Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida “Zamonaviy taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Innovatsion loyihalar, fan va taʼlim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 27-mart kuni doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Zamonaviy taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda taʼlimni texnologiyalashtirish, pedagogik tizimni modellashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish, o‘qitish maqsadlarini belgilash, o‘qitish metodikasini ishlab chiqish, taʼlim shakli, metodi va vositalarini tanlashga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar-trening so‘ngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan savol-javob tarzida suhbat o‘tkazildi.

18-Sentabr, 2023-yil 9:42 Germaniya bilan Oliy va professional taʼlim hamda ilm-fan sohalarida hamkorlik mustahkamlanmoqda

Ayni kunlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Germaniyada xizmat safarida boʻlib turibdi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi va boshqa masʼul xodimlardan iborat delegatsiya aʼzolari Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida Germaniyadagi oliy va professional taʼlim muassasalari, ish beruvchilar uyushmalari va boshqa tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqdalar. Dyuseldorf shahridagi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati Gʻarbiy ofisi rahbari Kortman Karin xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va grant loyihasining kelgusi fazalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi. Shu bilan birga Germaniyada ishlash istagida boʻlgan yoshlar uchun talab etiladigan kompetensiyalar va ularni shakllantirishda Kortman xonim Germaniya mehnat vazirligi orqali bevosita koʻmak berishini taʼkidladi. Dyuseldorf federal mehnat agentligi, Dyuselderof sanoat koʻrgazmasi, Dyuselderof savdo-sanoat palatasi, Myonxengladbaxdagi shahridagi yengil sanoat texnologiyalari boʻyicha uskunalar ishlab chiqishga ixtisoslashgan Truchiler grup kompaniyasi faoliyatlari bilan tanishildi va dual taʼlim shaklini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik oʻrnatishga kelishib olindi. Dyuselderof sanoat koʻrgazmasi vakillari Toshkent shahrida 2023-yil 16-20-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan Inno Week haftaligiga taklif etildi. Germaniya oliy taʼlim muassasalarida joriy etilgan dual taʼlim shakli bilan yaqindan tanishish uchun Niderrayn amaliy fanlar universitetiga tashrif buyurildi. Mazkur universitet professori doktor Matias Biir tomonidan universitet faoliyati boʻyicha taqdimot oʻtkazildi. Dual taʼlim shakli boʻyicha koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan ushbu oliy taʼlim muassasasi bilan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti oʻrtasida hamkorlikni oʻrnatishga va birgalikda kadrlar tayyorlash va ilmiy hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari xizmat safari davomida Germaniya hunarmandlar palatasi va Germaniya savdo-sanoat palatasi, Germaniya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Germaniya ish beruvchilari uyushmasi vakillari, Germaniya professional taʼlim boʻyicha Federal institut direktori doktor Kress hamda yoshlar masalalari boʻyicha Berlin senati senatori Gyunter xonim bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan. Shu bilan birga Germaniya KfW banki bilan yangi loyiha boʻyicha tegishli hujjatlarni imzolash belgilangan.

28-Mart, 2023-yil 9:37 Pedagogik innovatsiyalar institutida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

2023-yil 27-mart kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida Oly ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi Sarmanov Obid Baxodirovich ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi Amaliy seminarda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati, vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, professional ta’limda xalqaro tajriba, ta’lim dasturlari hamda metodik ta’minotni amalga oshirishda muhim jihatlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Mavjud kasb va mutaxassisliklarning ta’lim dasturlarini takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqishda e‘tiborga olinishi zarur bo‘lgan ishlar borasida fikr almashildi.

30-Avgust, 2024-yil 15:54 “Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida Avgust kengashlari yalpi yig‘ilishi

🗓29-avgust kuni Toshkent soliq texnikumida "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida Toshkent shahrida joylashgan Professional ta'lim muassasalari rahbarlari hamda professor-o'qituvchilari ishtirokida Avgust seminari bo'lib o'tdi. 🔷 Ushbu seminarda Toshkent shahar oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi va Professional ta'limni rivojlantirish instituti xodimlari ishtirok etishdi. 🔹 Seminar davomida Professional ta’lim muassasalari faoliyatini yuqori bosqichga olib chiqish bo’yicha strategik rejalar muhokama qilindi. 🎁 Seminar yakunida ilmiy-amaliy seminarda hamda Professional ta'lim tizimidagi o'quv-me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etganlar taqdirlandi.

14-Fevral, 2022-yil 12:38 GIZ-Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va hamkor tashkilotlar vakillari uchrashuvi

10 fevral kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida GIZ-Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o'sish sektorlari uchun professional ta'lim (PECA V)” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda GIZ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Katta maslahatchi Tomas Lyuks, professional ta'lim bo'yicha maslahatchi Anvar Allaberganov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar instituti, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi AJ, "O‘zdonmahsulot" AK kabi hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. “Markaziy Osiyoda iqtisodiy oʻsish sektorlari uchun kasbiy taʼlim” (PECA V) loyihasi doirasida professional taʼlim boʻyicha 2022 yilga moʻljallangan ish rejasi muhokama qilindi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda iqtisodiyotning o‘sib borayotgan tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan malakali mutaxassislar va menejerlar bilan ta’minlash uchun professional ta’lim tizim salohiyati oshirishdir. Axborot xizmati

20-Aprel, 2026-yil 16:26 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

Mavzu: "Kasbiy ta'limda ilg'or xalqaro tajribalar asosida kadrlar tayyorlashni sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari" ✅ Muhokama qilinadigan yo'nalishlar: ❗️ Yoshlarda kasb tanlash madaniyatini shakllantirishning zamonaviy pedagogik tizimlari va xalqaro tajribalar ❗️Dual ta'limda ish beruvchilar bilan integratsiyaning samarali modellari va ularni joriy etish mexanizmlari ❗️ Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, kompetensiyaviy yondashuv va xalqaro sertifikatsiya masalalari ❗️ Kasbiy ta'lim sifatini baholash, milliy reyting tizimlari va WorldSkills standartlariga moslashuv yo'llari ⏰ Sana: 2026-yil, 1-may 📌 Vaqt: Soat 09:00 (Toshkent vaqti) 🌐 Sovg'a: Eng yaxshi 10 ta maqola mualliflari estalik sovg'alar bilan taqdirlanadi! ✅ Ishtirok: Mutlaqo BEPUL! ✅ Maqolaga qo'yilgan talablar: (https://telegra.ph/Maqolaga-qoyilgan-talablar-04-17) ⚠️ Maqolalarni topshirish: 2026-yil 20-aprelgacha ✅ @M_979_R telegram manzili orqali