Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
“Ipak yo‘li” xalqaro universiteti qoshidagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida amaliy seminar o‘tkazildi
2023-yil 13-mart kuni “Ipak yo‘li” xalqaro universiteti qoshidagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida “Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasini o‘rganish hamda tajriba almashish maqsadida Toshkent turizm va biznes kolleji, Sergeli tumani kasb-hunar maktabi va Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida maxsus dastur asosida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek “Turizm” va “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari ochiq dars ko‘rinishida namoyish etildi. Amaliy seminarda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) hamda Pedagogik innovatsiyalar instituti rahbariyati mehmon sifatida ishtirok etdilar.
Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) filiali o‘rtasida 2022-yil 1-mayda imzolangan 01/05-23-TVET-sonli grant shartnomasi imzolangan. Shartnomaga asosan, “Professional ta’lim muassasalarida ta’lim takliflarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda to‘qimachilik sohasidagi malaka oshirish tizimini yaxshilash” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar trening tashkil etildi. Seminar trening joriy yilning 19-21-sentabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Reikartz Amirun” mehmonxonasida “To‘qimachilik sanoati sohasida katta yoshdagilarni o‘qitish” mavzusida o‘tkazildi.
Joriy yilning 12-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi va sohadagi yirik ish beruvchilar vakillari Shirin energetika kollejida Saudiya Arabistonning “ACWA Power” kompaniyasining O‘zbekiston bo‘yicha menejeri Jon Zaidi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda “ACWA Power” kompaniyasi bilan Shirin energetika kollejida kelgusi 5 yilda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash borasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, kollejda ta’lim sifatini ta’minlash, xalqaro ta’lim dasturlarini keng joriy etish, yoshlarni chet tillariga o‘qitish, yangi yo‘nalishlarni ochish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, boshqaruv bo‘yicha ISO sertifikatini olish hamda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalarida birga ishlashga kelishib olindi. Bundan tashqari Shirin energetika kollejini sohada o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tayanch ta’lim muassasasi sifatida belgilanishi hamda shu asosda zaruriy tayyorgarlik ishlarini olib borishda “ACWA Power” kompaniyasi asosiy hamkor sifatida faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, monitoring va baholash bo‘yicha jalb etilgan xalqaro ekspertlarning ta’lim sifati bo‘yicha dastlabki baholash xulosalari bo‘yicha ta’lim muassasasi rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Tadbir so‘nggida, kollejda kadrlar tayyorlash jarayonini yangi bosqichga olib chiqish hamda hamkorlikni kengaytirish maqsadida Shirin energetika kolleji, Saudiya Arabistonining “Energy and Water Academy” (EWA) va “First National Operation and Maintenance” Co. Ltd. (Nomac) o‘rtasida kelishuv shartnomasi imzolandi.
2023-yilning 11-may kuni Pedagogik innovatsiyalar institutiga Shveytsariya Federal Texnologiya Universiteti (ETH Zurich) Ta’lim tizimi kafedrasi mudiri, professional ta’lim bo‘yicha ekspert, professor Ursula Renold va “Helvetas Swiss Intercooperation” kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi filialining “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi sohasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyiha rahbari Gabriyela Damian-Timoshenkolar tashrif buyurishdi. Tashrifi davomida “Professional ta’lim tizimini boshqarish asoslari va sifatni ta’minlash mexanizmlari hamda Professional ta’lim tizimida xususiy sektorni roli” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Pedagogik innovatsiyalar instituti mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilari, professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari qatnashishdi. Seminarda professor Ursula Renold professional ta’lim tizimini boshqarish va sifatni ta’minlash mexanizmlari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maslahatlar berdi hamda Yevropada bu borada amalaga oshirilgan ishlar bilan o‘rtoqlashdi. Seminarda ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tashrif Helvetas Intercoorperation kompaniyasining O‘zbekistondagi filiali Shveytsariya elchixonasi tomonidan amalga oshirilayoitgan “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi ko‘magida amalga oshirildi
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan rahbar va boshqaruv xodimlari uchun har kuni darsdan keyin zamonaviy kasbiy taʼlimning dolzarb masalalariga bagʻishlangan uchrashuv va ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, joriy yil 17-sentabr kuni “Texnikumlarda oʻquv jarayonini tashkil etishda modulli taʼlim dasturlaridan samarali foydalanish” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi. Muloqot davomida 2026/2027 oʻquv yilidan texnikumlarda joriy etilgan kunduzgi, dual, qoʻshma hamda xalqaro taʼlim dasturlari, ularning mazmun-mohiyati, oʻquv jarayonini tashkil etishdagi oʻziga xos jihatlari va modulli yondashuvdan samarali foydalanish masalalari boʻyicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi. Bunday ochiq muloqotlar rahbar va boshqaruv xodimlarining zamonaviy yondashuvlar asosida bilim va koʻnikmalarini boyitish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda texnikumlarda taʼlim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2023-yil 10-mart kuni Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “O‘zbekistonda professional ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda sifatni ta’minlash siyosati istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur davra suhbatida O‘zbekistonda professional ta’lim sifatini ta’minlash siyosati hamda bu borada tashkilotlarning roli va vazifalarini belgilash uchun ishtirokchilar bilan muloqotlar o‘tkazildi. Davra suhbatida YUNESKO ekspertlari Jan-mark Kasteyon, Belinda Smit, Baxtiyor Namozov va Mariko Fujisava, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining boshqarma boshlig‘i O‘tkir Alijonov va bosh mutaxassisi Navbahor Sharipova, Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Zayniddin Xudayberdiyev, UNDP mutaxassisi Baxtiyor Ravjabov hamda TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumi mutaxassislari ishtirok etishdi.