Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
“To‘qimachilik sanoati sohasida katta yoshdagilarni o‘qitish” mavzusida seminar trening o‘tkazildi
Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) filiali o‘rtasida 2022-yil 1-mayda imzolangan 01/05-23-TVET-sonli grant shartnomasi imzolangan. Shartnomaga asosan, “Professional ta’lim muassasalarida ta’lim takliflarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda to‘qimachilik sohasidagi malaka oshirish tizimini yaxshilash” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar trening tashkil etildi. Seminar trening joriy yilning 19-21-sentabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Reikartz Amirun” mehmonxonasida “To‘qimachilik sanoati sohasida katta yoshdagilarni o‘qitish” mavzusida o‘tkazildi.
Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda. Xususan, kasbiy standartlar hamda xalqaro ta’lim dasturlari chuqur tahlil qilinib, qishloq xo‘jaligi va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha natijaga yo‘naltirilgan zamonaviy modulli ta’lim dasturlari ishlab chiqilmoqda. Ushbu jarayonda Bulung‘ur tuman 1-son, Pastdarg‘om tuman 1-son, Boyovut tumani 1-son, Yakkabog‘ tuman 2-son, Qarshi tuman 2-son, Chortoq tuman 2-son, Olmaliq shahar 2-son va 3-son, Urganch tuman 3-son, Uchqo‘rg‘on tuman 3-son, Pop tuman 3-son, Uchqo‘rg‘on tuman 3-son, Asaka tuman 4-son, G‘uzor tumani 4-son hamda Navoiy va Buxoro ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari pedagoglari hamda soha ish beruvchi mutaxassislari faol ishtirok etib, ta’lim sifatini yanada oshirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
🏆🏆🏆 📣Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovi davom etmoqda! 🔺TANLOV UCH BOSQICHDA O‘TKAZILADI! 1- bosqich - aprel oyining 25-sanasigacha kasbiy ta’lim tashkilotlari miqyosida; 2-bosqich - may oyining 25-sanasigacha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha) miqyosida; 3-bosqich - iyun oyining 25-sanasigacha Respublika miqyosida. Raqamli ta’lim resurslari tarkibi amalda o‘qitilayotgan fan (modul), o‘quv amaliyotlarining namunaviy o‘quv dasturidagi mavzular asosida umumkasbiy va maxsus fanlari mavzulari 2 soatga bo‘lingan holda, o‘quv amaliyotlari 6 soatga bo‘lingan holda ishlab chiqiladi. Mavzular bo‘yicha quyidagilardan iborat bo‘lgan mavzular to‘plami; ▶️fanning ta’lim texnologiyalari; ▶️media (audio, video va animatsion) materiallar; ▶️vizual-didaktik resurslar; ▶️taqdimot materiallari; ▶️glossariy (atamalar lug‘ati); ▶️baholash vositalari (nazorat savollari, amaliy topshiriqlar, test materiallari, mashqlar, masalalar to‘plami va boshqalar). ✅Tanlovga raqamli ta’lim resurslari foydalanishga tizimlashtirilgan tayyor dasturiy mahsulot sifatida taqdim etiladi. 🏆 75 ball to‘plagan eng yuqori 3 ta raqamli ta’lim resurslari va ularning muallifi g‘olib deb belgilanadi. 🖥Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan mualliflarning raqamli ta’lim resurslari ommalashtirish uchun Professional ta’limni rivojlantirish institutining rtr.profedu.uz Raqamli ta’lim resurslari platformasiga joylashtiriladi. 🏆Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari nominatsiyalar bo‘yicha tegishli darajadagi diplom, shuningdek: 1-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari; 2-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari; 3-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari hisobidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi; Hamkorlikda ishlab chiqilgan va Respublika bosqichida qatnashib g‘olib deb topilgan Raqamli ta’lim resursi mualliflarning har biriga tegishli darajadagi diplom beriladi, g‘olib o‘rin uchun belgilangan pul mukofoti ular o‘rtasida teng taqsimlanadi; Sohalar bo‘yicha tanlovning Respublika bosqichida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallamagan keyingi 3 ta o‘rindagi ishtirokchilar vazirlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.
Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, Farg‘ona viloyat hokimi X.Bozorov va Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Z.Xudayberdiyevlar maxsus ish kiyimlari ishlab chiqarishda Yevropaning yetakchi tuzilmasi bo‘lgan Germaniyaning Teamdress kompaniyasi tomonidan Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan investitsion loyiha doirasida Ekoshahar hududidagi kichik sanoat zonasida barpo etilgan ishlab chiqarish korxonasida bo‘lishdi. Kelgusi oyda ishga tushiriladigan korxonada 300 ta doimiy ish o‘rni yaratildi. Loyiha qiymati 3,2 million dollarga teng bo‘lgan ushbu korxonada Yevropa bozori uchun yillik qiymati 25 million dollar bo‘lgan maxsus ish kiyimlari ishlab chiqariladi va to‘la eksport qilinadi. Mehmonlar Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida yangi korxona bilan tanishdi. Hozirgi kunda dastgohlarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda, parallel ravishda xodimlarni ishga olish hamda texnologiyalar va talablar bilan dastlabki tanishtirish ishlari olib borilmoqda. Ishchi-xodimlar uchun yuqori darajadagi mehnat sharoitlari yaratilgan ushbu korxonada zamonaviy oshxona, xodimlar farzandlari uchun bepul bog‘cha, bolalar maydonchasi, dam olish uchun maxsus zonalar, shinam yuvinish xonalari ham mavjud. Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda Marg‘ilondagi 2-son kasb-hunar maktabida o‘quv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotini birgalikda olib borishga, taʼlim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani taʼminlashga qaratilgan dual taʼlim tizimi joriy etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu kasb-hunar maktabi o‘quvchilari ham korxonada bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
2023-yilning 16-fevral sanasida loyiha maqsadlariga erishish istiqbollarini muhokama qilishga qaratilgan “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” GIZ loyihasi hamkorlarining muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda loyihaning asosiy hamkorlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mehnat bozori tadqiqotlari instituti va boshqa tashkilotlar ishtirok etdilar.Yig‘ilish davomida ishtirokchikar loyihaning 2023 yilga mo‘ljallangan tadbirlar bilan tanishtirildi. Hamkorlar rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha o’z tavsiyalarini berdilar.
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan rahbar va boshqaruv xodimlari uchun har kuni darsdan keyin zamonaviy kasbiy taʼlimning dolzarb masalalariga bagʻishlangan uchrashuv va ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, joriy yil 17-sentabr kuni “Texnikumlarda oʻquv jarayonini tashkil etishda modulli taʼlim dasturlaridan samarali foydalanish” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi. Muloqot davomida 2026/2027 oʻquv yilidan texnikumlarda joriy etilgan kunduzgi, dual, qoʻshma hamda xalqaro taʼlim dasturlari, ularning mazmun-mohiyati, oʻquv jarayonini tashkil etishdagi oʻziga xos jihatlari va modulli yondashuvdan samarali foydalanish masalalari boʻyicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi. Bunday ochiq muloqotlar rahbar va boshqaruv xodimlarining zamonaviy yondashuvlar asosida bilim va koʻnikmalarini boyitish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda texnikumlarda taʼlim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.