Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida xalqaro uchrashuv

2023-yilning 22-may kuni “О‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonini qо‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning TexVET (texnika yо‘nalishidagi professional ta’lim) akademiyasi bilan Pedagogik innovatsiyalar institutida uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Z.Xudayberdiyev boshchiligida institut vakillari hamda akademiyaning bosh mutaxassislari Detlev Yan va Martina Myulerlar ishtirok etishdi. Muloqot davomida dual ta’lim shakli doirasida professor-о‘qituvchilarning hamda xodimlarning malakasini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish, о‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishdagi hamkorlik kabi masalalar muhokama qilindi.

14-Fevral, 2022-yil 12:36 Boshqaruv qo‘mitasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2022 yil 31 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasini Boshqaruv qo‘mitasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Yevropa Ittifoqini O‘zbekistondagi Elchisi Sharlota Adrian xonim, loyihani amalga oshirayotgan YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimini vaqtincha bajaruvchisi janob Aleksanros Makarigakis, loyihani hamkorlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziring birinchi o‘rinbosari, loyihani Boshqaruv ko‘mitasi Raisi – K.X.Karimov professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi haqida ma’ruza qildilar. Loyihani amalga oshirish muddati 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan va qiymati 9,6 mln. yevroni tashkil etadi. Loyihaning maqsadi Qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya kollejlarini qishloq joylarida malakali boshqaruv va ta’lim berish va zamonaviy texnologiyalar va o‘qitish va o‘qitish usullaridan foydalanish bilan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish. Shuningdek, yig‘ilish kun tartibida 2021 yilda loyiha tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2022 yilgi ish rejasi va budjetini tasdiqlashda masalalari ko‘rib chiqildi va ishtirokchilar tomonidan taklif va tavsiyalar berildi. Kelgusida 2022 yil ish rejasida belgilangan vazifalarni belgilangan muddatlarda hamkor tashkilotlar bilan ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan kelishib olindi. Manba: edu.uz

22-Iyun, 2023-yil 10:05 Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida hamkorlik

Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida 19-21-iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan DARYA loyihasining 2-moduli doirasida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ta’limning turli shakllarini tan olish, tasdiqlash sohasidagi so‘ngi ishlanmalar, ustuvorliklar va joriy etish bo‘yicha seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari ishtirok etmoqda. DARYA – Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan birinchi mintaqaviy loyiha bo‘lib, loyiha Markaziy Osiyodagi yoshlarining inklyuziv ta’limni rivojlantirish va mehnat bozoriga mos malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi – mintaqada ta’lim berish va bandlikni ta’minlash tizimlarining sifati va inklyuzivligini rivojlantirish orqali Markaziy Osiyoda COVID-19 pandemiyasidan keyin ushbu sohalarni tiklanishga ko‘maklashishdan iborat. Shu bilan birga, loyiha beshta davlatning har birida, shuningdek, mintaqaviy darajada keng va inklyuziv muloqot hamda hamkorlik mexanizmlarini yaratishga yo‘naltirilgan.

4-Aprel, 2023-yil 9:19 Professional ta’lim tizimida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-30 mart kunlari Pedagogik innovatsiyalar institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi tomonidan Professional ta’lim tizimida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi seminari tashkil qilindi. Ishchi seminarning 2-kunida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqishda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tegishli talablar va ularning dasturiy yechimlari muhokama qilindi.

6-Noyabr, 2023-yil 9:40 Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkilotlari bilan hamkorlikda “Karyerani rivojlantirish kursi” o‘quv dasturining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26-oktabr kuni German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining professional ta’lim bo‘yicha ma’sullari, Professional ta’limni rivojlantirish institut rahbariyati bilan birgalikda “Karyerani rivojlantirish kursi” oʻquv dasturining taqdimoti tashkil etilib, ushbu taqdimotda kasb-hunar maktablarining biznes asoslari fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Mazkur taqdimot Germaniyalik mutaxassis va xalqaro ekspert Doktor Pavel Utitz tomonidan olib borilib, unda kasb-hunar maktab oʻquvchilarida bo‘sh ish o‘rinlari e’lonlarini topish, CV maʼlumotnomalarni yaratish tartibi, ish topishga moʻljallangan yo‘llanma xat loyihasini tayyorlash, onlayn-ariza yozish masalalari, intervyuda ishtirok etish kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha kasb-hunar maktabi o‘qituvchilarini ishlab chiqilgan dastur, o‘quv qo‘llanmasi va mavzularga mo‘ljallangan amaliy topshiriqlar bilan tanishtirdi hamda fikr-mulohaza almashildi. Eslatma: 2023-yil 23-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining professional ta’lim bo‘yicha ma’sullari va German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti vakillari tomonidan Toshkent shahar va Toshkent viloyati kasb-hunar maktabining tadbirkorlik va biznes asoslari fani o‘qituvchilari uchun “Karyerani rivojlantirish kursi” o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha seminar tashkil etilib, 2023-yil fevral oyidan boshlab kasb-hunar maktablariga ushbu dasturni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilingan edi.

23-Oktabr, 2023-yil 10:17 Koreya texnik universiteti (Tech University of Korea) bilan hamkorlik

Joriy yilning 16-20-oktabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeyek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Haftalik doirasida 17-oktabr kuni Koreya texnik universiteti (Tech University of Korea) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi (ICT Intelligence Convergence Research Center (IICRC) Tech University of Korea, Republic of Korea) direktori janob You Suk Bae institutga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Koreya texnik universiteti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi va Professional ta’limni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan innovatsion loyihalar hamda joriy yilning 19-may kuni imzolangan hamkorlik memorandumi bo‘yicha bajariladigan ishlar muhokama qilindi.