Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Germaniya bilan hamkorlikda yengil sanoat yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi rahbari Mattias Klingenberg va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov o‘rtasida mazkur loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 2021–2023-yillar davomida yengil sanoat yo‘nalishida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish bo‘yicha loyihaning grant mablag‘lari professional ta’lim muassasalariga yo‘naltirilishi ma’lum qilindi. Mazkur loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishiladi: professional ta’lim muassasalarida yengil sanoat yo‘nalishi bo‘yicha malakali o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar tayyorlash qo‘llab-quvvatlanadi; yengil sanoat yo‘nalishidagi kasb va mutaxassisliklarning malaka talabi, o‘quv reja va dasturlari takomilashtiriladi hamda metodik ta’minotni yaxshilanadi; o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish tashkil etiladi; professional ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. Manba: edu.uz

14-Fevral, 2022-yil 12:27 Kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining innovatsion ishlari daromad keltirmoqda

Namangan shahar 2-son kasb-hunar maktabida 9 ta kasb bo‘yicha “Kompyuter grafikasi va dizayn operatori”, “Gaz va suv iste'mol nazoratchi operatori”, “Payvandlovchi”, “Tokar'”, “Frezerlovchi”, “Tikuvchi”, “Elektromontyor”, “Avtomobillarni ta'mirlash chilangari” va “Oqava suv iste’moli nazoratchisi” kabi yo‘nalishlarda 1108 nafar o‘quvchilar tahsil olishadi. 2021-yil 24-dekabrda mazkur kasb-hunar maktabida o‘quvchilarning bajargan ishlari hamda ixtirolari yuzasidan o‘tkazilgan ko‘rik tanlovining kasb-hunar maktabi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda ta’lim olayotgan quyidagi o‘quvchilar ikkilamchi xom ashyolardan foydalanib uy-ro‘zg‘or buyumlari, tikuv buyumlari, bolalar o‘yinchoqlari va ko‘ngil ochar musiqiy ovoz eshittirgichlarini, shuningdek yangi innovatsion g‘oyalarni qo‘llagan holda inkubator, tungi sharoitda velosipedda qulaylik yaratuvchi mayoq, kompyuter grafikasi asosida kiyimlarni modellash va loyihalashtirish, quyosh nuridan quvvatlanuvchi uy nazorat kamerasi kabi jihozlar tayyorlab, buyurtma asosida aholiga yetkazib berishmoqda. Shuningdek iqtidorli yoshlar o‘zlarini va oilasini moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlashmoqda. Tadbirda innovatsion g‘oyalar bilan ishtirok etgan iste’dodli yoshlar qo‘yidagi ishlari bilan qatnashishdi. Lutfullaev Sayyod Saydullo o‘g‘li 2005 yil tug‘ilgan. Mazkur kollejda “Tokar'” yo‘nalishida ta’lim oladi. O‘qishdan tashqari payt yong‘oq daraxti yog‘ochidan tovoq, vaza, piyola va oshxona jihozlari yasaydi. Daromadi bir oyda 10-15 million so‘mni tashkil etadi. Mamajonov Obidxon Maxmudjon o‘g‘li kollejda “Elektromontyor” yo‘nalishda o‘qiydi. U bugungi tadbirda o‘zi ixtiro etgan velosipedga tungi yoritgich va burilgich jihozlari bilan qatnashdi. U ham ushbu jihozlarni o‘rnatishdan o‘ziga daromad qilishni yo‘lga qo‘ygan. Mazkur kollejning shu yo‘nalishida yana bir iste’dodli yoshlarimizdan biri Tursunov Yaxyoxon Odilxon o‘g‘li kuygan motor cho‘lg‘amlarini qayta ta'mirlab sotadi. Ushbu darsdan tashqari vaqtida ishlagan xizmatida oyiga 10-14 million so‘m daromad topib oilasiga kattagina moddiy yordam berib kelmoqda. Manba: edu.uz

16-Oktabr, 2023-yil 15:55 Professional ta’limini rivojlantirish institutida “Vaziyatli didaktika” mavzusida trening tashkil etildi

