Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” kuni

2024-yilning 6-mart kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirini institut direktori Zayniddin Xudayberdiyev ochib berdi va institut xotin-qizlariga o‘z bayram tabriklarini bildirib, professional ta‘lim sohasidagi mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Bayram tadbirida Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji o‘quvchilari hamda ularning murabbiylari o‘zlarining bayramona chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

23-Oktabr, 2023-yil 10:21 Innovatsion tumanlardagi professional ta’lim muassasalari direktorlari forumi

2023-yil 20-oktyabr kuni “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Innovatsion tumanlardagi professional ta’lim muassasalari direktorlari forumining 2-qismni Professional ta’limni rivojlantirish intitutida Rossiyaning bir nechta kompaniyalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Forumda “R:ED Robotics Education” kompaniyasining xalqaro yo‘nalish boshlig‘i Belokon Artem Anatolyevich (Белокон Артем Анатольевич) «Цифровизация технологического образования: переход к цифровым двойникам» mavzusida, ООО “КиберТех” kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Shirokolobov Ilya Yuryevich (Широколобов Илya Юрьевич) «Встраиваемые системы. Робототехнические наборы как инструмент для практики в СПО и вузе» mavzusida, ООО “Омега” kompaniyasi tijorat direktori Simanovskiy Sergey Aleksandrovich (Симановский Сергей Александрович) «Российский инженерный класс» mavzusida hamda АО “РОББО” direktorlar kengashi a’zosi Kravsov Andrey Vladimirovich (Кравцов Андрей Владимирович) «Как обучение робототехнике на базе open source обеспечивает технологический суверенитет» mavzusida ma’ruzalari bilan qatnashishdi. Qatnashchilar professional ta’limda robototexnika va uning avtomatlashtirishdagi o‘rni haqida betafsil ma’lumot hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

16-Oktabr, 2023-yil 15:52 Buyuk Britaniyaning Pearson kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari kuchaymoqda

Joriy yilning 28-sentabr kuni Buyuk Britaniya Pearson kompaniyasining Yevropadagi mintaqaviy menejeri E.Konor bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Professional taʼlimni rivojlantirish departamenti rahbari Utkir Alijonov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Pearson kompaniyasi bilan professional taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi hamda kelgusidagi rejalar boʻyicha fikr almashildi. Xususan, hududdlardagi professional taʼlim muassasalarida Pearson xalqaro taʼlim tashkilotining VTES kvalifikatsiyalari boʻyicha hududlarning ixtisoslashuvi va kelajakda bitiruvchilar koʻnikmasiga qoʻyiladigan talablar asosida taʼlim dasturlarini bosqichma-bosqich joriy qilishga kelishib olindi.

30-Iyun, 2022-yil 16:42 Сhet eldagi diplomatik vakolatxonalar ham professional ta’limga ko‘maklashadi

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining professional taʼlimni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bilan uchrashdi. Unda davlat rahbari tomonidan aholini kasb-hunarga tayyorlash va professional taʼlim markazlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda ikki vazirlik o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning mamlakatimiz hududlarida tashkil etilayotgan professional tayyorgarlik markazlariga har tomonlama ko‘maklashishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Xususan, dunyoning yetakchi mamlakatlari tajribasini o‘rganish asosida mazkur muassasalar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha aniq, asosli takliflar ishlab chiqiladi. Ushbu markazlar faoliyatiga xorijiy mutaxassislar va konsalting kompaniyalarini jalb qilish rejalashtirilmoqda. O‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘qitish bo‘yicha xorijiy tuzilmalar ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizning chet eldagi har bir diplomatik vakolatxonasini hududlarimizdagi barcha kasbiy taʼlim markazlariga biriktirish taklif etildi. Manba: edu.uz

19-Mart, 2024-yil 9:14 Institutda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

Bohor ayyomi kirib kelishi, “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish munosabati bilan mamlakatimizda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va manzarali, mevali ko‘chatlarni o‘tkazish hamda xodimlar orasida mehr-oqibat va o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida, Professional ta’limni rivojlantirish institutida 2024-yil 16-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Institut binolari ozoda holatga keltirildi, begona o‘tlar, chiqindi va axlatlar olib tashlandi, ekin yerlari ag‘darildi hamda gul va daraxtlarga shakl berildi, qo‘shimcha mevali, manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Isitish tizimlari, yong‘in xavfsizlik anjomlari ham nazoratdan o‘tkazildi.

22-Iyun, 2023-yil 10:05 Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida hamkorlik

Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida 19-21-iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan DARYA loyihasining 2-moduli doirasida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ta’limning turli shakllarini tan olish, tasdiqlash sohasidagi so‘ngi ishlanmalar, ustuvorliklar va joriy etish bo‘yicha seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari ishtirok etmoqda. DARYA – Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan birinchi mintaqaviy loyiha bo‘lib, loyiha Markaziy Osiyodagi yoshlarining inklyuziv ta’limni rivojlantirish va mehnat bozoriga mos malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi – mintaqada ta’lim berish va bandlikni ta’minlash tizimlarining sifati va inklyuzivligini rivojlantirish orqali Markaziy Osiyoda COVID-19 pandemiyasidan keyin ushbu sohalarni tiklanishga ko‘maklashishdan iborat. Shu bilan birga, loyiha beshta davlatning har birida, shuningdek, mintaqaviy darajada keng va inklyuziv muloqot hamda hamkorlik mexanizmlarini yaratishga yo‘naltirilgan.