Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
Pedagogik innovatsiyalar instituti va Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o‘rtasida memorandum imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida ushbu ta’lim muassasasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Memorandumga ko‘ra, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, innovatsion va texnologik g‘oyalarni rivojlantirish, shuningdek, ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy loyihalarni hamkorlikda bajarish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilish belgilandi. Ta’lim muassasalari rahbarlari kelgusida memorandumda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.
2023-yilning 16-fevral sanasida loyiha maqsadlariga erishish istiqbollarini muhokama qilishga qaratilgan “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” GIZ loyihasi hamkorlarining muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda loyihaning asosiy hamkorlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mehnat bozori tadqiqotlari instituti va boshqa tashkilotlar ishtirok etdilar.Yig‘ilish davomida ishtirokchikar loyihaning 2023 yilga mo‘ljallangan tadbirlar bilan tanishtirildi. Hamkorlar rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha o’z tavsiyalarini berdilar.
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida professional ta’lim tizimida yaratilgan adabiyotlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mas’ullari, soha yo‘nalishlari bo‘yicha nashr qilingan o‘quv adabiyotlari mualliflari, kasb-hunar maktablari hamda texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbirda Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchisi Shavkat Magdiev “Avtomobil yurish qismlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash”, katta o‘qituvchi Baxtiyor To‘raqulov “Avtomobillar uzatmalar qutisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash”, Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi direktor o‘rinbosari Sherzod Odilov “Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi” o‘quv qo‘llanmalarini taqdimot qilib, o‘quv qo‘llanmalar mazmun-mohiyati, ularning o‘quvchi-yoshlarning ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarini oshirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi. Mazkur o‘quv qo‘llanmalar yangi o‘quv reja va dasturlar asosida yaratilgan bo‘lib, ulardagi ma’lumotlar o‘quvchilarni fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, fandagi yangi texnologiyalarni qo‘llash, ularni sodda va ravon tilda tushunish hamda o‘zlari ustida qo‘shimcha ravishda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yaqindan yordam beradi. Qayd etilganidek, o‘quv qo‘llanmalarda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologik jarayonlarini ko‘rib chiqishda asosiy diqqat zamonaviy konstruktiv yechimlarga va ularga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy usullariga qaratilgan. Tadbir yakunida vazirlikning professional ta’lim muassasalari yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratgan 3 nafar muallifga “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shu bilan birga, tadbir davomida Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabida o‘tkazilgan “Kitobxonlik” tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi.
Germaniya xalqaro hamkorik jamiyati (GIZ)ning “О‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qо‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida GIZ va CIM (Centrum fur international Migration und Entwicklung – Xalqaro migratsiya va rivojlanish Markazi) tomonidan tavsiya etilgan yuqori malakali nomzodlar orasidan integratsiyalashgan ekspert sifatida Germaniyadan tanlab olingan janob Gerard Kurt Alois joriy yilning 14-avgustidan Institutda ish faoliyatini boshladi. Ishning birinchi kunida Gerard Kurt Alois bilan Institutning tarkibiy bо‘linmalari rahbarlari о‘rtasida uchrashuv bо‘lib о‘tdi va unda О‘zbekistonda professional ta’lim tizimini hamkorlikda rivojlantirish bо‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Bugungi kunda professional ta’limni rivojlantirishda xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion о‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish vazifalari belgilab berilgan. Pedagogik innovatsiyalar institutida joriy yilning 26-may kuni Yevropa ta’lim jamg‘armasining malaka tizimlari bо‘yicha katta mutaxassisi, Yunesko eksperti, hozirgi kunda О‘zbekistonda Milliy professional ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bо‘yicha ish olib borayotgan Jan Mark Kastejon ishtirokida Institut professor-о‘qituvchilari va tinglovchilar uchun master klass tashkil etildi. Jan Mark Kastejon Xindiston, Suriya, Iordaniya, Misr, Tunis, Marokash, Fransiya, Ispaniya, Italiya va boshqa bir qator davlatlarning milliy malaka darajalarini, Davlat ta’lim standartlarini holatini о‘rganish hamda yangi loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etganligi asosida tо‘plangan tajribalari hamda Milliy malaka talablari qanday ishlab chiqilishi bо‘yicha ma’ruza qildi. Ushbu islohotni amalga oshirishning aniq muddatlari va asosiy manfaatdor tomonlarning vazifalari nimalardan iborat ekanligi tо‘g‘risidagi dolzarb masalalar bо‘yicha ma’lumotlar berdi Tinglovchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Joriy yilning 31-mart sanasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Xorazm viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Unda vazir soʻnggi yillarda mamlakatimiz oliy taʼlim tizimidagi tub oʻzgarishlar, taʼlim jarayonini sifat jihatidan yuqori darajaga koʻtarish boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalarga toʻxtaldi. Suhbat davomida I.Abdurahmonov qator taklif va tavsiyalarni ilgari surib, taʼlim va tarbiya jarayonida har bir professor-oʻqituvchi dars jarayonlari avvalida, albatta, buyuk ajdodlarimiz Al-Xorazmiy, Jaloliddin Manguberdi siymolari haqida talaba-yoshlarga yangi-yangi maʼlumotlar berib borishi lozimligini taʼkidladi. Har bir taʼlim muassasasi butun bir jamoani birlashtiradigan, unda faxr-iftixor tuygʻusini shakllantiradigan “Sharaf kodeksi”ni yaratishi, taʼlim jarayonida professorlardan unumli foydalanish maqsadida “Teaching assistant” va “Researching assistant” lavozimlarini joriy qilishi lozimligini bildirdi. Xorazmlik olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida fikr va takliflarini bildirishdi. Xususan, yoshlar oʻzlarining startap hamda innovatsion loyihalarining mohiyati va amaliyotdagi ahamiyati haqida gapirib berdilar, vazirdan ushbu loyihalarni qoʻllab-quvvatlanishini soʻradilar. Vazir barcha bildirilgan taklif va tashabbuslarni tinglab, ularning ijobiy hal etilishi hamda qoʻllab-quvvatlanishini alohida taʼkidladi, bu borada masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.