Joriy yilning 10-12-oktabr kunlari VET4UZ loyihasi doirasida Shveytsariya kasb-hunar ta’limi federal universiteti (SFUVET) xalqaro eksperti Emanuel Vutrix bilan hamkorlikda Professional ta’limini rivojlantirish instituti, hamkor oliy o‘quv yurtlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari va tajriba-sinov ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Vaziyatli didaktika” mavzusida trening tashkil etildi. Trening professional ta’limi sifatini oshirish maqsadida ta’lim jarayonida zamonaviy o‘qitish usullarini qo‘llash bo‘yicha malaka oshirish va keyinchalik professional ta’limi o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasalari va institutlari uchun hududiy treninglarni tashkil etadigan milliy trenerlarni tayyorlashga qaratilgan. Mazkur trening Shveytsariya tajribasi asosida professional ta’lim tizimida sifatli ta’limni tashkil etish uchun AVIVA va IPERCA kabi zamonaviy texnologiya va yondashuvlar, shuningdek, “kognitiv-shogirdlik” treninglaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘tkazildi. Bu esa professional ta’limda sifatni ta’minlab, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

22-Iyun, 2023-yil 9:47 “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida о‘quv-uslubiy seminar

Joriy yilning 26-may kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida yangi 2023/2024-о‘quv yiliga tayyorgarlik bо‘yicha “Veterinariya va chorvachilik sohalarida kadrlar tayyorlashda oliy ta’lim va texnikumlar uchun о‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishning asosiy tamoyillari” mavzusida respublika о‘quv-uslubiy seminar bо‘lib о‘tdi. Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xо‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qо‘mitasi, mazkur yо‘nalish bо‘yicha mutaxassisis kadrlar tayyorlaydigan professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari, shuningdek, Pedagogik innovatsiyalar instituti bosh mutaxassisi B.Raxmatov ham ishtirok etdi. Xususan, mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, xorij tajribalarni о‘rganish va tatbiq etish, amaldagi ta’lim dasturlarini takomillashtirish, ishlab chiqarish sohalari uchun sifatli kadrlar tayyorlash bilan bir qatorda texnikum bitiruvchilarini mos yо‘nalishlari bо‘yicha oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi kursiga qabul qilishda integrallashgan ta’lim dasturlarini joriy etish, texnikumlarni zamonaviy о‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, pedagoglar malakasini va ilmiy salohiyatini oshirish kabi bir qator dolzarb masalallar keng muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar universitetning zamonaviy texika va texnologiyalari bilan jihozlangan о‘quv-laboratoriya xonalari bilan tanishishdi

2-Aprel, 2026-yil 9:16 Taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish ishlari davom etmoqda

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda. Xususan, kasbiy standartlar hamda xalqaro ta’lim dasturlari chuqur tahlil qilinib, qishloq xo‘jaligi va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha natijaga yo‘naltirilgan zamonaviy modulli ta’lim dasturlari ishlab chiqilmoqda. Ushbu jarayonda Bulung‘ur tuman 1-son, Pastdarg‘om tuman 1-son, Boyovut tumani 1-son, Yakkabog‘ tuman 2-son, Qarshi tuman 2-son, Chortoq tuman 2-son, Olmaliq shahar 2-son va 3-son, Urganch tuman 3-son, Uchqo‘rg‘on tuman 3-son, Pop tuman 3-son, Uchqo‘rg‘on tuman 3-son, Asaka tuman 4-son, G‘uzor tumani 4-son hamda Navoiy va Buxoro ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari pedagoglari hamda soha ish beruvchi mutaxassislari faol ishtirok etib, ta’lim sifatini yanada oshirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

29-Sentabr, 2023-yil 9:12 Professional ta’limni rivojlantirish institutida stol tennis musobaqalari o‘tkazildi

Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori, Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo`mitasi va Kasaba uyushmasining yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshchiligida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan Professional ta’limni rivojlantirish instituti xodimlari o‘rtasida 2023-yil 26-sentabr kuni sportning stol tennisi boʻyicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma, bo‘lim va kafedralardan nomzodlar g‘oliblik uchun qizg‘in kurash olib borishdi. Musobaqani o‘tkazishdan maqsad har bir xodimda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir. Musobaqani yakunida Raqamli ta’lim texnologiyalari boshqarmasi bosh mutaxassislari Dilmurodov Karamat I-o‘rinni, Qodirov Rasulbek II-o`rinni va Masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘limi boshlig‘i Elbek Jo‘rayev III-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.