Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Innovatsion tumanlardagi professional ta’lim muassasalari direktorlari forumi

2023-yil 20-oktyabr kuni “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Innovatsion tumanlardagi professional ta’lim muassasalari direktorlari forumining 2-qismni Professional ta’limni rivojlantirish intitutida Rossiyaning bir nechta kompaniyalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Forumda “R:ED Robotics Education” kompaniyasining xalqaro yo‘nalish boshlig‘i Belokon Artem Anatolyevich (Белокон Артем Анатольевич) «Цифровизация технологического образования: переход к цифровым двойникам» mavzusida, ООО “КиберТех” kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Shirokolobov Ilya Yuryevich (Широколобов Илya Юрьевич) «Встраиваемые системы. Робототехнические наборы как инструмент для практики в СПО и вузе» mavzusida, ООО “Омега” kompaniyasi tijorat direktori Simanovskiy Sergey Aleksandrovich (Симановский Сергей Александрович) «Российский инженерный класс» mavzusida hamda АО “РОББО” direktorlar kengashi a’zosi Kravsov Andrey Vladimirovich (Кравцов Андрей Владимирович) «Как обучение робототехнике на базе open source обеспечивает технологический суверенитет» mavzusida ma’ruzalari bilan qatnashishdi. Qatnashchilar professional ta’limda robototexnika va uning avtomatlashtirishdagi o‘rni haqida betafsil ma’lumot hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

30-Iyun, 2022-yil 16:42 Сhet eldagi diplomatik vakolatxonalar ham professional ta’limga ko‘maklashadi

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining professional taʼlimni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bilan uchrashdi. Unda davlat rahbari tomonidan aholini kasb-hunarga tayyorlash va professional taʼlim markazlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda ikki vazirlik o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning mamlakatimiz hududlarida tashkil etilayotgan professional tayyorgarlik markazlariga har tomonlama ko‘maklashishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Xususan, dunyoning yetakchi mamlakatlari tajribasini o‘rganish asosida mazkur muassasalar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha aniq, asosli takliflar ishlab chiqiladi. Ushbu markazlar faoliyatiga xorijiy mutaxassislar va konsalting kompaniyalarini jalb qilish rejalashtirilmoqda. O‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘qitish bo‘yicha xorijiy tuzilmalar ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizning chet eldagi har bir diplomatik vakolatxonasini hududlarimizdagi barcha kasbiy taʼlim markazlariga biriktirish taklif etildi. Manba: edu.uz

14-Fevral, 2022-yil 12:29 Helvetas Swiss Intercooperationning “O‘zbekiston professional ta’lim reformasini qo‘llab-quvvatlash (SVRP)” loyiha doirasidagi navbatdagi seminar o‘tkazildi

Shvetsariya elchixonasi orqali Shvetsariyaning rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan Helvetas Swiss Intercooperationning “O‘zbekiston professional ta’lim reformasini qo‘llab-quvvatlash (SVRP)” loyiha doirasidagi navbatdagi seminari 18-19-yanvar kunlari Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘tkazilmoqda. Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Pedagogik innovatsiyalar institutidan vakillar ishtirok etmoqda. Loyihaning asosiy fazasi o‘z faoliyatini o‘tgan 2021-yil 1-dekabrdan boshlagan va 2024-yil 31-dekabrgacha davom etadi. Ushbu seminarda fazaning 2022-yil uchun ish-rejasi muhokama qilinmoqda.

27-Yanvar, 2026-yil 10:30 Bo‘limlar faoliyati bilan tanishuv

Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori Saxiba Kazakova Dual va xalqaro ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish hamda Yangi ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi. Bo‘limlarning vazifalari hamda tizimdagi muhim islohotlardan kelib chiqib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor rejalar bo'yicha bo'limlar tomonidan taqdimotlar qilindi.

16-Oktabr, 2023-yil 15:56 Saudiya Arabistonning “Acwa power” kompaniyasi bilan Shirin energetika kolleji o‘rtasida hamkorlik yanada rivojlantiriladi

Joriy yilning 12-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi va sohadagi yirik ish beruvchilar vakillari Shirin energetika kollejida Saudiya Arabistonning “ACWA Power” kompaniyasining O‘zbekiston bo‘yicha menejeri Jon Zaidi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda “ACWA Power” kompaniyasi bilan Shirin energetika kollejida kelgusi 5 yilda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash borasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, kollejda ta’lim sifatini ta’minlash, xalqaro ta’lim dasturlarini keng joriy etish, yoshlarni chet tillariga o‘qitish, yangi yo‘nalishlarni ochish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, boshqaruv bo‘yicha ISO sertifikatini olish hamda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalarida birga ishlashga kelishib olindi. Bundan tashqari Shirin energetika kollejini sohada o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tayanch ta’lim muassasasi sifatida belgilanishi hamda shu asosda zaruriy tayyorgarlik ishlarini olib borishda “ACWA Power” kompaniyasi asosiy hamkor sifatida faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, monitoring va baholash bo‘yicha jalb etilgan xalqaro ekspertlarning ta’lim sifati bo‘yicha dastlabki baholash xulosalari bo‘yicha ta’lim muassasasi rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Tadbir so‘nggida, kollejda kadrlar tayyorlash jarayonini yangi bosqichga olib chiqish hamda hamkorlikni kengaytirish maqsadida Shirin energetika kolleji, Saudiya Arabistonining “Energy and Water Academy” (EWA) va “First National Operation and Maintenance” Co. Ltd. (Nomac) o‘rtasida kelishuv shartnomasi imzolandi.

27-Mart, 2023-yil 9:36 YUNESKO tomonidan Pedagogik innovatsiyalar institutida davra suhbati tashkil etildi

YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2023-yil 10-mart kuni Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “O‘zbekistonda professional ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda sifatni ta’minlash siyosati istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur davra suhbatida O‘zbekistonda professional ta’lim sifatini ta’minlash siyosati hamda bu borada tashkilotlarning roli va vazifalarini belgilash uchun ishtirokchilar bilan muloqotlar o‘tkazildi. Davra suhbatida YUNESKO ekspertlari Jan-mark Kasteyon, Belinda Smit, Baxtiyor Namozov va Mariko Fujisava, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining boshqarma boshlig‘i O‘tkir Alijonov va bosh mutaxassisi Navbahor Sharipova, Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Zayniddin Xudayberdiyev, UNDP mutaxassisi Baxtiyor Ravjabov hamda TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumi mutaxassislari ishtirok etishdi.