Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Professional ta’lim tizimining o‘rta professional ta’lim dasturlari bo‘yicha ilk bitiruvchilari o‘qishni tamomladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga tashkil etilgan professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari bosqichma-bosqich ta’lim dasturlarini yakunlamoqdalar. Jumladan Toshkent viloyati Olmaliq tumanidagi Olmaliq kon metallurgiya kollejida o‘rta professional ta’lim dasturlarining ilk bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosida Olmaliq tog‘ kon metallurgiya kombinati xodimlari, Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, Olmaliq shahar xalq deputalari, Olmaliq shahar xalq kengashi kotibiyati, ota-onalar va tumandagi turli tashkilotlotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Mazkur kollejda 2021-yilda “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari, “Payvandlash”, “Rangli metallar operatori”, “Chilangan” kabi yo‘nalishlarda jami 168 nafar bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi berildi. Тadbirning yana bir ahamiyatlisi shu bo‘ldiki Respublikadagi yangi namunadagi kollejning birinchi diplom sohibiga “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni bitirgan Jamshid Yuldashevga RT №0000001-raqamli diplomi tantanali ravishda topshirildi. Manba: edu.uz

27-Mart, 2023-yil 9:37 Pedagogik innovatsiyalar institutida Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) bilan hamkorlik doirasida amaliy seminar tashkil etildi

Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti vakillari tomonidan Pedagogik innovatsiyalar institutida “O‘quv materiallari va modullarini loyihalash texnologiyasi” mavzusida Institut professor-o‘qituvchilari, mutaxasislar va tinglovchilar uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti bosh mutaxassisi Oleynikova Olga Nikolaevna Rossiya Federatsiyasi professional ta’lim tizimining o‘quv materiallari va modullarini loyihalash texnologiyasi borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalari haqida batafsil to‘xtaldi.

10-Iyul, 2023-yil 9:20 Germaniya bilan xalqaro hamkorlik: dual ta’lim tizimini tatbiq etishning amaliy jihatlari

2023-yilning 17—24-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillarining Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sektorlari uchun professional ta’lim” (RECA5) loyihasi doirasida dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlash jarayoni bilan tanishish uchun Germaniyaga o‘quv-amaliy tashrifi tashkil etildi. Asosiy maqsad – ta’lim tizimini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash doirasida olingan bilimlarni amalda qo‘llash maqsadida ishtirokchilarni Germaniyadagi dual ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Safarining birinchi kuni Vazirlik vakillarini Reynland-Pfals federal yerining Bosh vaziri Malu Dreyer xonim qabul qildi. Shundan so‘ng, Ta’limni nazorat va xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga (Trier) tashrif uyushtirildi, unda ishtirokchilarga kasb-hunar ta’limi muassasalarida sifatni ta’minlash, ishlab chiqarishda sifat nazoratini amalga oshirish tajribasi o‘rganildi. Kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayoni, uzluksiz ta’lim, o‘ziga xos xususiyatlari, dual ta’limni tashkil holati, bitiruvchilarni yakuniy baholash tizimi bilan tanishish uchun Koblens shahri Hunarmandchilik palatasiga tashrif amalga oshirildi. Germaniyada amaliy dual ta’lim nafaqat kasb-hunar ta’limi, balki xususiy sektor faol ishtirokida oliy ta’lim bosqichida ham amalga oshiriladi. Shu bilan birga, o‘quv safari davomida oliy va professional ta’lim tizimida dual ta’limda o‘qitish jarayoni bilan yaqindan tanishish uchun Koblens shahridagi Yuliusa Vegelera nomidagi kasb-hunar maktabi va Koblens amaliy fanlar universiteti uchrashuvlar tashkil qilindi. Tashrif davomida ish beruvchi korxonalar hamda Germaniyaning dual kasbiy ta’lim tizimida muhim rol o‘ynaydigan organ – Kasbiy ta’lim Federal instituti (BiBB) faoliyati bilan yaqindan tanishish va ularning tajribalarini o‘rganish rejalashtirilgan.

14-Fevral, 2022-yil 12:18 2022-yil uchun Davlat byudjeti hisobidan doktoranturaga (PhD/DSc) qabul imtihon/suhbat jadvali

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2022-yil uchun Davlat byudjeti hisobidan doktoranturaga (PhD/DSc) qabul imtihon/suhbat o‘tkazilish sanasi va vaqti e'lon qilindi.

30-Yanvar, 2026-yil 9:08 Kasbiy ta’limni takomillashtirish yo‘lida amaliy uchrashuv

🔹2026 yil 29 yanvar kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyati hududiy boshqarma xodimi hamda texnikum direktorlari ishtirok etib, o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, shuningdek, xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha dolzarb savollarga batafsil tushuntirishlar berildi va amaliy yordam ko‘rsatildi. 🔹Bunday hamkorliklar ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy talablarga mos kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

27-Mart, 2023-yil 9:39 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti vakillari bilan uchrashuv

2023-yil 13-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) rektori Zolotareva Nataliya Mixaylovna, Xalqaro va hududlararo aloqalar bо‘limi boshlig‘i Markelova Yuliya Vladimirovna va bosh mutaxassis Oleynikova Olga Nikolayevna, Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Siddiqova Sadoqat G‘afforovna va vazirlik mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi Xalqaro miqyosidagi uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida professional ta’limni rivojlantirish borasida hamkorlikda olib boriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida professional ta’lim tizimiga yangicha yondashuv asosida qarashlarni shakllantirish va xalqaro tajribalarni qо‘llagan holda kerakli jihatlarini mavjud tizimga tadbiq qilish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriadigan tadbirlar va ishlar kelishib olindi.