Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
Professional ta’lim tizimini rivojlantirishda navbatdagi qadam
2023-yil 19-iyul kuni Oly ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar instituti va “Qо‘qon mexanika zavodi” Aksiyadorlik jamiyati о‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unda Pedagogik innovatsiyalar instituti va “Qо‘qon mexanika zavodi” Aksiyadorlik jamiyati rahbar hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Mazkur uchrashuv va shartnomaga kо‘ra, hamkorlikda tegishli kasb va mutaxassisliklar hamda qisqa muddatli о‘quv kurslari bо‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, о‘quv-uslubiy ishlarni yо‘lga qо‘yish, о‘zaro tajriba almashish, о‘quvchilarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini tashkil etish, maxsus fanlar о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining amaliy kо‘nikmalarini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarini yо‘lga qо‘yish, qо‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali professional ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Worldskills International harakati 1946 yilda Ispaniyada tashkil topgan. Worldskills tashkiloti kasblarni xalqaro darajada tayyorlashga qo‘yiladigan standart talablarini ishlab chiqadi. Ushbu standartlar asosida kasblar tayyorlanadi va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga baho berish maqsadida har 2 yilda bir marta xalqaro darajadagi kasb chempionatlari o‘tkaziladi. Hozirda ushbu tashkilotga 85 ta davlat a’zo. O‘zbekiston 2020 yil 17 yanvarda 83- a’zo davlat sifatida ushbu harakatga qo‘shildi. Hozirda 101 ta kompetensiya bo‘yicha kasbiy standartlar ishlab chiqilgan. Bugungi kungacha 45 ta xalqaro chempionatlar o‘tkazilgan. 2022 yil Shanxay (Xitoy)da 46-xalqaro chempionat o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida" PF-6108-son Farmonida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab professional ta’lim muassasasilarida Worldskills standartlari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berilgan. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 01 iyul kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida ”Worldskills Uzbekistan” assotsiatsiyami bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum asosida kelgusida professional ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish ta’lim ustalari va maxsus fan o‘qituvchilari Worldskills standartlari bo‘yicha ”Worldskills Uzbekistan” assotsiatsiyasida malakalarini oshirishadi. Malaka oshirish yakunida, kasbiy amaliy imtixonlardan ijobiy o‘tgan tinglovchilarga Ekspertlik sertifikatlari beriladi. Ushbu sertifikat bilan ular ta’lim muassasasida Worldskills kompetensiyalari bo‘yicha o‘quvchilarga kasb o‘rgatish va Demonstrativ imtixon olish vakolatiga ega bo‘ladi. Ushbu memorandumni imzolash jarayonida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Professional ta’limni o‘quv-metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Alijonov, bosh boshqarma o‘rinbosari Anvar Allabergenov, “WorldSkills Uzbekistan”- ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi Boshqaruv kengashi raisi Farrux Juraev, assotsiatsiyasi mutaxassislari Nigora Shaaxmedova, Ibroxim Kayumov va Iskandar Razыkovlar, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institut direktori Zayniddin Xudayberdiev, direktor o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. YouTube va Zoom dasturi orqali ushbu jarayon jonli efirga uzatildi. Professional ta’lim muassasasi pedagog kadrlari va raxbar xodimlari ushbu jarayonni onlayn shaklda kuzatib bordi. Memorandum yakunida Oliy ta’lim vazirligi, institut va assotsiatsiya xodimlari kelgusida bajariladigan ishlar to‘g‘risida kelishib olishdi. Kelishuvga ko‘ra, kelgusida birinchi bosqichda 2000 dan ortiq ishlab chiqarish ta’limi ustalari assotsiatsiyaning ekspertlari tomonidan malakasi oshirilishi, ikkinchi bosqichda, Assotsiatsiya ekspertlari hamkorligida Worldskills standartlari asosida yangi formatdagi ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarni yaratish, uchinchi bosqichda hamkorlikda Worldskills chempionatlarini hududiy va Respublika miqiyosida o‘tkazilishi belgilab olindi.
