Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Professional ta’limni rivojlantirishda Fransiyaning “Frankofoniya” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatildi

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida joriy yilning 21–27-oktabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining delegatsiyasi Fransiyaning Nissa shahrida xizmat safarida bo‘ldi. Safar davomida Fransiyada yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish tizimi hamda bu borada amalga oshirilayotgan tajribalar yaqindan tanishildi. Shuningdek, professional ta’lim muassasalarining fransuz tili fani o‘qituvchilari til bilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida malaka oshirmoqdalar. Shuning bilan birgalikda, tashrif davomida Fransiyaning Nissa universiteti (Université Côte d'Azur), Jak Odiberti Litsei (Lycée Jacques Audiberti), Campus Vert d'Azur umuta’lim maktabida (Campus Vert d'Azur) ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar davomida Fransiyadagi professional ta’lim tizimi, amaldagi ta’lim va almashinuv dasturlari, dual ta’lim, mobillik dasturlari, Fransiya korxonalarida ta’lim olish va amaliyot o‘tash, “Frankofoniya” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatish istiqbollari kabi mavzular qamrab olindi. Uchrashuvlar samarasi o‘laroq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fransiyaning “Frankofoniya” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatildi. Bunda, kelgusida “Frankofoniya” xalqaro tashkiloti bilan turizm, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish kabi yo‘nalishlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishda, Fransiyada doimiy ravishda o‘qituvchilar va direktorlar malakasini oshirish hamda o‘quvchilarning amaliyotini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fransiyaning “Frankofoniya” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatildi. Bunda “Frankofoniya” xalqaro tashkiloti bilan turizm, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish kabi yo‘nalishlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishda, Fransiyada doimiy ravishda o‘qituvchilar va direktorlar malakasini oshirish hamda o‘quvchilarning amaliyotini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

