Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
Professional ta’limini rivojlantirish institutida “Vaziyatli didaktika” mavzusida trening tashkil etildi
Joriy yilning 10-12-oktabr kunlari VET4UZ loyihasi doirasida Shveytsariya kasb-hunar ta’limi federal universiteti (SFUVET) xalqaro eksperti Emanuel Vutrix bilan hamkorlikda Professional ta’limini rivojlantirish instituti, hamkor oliy o‘quv yurtlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari va tajriba-sinov ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Vaziyatli didaktika” mavzusida trening tashkil etildi. Trening professional ta’limi sifatini oshirish maqsadida ta’lim jarayonida zamonaviy o‘qitish usullarini qo‘llash bo‘yicha malaka oshirish va keyinchalik professional ta’limi o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasalari va institutlari uchun hududiy treninglarni tashkil etadigan milliy trenerlarni tayyorlashga qaratilgan. Mazkur trening Shveytsariya tajribasi asosida professional ta’lim tizimida sifatli ta’limni tashkil etish uchun AVIVA va IPERCA kabi zamonaviy texnologiya va yondashuvlar, shuningdek, “kognitiv-shogirdlik” treninglaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘tkazildi. Bu esa professional ta’limda sifatni ta’minlab, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
О‘qitish yakunida trening ishtirokchilar Kattalar ta’limi sohasida rejalashtirish, tashkil etish va baholash tamoyillari, ta’lim tadbirlarini rejalashtirish va tashkil etish bosqichlari, oldingi modullar kompetensiyalarining ta’lim jarayonini rejalashtirish jarayoni bilan о‘zaro bog‘liqligi tо‘g‘risida bilimlarga ega bо‘ladi. О‘qitishning belgilangan maqsad va vazifalariga muvofiq о‘quv dasturlarini ishlab chiqish va mashg‘ulotlarni rejalashtirishda ta’lim oluvchilarning ehtiyojlarini aniqlash, mustaqil ta’limni rejalashtirish va tashkil etish xususiyatlarini bilish, kattalarni о‘qitish jarayonini rejalashtirishning amaliy kо‘nikmalarini rivojlantirish zaruratini tushunadi. Mustaqil ravishda о‘qitishning maqsadlari va vazifalarini belgilash, ta’lim jarayonini rejalashtirishning usullari va vositalarini qо‘llash, ta’lim natijalarini baholash mezonlarini shakllantirish va ularni amaliyotga tadbiq etish, kattalarni о‘qitishga zamonaviy yondashuvlar asosida maqsadli guruhning xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv dastur va rejalarni ishlab chiqish kabi amaliy kо‘nikmalariga ega bо‘ladilar.
Joriy yilning 12-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi va sohadagi yirik ish beruvchilar vakillari Shirin energetika kollejida Saudiya Arabistonning “ACWA Power” kompaniyasining O‘zbekiston bo‘yicha menejeri Jon Zaidi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda “ACWA Power” kompaniyasi bilan Shirin energetika kollejida kelgusi 5 yilda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash borasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, kollejda ta’lim sifatini ta’minlash, xalqaro ta’lim dasturlarini keng joriy etish, yoshlarni chet tillariga o‘qitish, yangi yo‘nalishlarni ochish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, boshqaruv bo‘yicha ISO sertifikatini olish hamda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalarida birga ishlashga kelishib olindi. Bundan tashqari Shirin energetika kollejini sohada o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tayanch ta’lim muassasasi sifatida belgilanishi hamda shu asosda zaruriy tayyorgarlik ishlarini olib borishda “ACWA Power” kompaniyasi asosiy hamkor sifatida faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, monitoring va baholash bo‘yicha jalb etilgan xalqaro ekspertlarning ta’lim sifati bo‘yicha dastlabki baholash xulosalari bo‘yicha ta’lim muassasasi rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Tadbir so‘nggida, kollejda kadrlar tayyorlash jarayonini yangi bosqichga olib chiqish hamda hamkorlikni kengaytirish maqsadida Shirin energetika kolleji, Saudiya Arabistonining “Energy and Water Academy” (EWA) va “First National Operation and Maintenance” Co. Ltd. (Nomac) o‘rtasida kelishuv shartnomasi imzolandi.
Koreya texnik universitetining (Tech University of Korea) taklifiga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va vazirlik huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti delegatsiyasi tajriba almashish hamda “Global raqamlashtirish transformatsiyasi” mavzusida xalqaro seminarda ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida 2023-yil 19-may kuni Koreya texnik universitetida Pedagogik innovatsiyalar instituti va Koreya texnik universiteti hamda uning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi (ICT Intelligence Convergence Research Center (IICRC) Tech University of Korea, Republic of Korea) vakillari orasida о‘zaro uchrashuv bо‘lib о‘tdi. Uchrashuvda Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Z.Xudayberdiyev va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi direktori janob You Suk Bae tomonidan О‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi о‘rtasida professional ta’limni rivojlantirishda hamkorlik masalalari muhokama etildi. Shu kuni Pedagogik innovatsiyalar instituti hamda Koreya texnik universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi о‘rtasida о‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi. Tomonlar ta’lim, ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida о‘zaro anglashuvga erishdilar, ushbu sohalarda hamkorlikni kengaytirish, ikki tomonlama manfaatli tadqiqotlar yо‘nalishlariga aniqlik kiritish, laboratoriyalar va tadqiqot markazlarini yaratish va rivojlantirish, professional ta’limni raqamlashtirish, AKT sohasida kadrlar tayyorlash bо‘yicha tegishli tajribalarni almashish masalalarini muhokama qildilar.
2023-yil 27-mart kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida Oly ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi Sarmanov Obid Baxodirovich ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi Amaliy seminarda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati, vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, professional ta’limda xalqaro tajriba, ta’lim dasturlari hamda metodik ta’minotni amalga oshirishda muhim jihatlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Mavjud kasb va mutaxassisliklarning ta’lim dasturlarini takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqishda e‘tiborga olinishi zarur bo‘lgan ishlar borasida fikr almashildi.
Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda. Xususan, kasbiy standartlar hamda xalqaro ta’lim dasturlari chuqur tahlil qilinib, qishloq xo‘jaligi va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha natijaga yo‘naltirilgan zamonaviy modulli ta’lim dasturlari ishlab chiqilmoqda. Ushbu jarayonda Bulung‘ur tuman 1-son, Pastdarg‘om tuman 1-son, Boyovut tumani 1-son, Yakkabog‘ tuman 2-son, Qarshi tuman 2-son, Chortoq tuman 2-son, Olmaliq shahar 2-son va 3-son, Urganch tuman 3-son, Uchqo‘rg‘on tuman 3-son, Pop tuman 3-son, Uchqo‘rg‘on tuman 3-son, Asaka tuman 4-son, G‘uzor tumani 4-son hamda Navoiy va Buxoro ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari pedagoglari hamda soha ish beruvchi mutaxassislari faol ishtirok etib, ta’lim sifatini yanada oshirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.