Bohor ayyomi kirib kelishi, “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish munosabati bilan mamlakatimizda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va manzarali, mevali ko‘chatlarni o‘tkazish hamda xodimlar orasida mehr-oqibat va o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida, Professional ta’limni rivojlantirish institutida 2024-yil 16-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Institut binolari ozoda holatga keltirildi, begona o‘tlar, chiqindi va axlatlar olib tashlandi, ekin yerlari ag‘darildi hamda gul va daraxtlarga shakl berildi, qo‘shimcha mevali, manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Isitish tizimlari, yong‘in xavfsizlik anjomlari ham nazoratdan o‘tkazildi.
Joriy yilning 24-mart kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 2026/2027-oʻquv yili uchun kasbiy standartlar va xalqaro ta’lim dasturlari asosida modulli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish boʻyicha Ishchi guruh a’zolariga navbatdagi seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy Agentligi vakili, Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rahbariyati va mas’ul xodimlari, shuningdek tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha barcha ishchi guruh a’zolari ishtirok etishdi. Seminarda Ishchi guruh a’zolariga 60 ta kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha yangicha yondashuvlar asosida modulli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish tartibi batafsil tushuntirib berildi. Ishchi guruh a'zolari bilan Institutda bir hafta davomida ishlarni davom ettirilishiga kelishib olindi.
Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika instituti о‘rtasida 2020-yilda imzolangan hamkorlik kelishuvga muvofiq bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bundan tashqari, hamkorlikda ikki yilga mо‘ljallangan “Energiya jihatidan samarador texnologiyalarni joriy qilish sharoitida qurilish tarmog‘i uchun malakali kadrlarni ijtimoiy sheriklik asosida tayyorlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi 1,7 mlrd.sо‘mlik innovatsion ilmiy loyiha amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu loyiha bо‘yicha hamkorlikda olib borilayotgan ishlar hamda yangi kо‘zda tutilgan qо‘shma maqsadli loyihani amalga oshirish shuningdek, Belorussiyaning yuqori sifatli ta’lim resurslarini о‘rganish va ularni О‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim tizimiga joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish va о‘rganish, “EkoTexnoPark – “Volma”” Resurs markazining kadrlar tayyorlash bо‘yicha konseptual tajribalarini, ayniqsa qayta tiklanuvchi energiya manbalari yо‘nalishida kadrlar tayyorlash bо‘yicha erishilgan natijalarini О‘zbekiston sharoitida professional ta’lim tizimi muassasalariga joriy qilish imkoniyatlarini о‘rganish maqsadida Institut direktori Z.Xudayberdiyev boshchiligida mutaxassislar joriy yilning 7-avgustidan Belarus Respublikasida bо‘lib turishibdi. Instituti direktori Z.Xudayberdiyevga Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika instituti “Faxriy professori” unvoni berildi.
Koreya texnik universitetining (Tech University of Korea) taklifiga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va vazirlik huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti delegatsiyasi tajriba almashish hamda “Global raqamlashtirish transformatsiyasi” mavzusida xalqaro seminarda ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida 2023-yil 19-may kuni Koreya texnik universitetida Pedagogik innovatsiyalar instituti va Koreya texnik universiteti hamda uning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi (ICT Intelligence Convergence Research Center (IICRC) Tech University of Korea, Republic of Korea) vakillari orasida о‘zaro uchrashuv bо‘lib о‘tdi. Uchrashuvda Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Z.Xudayberdiyev va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi direktori janob You Suk Bae tomonidan О‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi о‘rtasida professional ta’limni rivojlantirishda hamkorlik masalalari muhokama etildi. Shu kuni Pedagogik innovatsiyalar instituti hamda Koreya texnik universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi tadqiqot markazi о‘rtasida о‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi. Tomonlar ta’lim, ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida о‘zaro anglashuvga erishdilar, ushbu sohalarda hamkorlikni kengaytirish, ikki tomonlama manfaatli tadqiqotlar yо‘nalishlariga aniqlik kiritish, laboratoriyalar va tadqiqot markazlarini yaratish va rivojlantirish, professional ta’limni raqamlashtirish, AKT sohasida kadrlar tayyorlash bо‘yicha tegishli tajribalarni almashish masalalarini muhokama qildilar.