Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Professional ta'lim tizimi transformatsiyasi mehnat bozori uchun kerakli, raqbatbardosh, malakali kichik mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan

– Ayni paytda mamlakatimizda 330 ta kasb-hunar maktabi, vazirlik va idoralar tizimidagi 166 ta kollej va 208 ta texnikum faoliyat yuritib keladi. Ularda kasb va mutaxassislik egallash istagidagi 417,5 mingdan ortiq oʻquvchi tahsil olmoqda. “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshligʻi Sadoqat Siddiqovaning “Professional ta’lim tizimi transformatsiyasi mehnat bozori uchun kerakli, raqobatbardosh, malakali kichik mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan” sarlavhali maqolasi chop etildi.

22-Iyun, 2023-yil 10:03 Moddulli ta’lim dasturlari joriy etilmoqda

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 31-maydagi “Professional ta’lim tizimida modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish” bo‘yicha 240-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2023/2024-o‘quv yilida dual ta’lim shakli joriy etiladigan va “WorldSkills” standartlari singdiriladigan kasb va mutaxassisliklardan modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida 230 nafar malakali mutaxassislardan iborat 3 ta ishchi guruh tuzilgan. Shunga ko’ra, joriy yilning 5-8 iyun kunlari ushbu ishchi guruhlar ishtirokida Pedagogik innovatsiyalar institutida “Professional ta’lim tizimida modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish” bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida seminar-treninglar tashkil etildi. Ushbu seminarda 168 nafar professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari, 17 nafar oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, 47 nafar vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlarning malakali mutaxassislar jalb qilindi.

23-Oktabr, 2023-yil 10:17 Koreya texnik universiteti (Tech University of Korea) bilan hamkorlik

Joriy yilning 16-20-oktabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeyek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Haftalik doirasida 17-oktabr kuni Koreya texnik universiteti (Tech University of Korea) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi (ICT Intelligence Convergence Research Center (IICRC) Tech University of Korea, Republic of Korea) direktori janob You Suk Bae institutga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Koreya texnik universiteti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi va Professional ta’limni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan innovatsion loyihalar hamda joriy yilning 19-may kuni imzolangan hamkorlik memorandumi bo‘yicha bajariladigan ishlar muhokama qilindi.

14-Fevral, 2022-yil 12:32 Shamsiddin Hamidovich Usanov 60 yoshda

Joriy yilning 21-yanvar kuni Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘z sohasini tajribali mutaxassisi, o‘z kasbining fidoyisi, chinakam inson va mehribon ustoz Shamsiddin Hamidovich Usanov qutlug‘ 60 yoshni qarshiladi. Ushbu tadbirda institut jamoasi ustozni muborak yoshi bilan samimiy qutlab, ushbu sharafli kunda jamoaga faol xizmat qilayotgan, yetuk mutaxassis va jonkuyar murabbiy sifatidagi faoliyatini alohida e‘tirof etishdi. Zahmatkash inson va bir qancha shogirdlarning ustozi Shamsiddin Hamidovich o‘zining muborak 60 yoshini ma’naviy merosimizni targ‘ib qilish, ta’lim-tarbiya ishida ulkan muvaffaqiyatlar bilan kutib olish arafasida turibdi. Inson yashar ekan u kechirayotgan umrining asl qiymati-yuksak insoniy fazilatlari, mehribonligi, odamlarga yaxshilik qila olishi, do‘stlariga sadoqati, fidoyi qalbi hamda mehnatkashligi bilan o‘lchanadi. Eng muhimi ustoz el ardog‘ida, hamkasblari hurmatiga sazovordir. Ustozga sihat-salomatlik, yangidan yangi ijodiy zafarlar tilaymiz. Institut jamoasi

1-Avgust, 2026-yil 17:11 “Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti (Skills-2026 Workshop)” mavzusida amaliy seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ–316-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 30–31 iyul kunlari Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida kasbiy standartlar hamda xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningning asosiy maqsadi yangi avlod modulli ta’lim dasturlarining mazmun-mohiyati, tuzilishi va ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlarini hududlardan jalb etilgan 50 nafar tajribali pedagog hamda hududiy Kasbiy ta’lim boshqarmalarining mas’ul vakillariga atroflicha tushuntirish, shuningdek, ular orqali “trenerlarni tayyorlash” (Train-the-Trainer) tamoyili asosida respublikadagi barcha kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglariga mazkur bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich yetkazish tizimini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Ikki kunlik seminar davomida ishtirokchilar modulli ta’lim dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qitish natijalari va baholash mezonlarini belgilash, modullar mazmunini shakllantirish hamda amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar. Mazkur seminar respublikada natijaga yo‘naltirilgan modulli ta’lim dasturlarini samarali joriy etish, hududiy trenerlar salohiyatini oshirish, ta’lim jarayoniga yagona metodik yondashuvlarni tatbiq etish hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

22-Iyun, 2023-yil 9:47 Pedagogik innovatsiyalar institutida muloqot darsi о‘tkazildi

Pedagogik innovatsiyalar institutida joriy yilning 27-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining professional ta’limga mas’ul rahbarlari ishtirokida bugungi kunda tinglovchilarni faoliyatiga oid qiynab kelayotgan muammolari va ularning yechimlariga bag‘ishlangan muloqot darsi о‘tkazildi Tinglovchilar tomonidan ta’lim jarayonini tashkil etish, meyoriy hujjatlar, qabul jarayonlarini tashkil etish, moddiy texnik baza va boshqa yо‘nalishlar bо‘yicha о‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va ularga mas’ullar tomonidan javoblarni olishdi.