Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
Toshkent, Samarqand va Qо‘qon Temir yо‘l texnikumi bitiruvchilari ish о‘rinlari bilan ta’minlanadi
“О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilovning 2023-yil-2 maydagi 370-N-sonli “Tasarrufdagi texnikumlar bitiruvchilarini ishga qabul qilish tо‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida Toshkent va Samarqand temir yо‘l texnikumlarining 2022/2023 о‘quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash, ularni Jamiyat tasarrufidagi korxonalar ehtiyojidan kelib chiqib, tamomlagan kasbi (ixtisosligi) bо‘yicha saralash, tanlash va vakant bо‘sh ish о‘rinlariga taqsimlash uchun о‘quv muassasalarida suhbatlar bо‘lib о‘tmoqda Shu о‘rinda ta’kidlab о‘tish lozimki, joriy о‘quv yilida Toshkent temir yо‘l texnikumini О‘rta maxsus professional ta’lim, MSKO 5-darajasi bо‘yicha 390 nafar о‘quvchilar bitirmoqda. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga bag‘ishlangan tadbirlarning dastlabkisi 22-23 may kunlari Toshkent temir yо‘l texnikumida bо‘lib о‘tdi. Unda “О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqarma va bо‘limlari rahbarlari, mintaqaviy temir yо‘l uzellari rahbar о‘rinbosarlari, kadrlar bо‘limi boshliqlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. Kun davomida suhbat natijalariga kо‘ra muvaffaqiyatli о‘tgan bitiruvchilar Jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilotlarga ishga joylashish huquqiga ega bо‘ldi. Shuningdek, bu kabi tadbirlar 25-26 may kunlari Samarqand temir yо‘l texnikumida ham tashkil etilishi kо‘zda tutilgan.
Unda 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, ta’lim sifati sohasidagi xalqaro tashkilot va loyihalarning vakillari hamda ekspertlar ishtirok etdi. Xalqaro anjumanda EQAVETni professional ta’lim tizimiga joriy etish imkoniyatlari, bu yo‘nalishda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar hamda ilg‘or xorijiy tajribalar bo‘yicha xalqaro va mahalliy ekspertlar taqdimotlari o‘tkazildi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 17-25-yanvar kunlari Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi nodavlat-notijorat tashkiloti WorldSkills Uzbekistan mutaxassisi D. Xushmurodov tomonidan Namangan viloyati professional taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan 43 nafar maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga WorldSkills standartlari asosida ekspertlikka tayyorlash boʻyicha trening oʻtkazilgan edi. Unda viloyatdagi 40 ta ta’lim muassasalaridan maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari jalb etilgan. Ishtirokchilar 8 kun davomida WorldSkills standartlari, kompetensiyalari va uning texnik tavsifi, baholash metodikasi, WorldSkills chempionati topshiriq modullari, infrastrukturasi, chempionat o‘tkazish tartibi hamda topshiriqlar ishlab chiqish metodikasi, WorldSkills standartlari asosida o‘quvchilarni musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishi, shu bilan birga ekspertlarning vazifalarini o‘rganishdi va shu mavzular yuzasidan joriy yilning 26-yanvar kuni Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida test imtihoni bo‘lib o‘tdi. Shunisi quvonarliki, 43 nafar ishtirokchilarning barchasi belgilangan ballarni jamg‘argan holda sertifikatga loyiq deb topildi. WorldSkills Uzbekistan eksperti sertifikatini topshirish marosimi bugun Yangi Namangan tumanida joylashgan “Axsikent hotel” mehmonxonasida o‘tkazildi. Marosimda WorldSkills Uzbekistan boshqaruv kengashi raisi F. Jo‘rayev, trening-moderator D. Xushmuradov, Namangan viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Metodik xizmat boshlig‘i S. Saydaliyev, mutaxassislar Z. Jo‘rabayev va I. Mamadaliyevlar ishtirok etishdi. WorldSkills Uzbekistan eksperti sertifikatini olgan oʻqituvchi va taʼlim ustalari professional taʼlim muassasalarida WS standartlari boʻyicha oʻquvchilarga dars berish, kasb oʻrgatish imkoniyatiga hamda chempionatlarga qatnashuvchilarni tayyorlash vakolatiga ega boʻlishdi. Manba: Namangan viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
2023-yil 23-oktabr kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Mening innovatsion g‘oyam” kо‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Kо‘rik-tanlov oktabr oyida malaka oshirishga kelgan tinglovchilar orasida tashkil etilgan bо‘lib, Professional ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 9 nafar rahbar-xodimlar ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari quyidagilar: 1-о‘rin Chilonzor tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi psixologi Raxmatova Dalira Yusupdjanovna, Toshkent shahri. 2-о‘rin Xonqa tumani 1-son kasb-hunar maktabi ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor о‘rinbosari Yuldoshev Oxunjon Kenjaboy о‘g‘li, Xorazm viloyati. 3-о‘rin Buxoro shahar kasb-hunar maktabi direktori Bozorov Dilshod Turg‘unovich, Buxoro viloyati. Tanlov 3 bosqichda amalga oshirildi. G‘oliblar 1, 2 va 3 darajali diplomlar, estalik sovg‘alari hamda ishtirokchilarga sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Pedagogik innavatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2023-yil 19-may kuni institut professor-о‘qituvchilari, boshqarma va bо‘lim boshliqlari, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Ilmiy tadqiqot loyihalari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish (loyiha tematik mavzularini ishlab chiqish)” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy tadqiqot loyihalarini olib borish yо‘nalishlari, ilmiy tadqiqot loyihalari uchun davlat buyurtmalarini shakllantirish metodikasi, ilmiy loyihalarni grant asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmi va qiyosiy tahlili tematik mavzularni Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim qilish bо‘yicha belgilangan talablarga doir ma’lumotlar va tavsiyalar berildi. Seminar-trening sо‘ngida ishtirokchilar bilan professional ta’lim tizimini rivojlantirish bо‘yicha ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bо‘yicha aniq kо‘rsatma va tavsiyalar berib о‘tildi.
2023-yil 12-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” ommaviy aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kamaz kunlari” oʻz ishini boshladi. Tadbirning birinchi kuni vazirlik huzuridagi INNO texnoparkda Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari hamda kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning mashinasozlik sohasidagi avtomobillarni ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilari, tegishli taʼlim muassasalarining rahbarlari, professor-oʻqituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtdi Tadbirni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ochib berdi. Bugungi kunda “KAMAZ” kompaniyasida sinovchi-haydovchi, avtomobillarni taʼmirlash chilangari, avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish kabi mashinasozlik sohasidagi kasblar boʻyicha 1500-2000 nafar oʻrta boʻgʻin kadrlarga ehtiyoj mavjud. Tadbirda “KAMAZ” kompaniyasi tarkibidagi zavod va korxonalardan tashrif buyurgan vakillar oliy va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini kompaniyada mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirib, kelajakda ushbu kompaniyada ishlash istagida boʻlgan mutaxassis kadrlar bilan shartnoma rasmiylashtirishga oid jarayonlar tushuntirdilar. “Kamaz kunlari” 4 kun davom etadi (12-13-iyun kunlari Toshkent shahrida hamda 15-16-iyun kunlari Samarqand viloyatida).