Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar instituti hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti hamkorligi

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti Umumtexnika fanlari kafedrasi bilan hamkorlikda 2023 yil 28 fevral kuni Yosh kadrlarni tayyorlash va eng zamonaviy texnikalardan foydalanishni nazariy hamda amaliy asoslari haqida chuqur bilim berish maqsadida “Texnika va ta’limning aktiv muammolari” mavzusidagi respublika miqyosida ilmiy–uslubiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Ilmiy–uslubiy anjumanda Professional ta’limni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari M.Amanova, A.Majidov, B.Sharipov, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari harbiy fanlar doktori, professor. Polkovnik S.S.Abduraimov hamda harbiy kursantlar, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot unversiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.

6-Noyabr, 2023-yil 9:39 “Mening innovatsion g‘oyam” kо‘rik-tanlovi

2023-yil 23-oktabr kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Mening innovatsion g‘oyam” kо‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Kо‘rik-tanlov oktabr oyida malaka oshirishga kelgan tinglovchilar orasida tashkil etilgan bо‘lib, Professional ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 9 nafar rahbar-xodimlar ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari quyidagilar: 1-о‘rin Chilonzor tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi psixologi Raxmatova Dalira Yusupdjanovna, Toshkent shahri. 2-о‘rin Xonqa tumani 1-son kasb-hunar maktabi ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor о‘rinbosari Yuldoshev Oxunjon Kenjaboy о‘g‘li, Xorazm viloyati. 3-о‘rin Buxoro shahar kasb-hunar maktabi direktori Bozorov Dilshod Turg‘unovich, Buxoro viloyati. Tanlov 3 bosqichda amalga oshirildi. G‘oliblar 1, 2 va 3 darajali diplomlar, estalik sovg‘alari hamda ishtirokchilarga sertifikatlar bilan taqdirlandi.

14-Fevral, 2022-yil 12:38 GIZ-Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va hamkor tashkilotlar vakillari uchrashuvi

10 fevral kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida GIZ-Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o'sish sektorlari uchun professional ta'lim (PECA V)” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda GIZ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Katta maslahatchi Tomas Lyuks, professional ta'lim bo'yicha maslahatchi Anvar Allaberganov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar instituti, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi AJ, "O‘zdonmahsulot" AK kabi hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. “Markaziy Osiyoda iqtisodiy oʻsish sektorlari uchun kasbiy taʼlim” (PECA V) loyihasi doirasida professional taʼlim boʻyicha 2022 yilga moʻljallangan ish rejasi muhokama qilindi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda iqtisodiyotning o‘sib borayotgan tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan malakali mutaxassislar va menejerlar bilan ta’minlash uchun professional ta’lim tizim salohiyati oshirishdir. Axborot xizmati

28-Mart, 2023-yil 9:35 Pedagogik innovatsiyalar institutida “Zamonaviy taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Innovatsion loyihalar, fan va taʼlim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 27-mart kuni doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Zamonaviy taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda taʼlimni texnologiyalashtirish, pedagogik tizimni modellashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish, o‘qitish maqsadlarini belgilash, o‘qitish metodikasini ishlab chiqish, taʼlim shakli, metodi va vositalarini tanlashga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar-trening so‘ngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan savol-javob tarzida suhbat o‘tkazildi.

17-Sentabr, 2026-yil 19:04 Tinglovchilarning kasbiy salohiyatni oshirish yo‘lida muhim qadam

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan rahbar va boshqaruv xodimlari uchun har kuni darsdan keyin zamonaviy kasbiy taʼlimning dolzarb masalalariga bagʻishlangan uchrashuv va ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, joriy yil 17-sentabr kuni “Texnikumlarda oʻquv jarayonini tashkil etishda modulli taʼlim dasturlaridan samarali foydalanish” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi. Muloqot davomida 2026/2027 oʻquv yilidan texnikumlarda joriy etilgan kunduzgi, dual, qoʻshma hamda xalqaro taʼlim dasturlari, ularning mazmun-mohiyati, oʻquv jarayonini tashkil etishdagi oʻziga xos jihatlari va modulli yondashuvdan samarali foydalanish masalalari boʻyicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi. Bunday ochiq muloqotlar rahbar va boshqaruv xodimlarining zamonaviy yondashuvlar asosida bilim va koʻnikmalarini boyitish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda texnikumlarda taʼlim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

22-Iyun, 2023-yil 9:42 О‘zbekiston professional ta’lim muassasalarida Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasi uchun о‘rta bо‘g‘in kadrlar tayyorlashni yо‘lga qо‘yishni tashkil etish bо‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 4-may kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasi vakillari bilan О‘zbekiston professional ta’lim muassasalarida Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasi uchun о‘rta bо‘g‘in kadrlar tayyorlashni yо‘lga qо‘yishni tashkil etish bо‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv maqsadi О‘zbekiston professional ta’lim tizimida о‘rta bо‘g‘in kadrlar tayyorlashda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasining о‘zaro hamkorlik aloqalarini yо‘lga qо‘yish va bitiruvchilar bandligini ta’minlashdir.