27-Mart, 2023-yil 9:35 Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” bilan hamkorlik loyihasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi) Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti 2021 yil noyabr oyidan boshlab bilan “Mas’uliyatli moliya” loyihasi doirasida hamkorlikni boshladi. Xususan, 2021 yil noyabr-dekabr hamda 2022 yil aprel oylarida “Mas’uliyatli moliya” loyihasi doirasida Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishning reallikka yaqin bo‘lgan “Micro Business o‘yini” simulatsiyasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilib Toshkent shahri va Samarqand viloyatlaridagi 29 nafar tadbirkorlik fani o‘qituvchilari o‘qitildi hamda ularga trenerlik sertifikatlari berildi. Trenerlik sertifikatiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar tomonidan 2021/2022 o‘quv yil davomida Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi professional ta’lim muassasalarida “Micro Business o‘yini” bo‘yicha seminarlar 500 nafardan ortiq o‘quvchilarni tadbirkorlikka o‘rgatish va moliyaviy savodxonlikka o‘qitilib, ularga sertifikatlar berildi. 2023 yil 20 fevral – 2 mart kunlari Germaniyalik mutaxassislar tomonidan “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida 14 nafar hududiy boshqarma mas’ul xodimlari hamda 34 nafar professional ta’lim muassasa o‘qituvchilari moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlikka ko‘nikmalariga o‘qitildi. Ushbu loyihani o‘quv kursni muvaffaqiyatli tamomlagan hamda tegishli sertifikatga ega trenerlar tomonidan “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida professional ta’lim muassasalarining 750 nafar tadbirkorlik va biznes asoslari fani o‘qituvchilari Germaniya metodikalari asosida bosqichma-bosqich moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik ko‘nikmalari bo‘yicha o‘qitiladi. Shuningdek, ushbu loyiha doirasida tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv dasturlarinini Germaniya metodikalari asosida takomillashtiriladi. Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida quyidagi masalalarni hal qilish rejalashtirilmoqda: - professional ta’lim muassasalarida foydalaniladigan o‘quv dasturlarni xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish; - “Biznes asoslari” va “Biznesni tashkil etish va yuritish” fanlari o‘qituvchilarni xorijiy tajribalar va metodlar asosida o‘qitish; - “Biznes asoslari” va “Biznesni tashkil etish va yuritish” fani o‘qituvchilari malaka oshirish dasturlarini Germaniya tajribasi asosida takomillashtirish va Pedagogik innovatsiyalar instituti ta’lim jarayoniga joriy etish; - o‘qituvchilarni tizimli ravishda biznes ko‘nikmalarning yangi modullari bilan malakasini oshirib borishni shu jumladan Germaniyada tashkil etish; - o‘quvchilar uchun biznes yuritish bo‘yicha mobil ilovalar ishlab chiqish va o‘quvchilar o‘rtasida turli musobaqalar tashkil qilish; - “Biznes asoslari” va “Biznesni tashkil etish va yuritish” fani bo‘yicha takomillashtirilgan yangi materiallar bilan barcha professional ta’lim muassasalarini ta’minlash; - tadbirkorlikka o‘qitishni o‘quvchilar uchun qiziqarli va biznes simulyatsiyaga asoslangan metodikkalar orqali tashkil etish; - tadbirkorlikka o‘qitishda bank va professional ta’lim muassasasi hamkorligi yo‘lga qo‘yish; - loyiha doirasida tegishli dasturlarni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga sertifikat berish va ularni shu asosidan bankdan kredit olishini tashkil qilish; - Germaniya tajribasi asosida tayyorlangan o‘qituvchilar yordamida professional ta’lim muassasalarida aholi uchun tadbirkorlikka o‘rgatishga mo‘ljallangan qisqa muddatli pullik kurslarni tashkil etish. Ma’lumot o‘rnida: “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti Germaniyaning barcha omonat kassalarining (“Sparkassen”) rivojlanish loyihalarini amalga oshiruvchi fond hisoblanadi. Tashkilotning asosiy vazifasi – muvaffaqiyatli “Sparkassen” modelini butun dunyo va turli mintaqalarda tarqatishdan iborat o‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlar va rivojlanayotgan mehnat bozorlarida aholiga moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini berish orqali fond ularni qashshoqlikdan yaxshiroq darajaga olib chiqish uchun imkoniyatlar yaratishga intiladi. 200 yildan ziyod vaqt mobaynida “German Sparkassenstiftung” aholining barcha guruhlarini moliyaviy jalb qilish, agar u samarali va professional tarzda tashkil etilsa, muvaffaqiyatli va barqaror ravishda amalga oshirilishi mumkinligini aniq ko‘rsatib bermoqda. “German Sparkassenstiftung” ushbu asosiy muvaffaqiyat omillarini loyihalar amalga oshirilayotgan tegishli mamlakatlardagi sheriklariga o‘tkazadi. Shu vaqt ichida “German Sparkassenstiftung” jamg‘armasi dunyoning 80 mamlakatida 200 dan ortiq uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirdi.

18-Oktabr, 2021-yil 9:40 Professional ta’lim tizimida ilk marta Avgust seminarlari tashkil etilmoqda

Avgust seminari yalpi majlisini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov kirish so‘zi bilan ochib berib, professional ta’lim tizimida erishilgan yutuqlar hamda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha kelgusida har bir rahbarlar belgilab olishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida to‘xtalib o‘tildi. Avgust seminarlarida professional ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagogik kadrlarga ta’lim tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlarni mazmun mohiyatini tushuntirish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘qitish usullarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashilishi maqsad qilib qo‘yilgan. Avgust seminarlari ta’lim sohalar bo‘yicha 19 ta sho‘balari joriy yilning 28 avgustiga qadar davom etib barcha o‘qituvchi va ishlab chiqirish ustalari qamrab olinadi.

10-Iyul, 2023-yil 9:20 Germaniyaning Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazi bilan hamkorlik

