Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

2023-yil 27-mart kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida Oly ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi Sarmanov Obid Baxodirovich ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi Amaliy seminarda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati, vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, professional ta’limda xalqaro tajriba, ta’lim dasturlari hamda metodik ta’minotni amalga oshirishda muhim jihatlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Mavjud kasb va mutaxassisliklarning ta’lim dasturlarini takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqishda e‘tiborga olinishi zarur bo‘lgan ishlar borasida fikr almashildi.

22-Iyun, 2023-yil 10:03 Moddulli ta’lim dasturlari joriy etilmoqda

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 31-maydagi “Professional ta’lim tizimida modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish” bo‘yicha 240-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2023/2024-o‘quv yilida dual ta’lim shakli joriy etiladigan va “WorldSkills” standartlari singdiriladigan kasb va mutaxassisliklardan modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida 230 nafar malakali mutaxassislardan iborat 3 ta ishchi guruh tuzilgan. Shunga ko’ra, joriy yilning 5-8 iyun kunlari ushbu ishchi guruhlar ishtirokida Pedagogik innovatsiyalar institutida “Professional ta’lim tizimida modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish” bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida seminar-treninglar tashkil etildi. Ushbu seminarda 168 nafar professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari, 17 nafar oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, 47 nafar vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlarning malakali mutaxassislar jalb qilindi.

14-Noyabr, 2023-yil 16:56 Vobkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida "yashil rivojlanish" mavzularida seminar tashkil etildi

Vobkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida 6-noyabr kuni Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) “O‘zbekistonda kasbiy ta'lim tizimini isloh etish va modernizasiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi (TexVET) tomonidan “YASHIL RIVOJLANISH” mavzulariga bag‘ishlangan loyihalarni rejalashtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda loyiha xalqaro ekspertlar Korneliya Shtaynigen va Yoaxim Lensninglar ishtirok etdilar. Bundan tashqari seminarda Navoiy viloyati Navbahor tumani kasb-hunar maktabi o’qituvchi va o’quvchilari qatnashdilar. Seminarda o’quvchilar kichik ishchi guruhlarga bo’linib, har bir ishchi guruh "yashil mavzular" ustida birgalikda o’z loyihalarini ishlab chiqdilar va taqdimot qildilar.

25-Mart, 2023-yil 16:43 GIZ “TexVET” loyihasi hamkorlarining muvofiqlashtiruvchi uchrashuvi

2023-yilning 16-fevral sanasida loyiha maqsadlariga erishish istiqbollarini muhokama qilishga qaratilgan “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” GIZ loyihasi hamkorlarining muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda loyihaning asosiy hamkorlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mehnat bozori tadqiqotlari instituti va boshqa tashkilotlar ishtirok etdilar.Yig‘ilish davomida ishtirokchikar loyihaning 2023 yilga mo‘ljallangan tadbirlar bilan tanishtirildi. Hamkorlar rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha o’z tavsiyalarini berdilar.

22-Iyun, 2023-yil 9:46 Toshkent, Samarqand va Qо‘qon Temir yо‘l texnikumi bitiruvchilari ish о‘rinlari bilan ta’minlanadi

“О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilovning 2023-yil-2 maydagi 370-N-sonli “Tasarrufdagi texnikumlar bitiruvchilarini ishga qabul qilish tо‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida Toshkent va Samarqand temir yо‘l texnikumlarining 2022/2023 о‘quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash, ularni Jamiyat tasarrufidagi korxonalar ehtiyojidan kelib chiqib, tamomlagan kasbi (ixtisosligi) bо‘yicha saralash, tanlash va vakant bо‘sh ish о‘rinlariga taqsimlash uchun о‘quv muassasalarida suhbatlar bо‘lib о‘tmoqda Shu о‘rinda ta’kidlab о‘tish lozimki, joriy о‘quv yilida Toshkent temir yо‘l texnikumini О‘rta maxsus professional ta’lim, MSKO 5-darajasi bо‘yicha 390 nafar о‘quvchilar bitirmoqda. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga bag‘ishlangan tadbirlarning dastlabkisi 22-23 may kunlari Toshkent temir yо‘l texnikumida bо‘lib о‘tdi. Unda “О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqarma va bо‘limlari rahbarlari, mintaqaviy temir yо‘l uzellari rahbar о‘rinbosarlari, kadrlar bо‘limi boshliqlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. Kun davomida suhbat natijalariga kо‘ra muvaffaqiyatli о‘tgan bitiruvchilar Jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilotlarga ishga joylashish huquqiga ega bо‘ldi. Shuningdek, bu kabi tadbirlar 25-26 may kunlari Samarqand temir yо‘l texnikumida ham tashkil etilishi kо‘zda tutilgan.

14-Fevral, 2022-yil 12:32 Shamsiddin Hamidovich Usanov 60 yoshda

Joriy yilning 21-yanvar kuni Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘z sohasini tajribali mutaxassisi, o‘z kasbining fidoyisi, chinakam inson va mehribon ustoz Shamsiddin Hamidovich Usanov qutlug‘ 60 yoshni qarshiladi. Ushbu tadbirda institut jamoasi ustozni muborak yoshi bilan samimiy qutlab, ushbu sharafli kunda jamoaga faol xizmat qilayotgan, yetuk mutaxassis va jonkuyar murabbiy sifatidagi faoliyatini alohida e‘tirof etishdi. Zahmatkash inson va bir qancha shogirdlarning ustozi Shamsiddin Hamidovich o‘zining muborak 60 yoshini ma’naviy merosimizni targ‘ib qilish, ta’lim-tarbiya ishida ulkan muvaffaqiyatlar bilan kutib olish arafasida turibdi. Inson yashar ekan u kechirayotgan umrining asl qiymati-yuksak insoniy fazilatlari, mehribonligi, odamlarga yaxshilik qila olishi, do‘stlariga sadoqati, fidoyi qalbi hamda mehnatkashligi bilan o‘lchanadi. Eng muhimi ustoz el ardog‘ida, hamkasblari hurmatiga sazovordir. Ustozga sihat-salomatlik, yangidan yangi ijodiy zafarlar tilaymiz. Institut jamoasi