Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
Germaniyaning Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazi bilan hamkorlik
2023-yilning 8-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mas’ul xodimlari va О‘zbekistonga tashrif buyurgan Germaniyaning Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazi direktori Yorg Xnizdo boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda О‘zbekistonning pilot professional ta’lim muassasalari sifatida taklif etilgan ta’lim muassasalarining holatini о‘rganish natijalari, ularda hamkorlikni tashkil etishning istiqbollari va imkoniyatlari, xususan, Germaniyaning xalqaro tan olingan dual ta’lim tizimi ta’lim dasturlarini joriy etish, Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazida professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish, malaka oshirish kurslarini tamomlagan pedagog kadrlar, pilot ta’lim muassasalari bitiruvchilari va turli kasblarga ega fuqarolarni Leypsig Savdo-sanoat palatasi talablari asosida sertifikatlash masalalari istiqbollari muhokama qilindi. Sertifikat olganlarni ichki va xorijiy mehnat bozorlarida о‘z ish о‘rinlarini egallashlariga asos yaratuvchi Pilot loyiha va uning bajarilishi bо‘yicha Yо‘l xaritasi tahlil qilinib, unga xamkorlikning samarasini yanada oshirishga yо‘naltirilgan tegishli о‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 26-iyuldagi Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 329-sonli hamda 2023-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim muassasalarda ta’lim sifatini ta’minlash uchun ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 408-sonli buyrug‘i asosida seminar tashkil etildi. Seminar davomida raqamli ta’lim resurslari platformasi, raqamli ta’lim resurslarini tayyorlash, Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovining ta’lim muassasi bosqichini o‘tkazish, tanlovga kelib tushgan resurslarni baholash, ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish bo‘yicha ma’lumot berildi. Yuqoridagilar yuzasidan fikr, mulohazalar va takliflar bildirildi. Seminarda Institut professor-о‘qituvchilari, mutaxassislar hamda malaka oshirish bо‘yicha kelgan rahbar xodimlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Joriy yilning 29-30 mart kunlari Pedagogik innovatsiyalar institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi tomonidan Professional ta’lim tizimida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi seminari tashkil qilindi. Ishchi seminarda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Germaniyaning APO-COACH kompaniyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Pedagogik innovatsiyalar instituti vakillari qatnashmoqda. Germaniyaning “APO-COACH” kompaniyasi eksperti Mayk Finsh DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqishning muhim jihatlari bo‘yicha taqdimot qildi. Ishchi seminarda texnik talablarni ishlab chiqishning quyidagi jihatlari muhokama qilinadi: • huquqiy va me’yoriy talablar, xavfsizlik; • dizayn va loyihaviy boshqaruv tamoyillari; • ishchi jarayonga oid talablar; • arxitekturaga oid talablar; • tizim administratorlari va boshqarish bo‘yicha zarur funksiyalar; • ekspluatatsiya xususiyatlariga oid talablar; • asosiy texnik talablar; • xizmat tavsifi; • yetkazib beruvchi (ishlab chiquvchi)ga va uning uning jamoasiga oid talablar, baholash mezonlari; • barqarorlik mezonlari. Ishchi seminar 1-kunida huquqiy va me’yoriy talablar, xavfsizlik va ishchi jarayonga oid talablar, 2-kunida tizimning asosiy texnik talablarni muhokama qilish belgilangan.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Innovatsion loyihalar, fan va taʼlim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 27-mart kuni doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Zamonaviy taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda taʼlimni texnologiyalashtirish, pedagogik tizimni modellashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish, o‘qitish maqsadlarini belgilash, o‘qitish metodikasini ishlab chiqish, taʼlim shakli, metodi va vositalarini tanlashga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar-trening so‘ngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan savol-javob tarzida suhbat o‘tkazildi.
Joriy yilning 9-sentyabr kuni Professional ta’lim tizimi rahbar xodimlari IChTBDO‘ guruhi uchun SCAFFOLD vositalaridan foydalanish metodikasini o‘qitish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-trening institut xodimi B.Haydarov tomonidan olib borildi. Ushbu seminar-treningda professional ta’lim tizimi o‘quv jarayonlarini tashkil etish va loyihalashda SCAFFOLD qatalarining o‘rni va ularning mohiyati, SCAFFOLD kartalaridan foydalanish va SCAFFOLD kartalari orqali o‘quv jarayonlarini rejalashtirish texnologiyalari tahlil qilindi. Ishtirokchilar kichik guruhlarga ajratilgan holda SCAFFOLD kartalaridan foydalanib, o‘quv mashg‘ulot rejasi ishlab chiqdilar va har bir guruh a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv mashg‘ulot rejasi bo‘yicha taqdimot amalga oshirildi.
Toʻqimachilik sanoatining 6 ta kasbi boʻyicha asosiy kasbiy taʼlim dasturlari taqdimoti. Gopa konsalting kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan GIZ loyihasining tarkibiy qismlari o‘tgan yilning iyul oyida boshlangan bo‘lib, dastavval, birinchi komponent mutaxassislari tomonidan to‘qimachilik sanoatida mehnat bozorida talabgir bo‘lgan 6 ta kasb uchun 3- va 4- malaka darajasi bo‘yicha professional standartlar ishlab chiqildi. Bular tikuvchi, ip yigiruvchi, tikuvchilikda andozalar tayyorlovchi, elektron texnika asboblarini sozlovchi, to‘qimachilik korxonalari qurilmalari montajchisi, to‘qimachilik sohasida texnik-texnolog kasblaridan iborat. 2023-yil 4-iyul kuni Toshkent shahrida loyiha doirasida to‘qimachilik sanoatining ushbu 6 ta kasbi uchun ikkinchi komponent bo‘yicha kasbiy standartlar asosida ishlab chiqilgan asosiy kasbiy ta’lim dasturlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuni qayd etish joizki, Oʻzbekistonda dual taʼlim va kadrlar tayyorlashga moʻljallangan kasbiy taʼlim dasturlari ilk bora taqdim etilmoqda. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar instituti, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, to‘qimachilik korxonalarining kasbiy malaka bo‘yicha tarmoq kengashlari, ish beruvchi korxonalar vakillari, ekspertlar va boshqa mahalliy muassasalar mutaxassislari ishtirok etishdi. Ishlab chiqilgan asosiy kasbiy ta’lim dasturlari mualliflari Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti dotsentlari va Pedagogik innovatsiyalar instituti metodistlaridan iborat. Ma’lumot uchun: Loyihaning ushbu komponentlari professional taʼlim tizimini modernizatsiya qilish orqali toʻqimachilik sanoatini Oʻzbekiston iqtisodiyotining eng dinamik tarmoqlaridan biriga aylantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Loyiha, shuningdek, to‘qimachilik sanoatida yosh mutaxassislarni o‘qitish, shu orqali yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash va ularning kelgusi yillarda barqaror daromad olishiga hissa qo‘shadi.