2023-yilning 8-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mas’ul xodimlari va О‘zbekistonga tashrif buyurgan Germaniyaning Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazi direktori Yorg Xnizdo boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda О‘zbekistonning pilot professional ta’lim muassasalari sifatida taklif etilgan ta’lim muassasalarining holatini о‘rganish natijalari, ularda hamkorlikni tashkil etishning istiqbollari va imkoniyatlari, xususan, Germaniyaning xalqaro tan olingan dual ta’lim tizimi ta’lim dasturlarini joriy etish, Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazida professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish, malaka oshirish kurslarini tamomlagan pedagog kadrlar, pilot ta’lim muassasalari bitiruvchilari va turli kasblarga ega fuqarolarni Leypsig Savdo-sanoat palatasi talablari asosida sertifikatlash masalalari istiqbollari muhokama qilindi. Sertifikat olganlarni ichki va xorijiy mehnat bozorlarida о‘z ish о‘rinlarini egallashlariga asos yaratuvchi Pilot loyiha va uning bajarilishi bо‘yicha Yо‘l xaritasi tahlil qilinib, unga xamkorlikning samarasini yanada oshirishga yо‘naltirilgan tegishli о‘zgartirishlar kiritildi.

14-Fevral, 2022-yil 12:37 “WorldSkills Uzbekistan” eksperti sertifikatini topshirish marosimi o‘tkazildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 17-25-yanvar kunlari Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi nodavlat-notijorat tashkiloti WorldSkills Uzbekistan mutaxassisi D. Xushmurodov tomonidan Namangan viloyati professional taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan 43 nafar maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga WorldSkills standartlari asosida ekspertlikka tayyorlash boʻyicha trening oʻtkazilgan edi. Unda viloyatdagi 40 ta ta’lim muassasalaridan maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari jalb etilgan. Ishtirokchilar 8 kun davomida WorldSkills standartlari, kompetensiyalari va uning texnik tavsifi, baholash metodikasi, WorldSkills chempionati topshiriq modullari, infrastrukturasi, chempionat o‘tkazish tartibi hamda topshiriqlar ishlab chiqish metodikasi, WorldSkills standartlari asosida o‘quvchilarni musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishi, shu bilan birga ekspertlarning vazifalarini o‘rganishdi va shu mavzular yuzasidan joriy yilning 26-yanvar kuni Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida test imtihoni bo‘lib o‘tdi. Shunisi quvonarliki, 43 nafar ishtirokchilarning barchasi belgilangan ballarni jamg‘argan holda sertifikatga loyiq deb topildi. WorldSkills Uzbekistan eksperti sertifikatini topshirish marosimi bugun Yangi Namangan tumanida joylashgan “Axsikent hotel” mehmonxonasida o‘tkazildi. Marosimda WorldSkills Uzbekistan boshqaruv kengashi raisi F. Jo‘rayev, trening-moderator D. Xushmuradov, Namangan viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Metodik xizmat boshlig‘i S. Saydaliyev, mutaxassislar Z. Jo‘rabayev va I. Mamadaliyevlar ishtirok etishdi. WorldSkills Uzbekistan eksperti sertifikatini olgan oʻqituvchi va taʼlim ustalari professional taʼlim muassasalarida WS standartlari boʻyicha oʻquvchilarga dars berish, kasb oʻrgatish imkoniyatiga hamda chempionatlarga qatnashuvchilarni tayyorlash vakolatiga ega boʻlishdi. Manba: Namangan viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi

23-Oktabr, 2023-yil 10:19 Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini Germaniya metodikasi asosida o‘qitish bo‘yicha o‘quv seminar boshlandi

Joriy yilning 16-oktabr sanasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda “Moliyaviy va tadbirkorlik taʼlimi sohasida professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari hamda rahbarlarini oʻqitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida 2023-yil 16-28-oktabr kunlari xorijiy ekspertlar tomonidan Germaniya tajribasi asosida 50 nafar hududiy boshqarma vakillari va professional taʼlim muassasalarining tadbirkorlik va biznes asoslari fanlari oʻqituvchilarining moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish modullari boʻyicha navbatdagi oʻquv-seminar tashkil etildi. Ma’lumot uchun, “Professional ta’lim muassasalari rahbar-o‘qituvchilarini moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish” loyihasi doirasida joriy yilning fevral - mart oylarida 48 nafar, pedagog kadrlar aprel-may oylarida 460 nafardan ortiq pedagog kadrlar, 5-iyunda esa pilot sifatida tanlangan professional ta’lim muassasalarining 52 nafar direktorlari, o‘rinbosarlari va tegishli mas’ul xodimlari Germaniya metodikasi asosida o‘qitildi.