Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Professional ta’limni rivojlantirish instituti mutaxassisi “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasi 3-o‘rin sohibi bo’ldi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi tomonidan “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkazilgan “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida Professional ta’limni rivojlantirish instituti “Ta'lim texnologiyalari, o'quv reja va dasturlarni ishlab chiqish” bo’limi bosh mutaxassisi Botirov Ravshan Maxkam o‘g‘li o’zining “Smart tractor” loyiha ishlanmasi bilan “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasi 3-o‘rin sohibi bo’ldi.

22-Iyun, 2023-yil 9:44 Ilmiy tadqiqot loyihalari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish (loyiha tematik mavzularini ishlab chiqish)

Pedagogik innavatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2023-yil 19-may kuni institut professor-о‘qituvchilari, boshqarma va bо‘lim boshliqlari, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Ilmiy tadqiqot loyihalari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish (loyiha tematik mavzularini ishlab chiqish)” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy tadqiqot loyihalarini olib borish yо‘nalishlari, ilmiy tadqiqot loyihalari uchun davlat buyurtmalarini shakllantirish metodikasi, ilmiy loyihalarni grant asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmi va qiyosiy tahlili tematik mavzularni Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim qilish bо‘yicha belgilangan talablarga doir ma’lumotlar va tavsiyalar berildi. Seminar-trening sо‘ngida ishtirokchilar bilan professional ta’lim tizimini rivojlantirish bо‘yicha ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bо‘yicha aniq kо‘rsatma va tavsiyalar berib о‘tildi.

6-Noyabr, 2023-yil 9:40 Toshkent shahridagi Gyote-Instituti bilan hamkorlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Zayniddin Xudayberdiyev Toshkent shahridagi Gyote-Instituti direktori Maren Niemeyer bilan uchrashdi. Tomonlar О‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim muassasalarida nemis tilini о‘qitishni takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Toshkent shahridagi Gyote-Instituti о‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatda nemis tili о‘qituvchilarining lingvistik va metodik malakalarini oshirish, ta’lim muassasalari kutubxonalarini kitoblar va darsliklar, о‘qituvchilarni о‘quv materiallari bilan ta’minlash, о‘qituvchilarni stajirovkalarga jalb etish, ularga pedagogik maslahatlar berish va boshqa о‘quv tadbirlarni amalga oshirish kо‘zda tutilgan.

29-Sentabr, 2023-yil 9:12 Professional ta’limni rivojlantirish institutida stol tennis musobaqalari o‘tkazildi

Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori, Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo`mitasi va Kasaba uyushmasining yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshchiligida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan Professional ta’limni rivojlantirish instituti xodimlari o‘rtasida 2023-yil 26-sentabr kuni sportning stol tennisi boʻyicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma, bo‘lim va kafedralardan nomzodlar g‘oliblik uchun qizg‘in kurash olib borishdi. Musobaqani o‘tkazishdan maqsad har bir xodimda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir. Musobaqani yakunida Raqamli ta’lim texnologiyalari boshqarmasi bosh mutaxassislari Dilmurodov Karamat I-o‘rinni, Qodirov Rasulbek II-o`rinni va Masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘limi boshlig‘i Elbek Jo‘rayev III-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

22-Iyun, 2023-yil 9:46 О‘qitish materiallar tо‘plamlari bо‘yicha uslubiy seminar tashkil etildi

2023-yil 26-may kuni Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti bosh mutaxassisi О‘.Farmonova tomonidan Toshkent viloyati Chinoz tuman 1-son kasb-hunar maktabining rahbar va pedagog xodimlari uchun “Umumkasbiy, maxsus fanlar va о‘quv amaliyotlarining о‘qitish materiallari tо‘plamlarini ishlab chiqish metodikasi” mavzusida uslubiy seminar tashkil etildi. Seminarda professional ta’lim dasturlari bо‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-sentabrdagi “Professional ta’lim muassasalari uchun о‘qitish materiallari tо‘plamlarini yaratishni tashkil etish tо‘g‘risida”gi 465-son buyrug‘iga asosan bugungi kunda professional ta’lim muassasalari о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan yaratilayotgan о‘qitish materiallari tо‘plami (О‘MT) tо‘g‘risida kerakli ma’lumotlar berib о‘tildi. О‘quvchilarga yetarli bilim, kо‘nikma va malakalarni berish uchun О‘MTning naqadar muhimligi va uni ommalashtirishda sifat va mazmunga e’tibor qaratish lozimligi alohida ta’kidlab о‘tildi va bu borada tegishli amaliy yordam kо‘rsatildi. Seminar sо‘ngida ta’lim dasturlari va О‘MTlarini yaratish bо‘yicha turli taklif va mulohazalar bildirildi.

14-Fevral, 2022-yil 12:33 Professional taʼlim tizimini takomillashtirishda xorij tajribalari oʻrganilmoqda

Joriy yilning 26-yanvar kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) koʻmagida 2022-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyiha - “Oʻzbekistonda professional taʼlim tizimini qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish” loyihasining maqsad vazifalari, asosiy yoʻnalishlar strategiyasini belgilab olishga yoʻnaltirilgan seminar oʻtkazildi. Mazkur seminarda hamkor tashkilotlar sifatida Taʼlim inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va boshqa tashkilotlar vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirok etishdi. Unda yangi loyiha doirasida Oʻzbekistonda yengil sanoat sohasda kadrlar tayyorlashda yangicha yondashuvlar, yirik ish beruvchi korxonalarda negizida dual taʼlimni tashkil etishga oid masalalar muhokama qilindi. 2022-2023-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyiha doirasida professional taʼlimni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, sifatli taʼlimni tashkil etishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari, ish beruvchi korxona va tashkilotlar, vazirlik va idoralar huzurida tashkil etilgan tarmoq kengashlarining vazifalari va ularning taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini joriy etish bilan bogʻliq masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Taʼkidlanishicha, bugungi kunda mamlakatimizda milliy malaka tizimlarini amaliyotga joriy etish orqali professional taʼlim tashkilotlarida pedagog va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yangi tizimi joriy etilmoqda. Shuningdek, taʼlimning xalqaro standart tasnifining 3-4-5 darajalariga mos keluvchi tabaqalashtirilgan dasturlar asosida uzluksiz taʼlimning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda tarmoq kengashlari tomonidan kasbiy koʻnikma va bilimlarni rivojlantirish, muvofiqlash jarayonlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: - mehnat bozori monitoringi asosida sohaning malaka va bilimlariga boʻlgan ehtiyoj va tendensiyalarni aniqlash; - tarmoq malakasini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish; - vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning kasbiy standartlarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmini takomillashtirish; - malakani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish; - kasbga yoʻnaltirish va axborot materiallarini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etish; Seminarda shuningdek, professional taʼlim sifatini oshirishda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar ishlab chiqiladigan va xalqaro tajribalarga asosan takomillashtiriladigan oʻquv-meʼyoriy hujjatlar, baholash usullari, oʻqitish metodikalari, pedagog kadrlar malakasining oshirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish kabi yoʻnalishlar boʻyicha vazirlik va idoralar vakillari, shu jumladan, Taʼlim inspeksiyasi mutaxassislari ham taqdimot shaklida oʻz taklif va tavsiyalarini bildirib oʻtishdi. Manba: tdi.uz