga oʻqitishni qoʻllab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, oʻqituvchilar, instruktorlar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻz malakalarini oshiradilar. Loyiha kamida quyidagilarga yordam berishi kutilmoqda: 10 000 nafar texnikum va kasb-hunar talabalari; 48 ming ish izlovchi, shu jumladan 500 nafar nogironlar; kollejlar va texnikumlarda 600 ixtisoslashtirilgan oʻqituvchi va oʻqituvchilar; Ushbu muassasalarning 100 nafar rahbarlari va xodimlari; Davlat bandlik xizmati tizimida 1200 nafar xodim va 210 nafar rahbar. Manba: spot.uz