Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Germaniya bilan xalqaro hamkorlik: dual ta’lim tizimini tatbiq etishning amaliy jihatlari

2023-yilning 17—24-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillarining Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sektorlari uchun professional ta’lim” (RECA5) loyihasi doirasida dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlash jarayoni bilan tanishish uchun Germaniyaga o‘quv-amaliy tashrifi tashkil etildi. Asosiy maqsad – ta’lim tizimini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash doirasida olingan bilimlarni amalda qo‘llash maqsadida ishtirokchilarni Germaniyadagi dual ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Safarining birinchi kuni Vazirlik vakillarini Reynland-Pfals federal yerining Bosh vaziri Malu Dreyer xonim qabul qildi. Shundan so‘ng, Ta’limni nazorat va xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga (Trier) tashrif uyushtirildi, unda ishtirokchilarga kasb-hunar ta’limi muassasalarida sifatni ta’minlash, ishlab chiqarishda sifat nazoratini amalga oshirish tajribasi o‘rganildi. Kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayoni, uzluksiz ta’lim, o‘ziga xos xususiyatlari, dual ta’limni tashkil holati, bitiruvchilarni yakuniy baholash tizimi bilan tanishish uchun Koblens shahri Hunarmandchilik palatasiga tashrif amalga oshirildi. Germaniyada amaliy dual ta’lim nafaqat kasb-hunar ta’limi, balki xususiy sektor faol ishtirokida oliy ta’lim bosqichida ham amalga oshiriladi. Shu bilan birga, o‘quv safari davomida oliy va professional ta’lim tizimida dual ta’limda o‘qitish jarayoni bilan yaqindan tanishish uchun Koblens shahridagi Yuliusa Vegelera nomidagi kasb-hunar maktabi va Koblens amaliy fanlar universiteti uchrashuvlar tashkil qilindi. Tashrif davomida ish beruvchi korxonalar hamda Germaniyaning dual kasbiy ta’lim tizimida muhim rol o‘ynaydigan organ – Kasbiy ta’lim Federal instituti (BiBB) faoliyati bilan yaqindan tanishish va ularning tajribalarini o‘rganish rejalashtirilgan.

3-Aprel, 2024-yil 10:55 Professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan davra suhbati

2023-yil 23-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Professional ta’limni rivojlantirish instituti hamkorligida Professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i U.Alijonov rahbarligidagi departament mas’ullari, Professional ta’limni rivojlantirish instituti rahbariyati va mutaxassislari hamda professional ta’lim muassasalaridan vakillar ishtirok etdi. Davra suhbatida hozirgi kunda professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan muhokamalar olib borildi.

16-Oktabr, 2023-yil 15:52 Buyuk Britaniyaning Pearson kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari kuchaymoqda

Joriy yilning 28-sentabr kuni Buyuk Britaniya Pearson kompaniyasining Yevropadagi mintaqaviy menejeri E.Konor bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Professional taʼlimni rivojlantirish departamenti rahbari Utkir Alijonov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Pearson kompaniyasi bilan professional taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi hamda kelgusidagi rejalar boʻyicha fikr almashildi. Xususan, hududdlardagi professional taʼlim muassasalarida Pearson xalqaro taʼlim tashkilotining VTES kvalifikatsiyalari boʻyicha hududlarning ixtisoslashuvi va kelajakda bitiruvchilar koʻnikmasiga qoʻyiladigan talablar asosida taʼlim dasturlarini bosqichma-bosqich joriy qilishga kelishib olindi.

2-Aprel, 2026-yil 9:10 Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirishga qaratilgan uchrashuvlarni tashkil etishga bag‘ishlangan seminar-trening

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirishga qaratilgan uchrashuvlarni tashkil etishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-dekabrdagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar reja”si ijrosi bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasidagi eng dolzarb masalalar o’rganildi. Seminar ishtirokchilari uchun “Akademik halollikni oʻzingizga qonun sifatida qabul qilib oling” hamda “Halollik vaksinasi va korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻlida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilgan eng muhim islohotlar” mavzularidagi videorolik va videokontentlar namoyish etildi. Mazkur seminar-treningda institut raxbariyati, professor-o‘qituvchilari va xodimlar hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining joriy yil mart oyidagi barcha tinglovchilari ishtirok etdilar. Institut kutubxona fondiga ma’ruzachi G.Rasulova tomonidan Oliy ta'lim sohasida korrupsiyaning oldini olish masalalari (O'zbekiston va Finlandiya misolida) monografiyasi esdalik uchun topshrildi. Seminarning asosiy ma’ruzachisi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy ta’lim markazi yuridik fanlari falsafa doktori (PhD) Rasulova Gulbahor Abidjanovna yuqori mahorat bilan faol ishtirok etdilar.

4-Aprel, 2023-yil 9:29 Vazir xorazmlik olim va talaba-yoshlar bilan uchrashdi

Joriy yilning 31-mart sanasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Xorazm viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Unda vazir soʻnggi yillarda mamlakatimiz oliy taʼlim tizimidagi tub oʻzgarishlar, taʼlim jarayonini sifat jihatidan yuqori darajaga koʻtarish boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalarga toʻxtaldi. Suhbat davomida I.Abdurahmonov qator taklif va tavsiyalarni ilgari surib, taʼlim va tarbiya jarayonida har bir professor-oʻqituvchi dars jarayonlari avvalida, albatta, buyuk ajdodlarimiz Al-Xorazmiy, Jaloliddin Manguberdi siymolari haqida talaba-yoshlarga yangi-yangi maʼlumotlar berib borishi lozimligini taʼkidladi. Har bir taʼlim muassasasi butun bir jamoani birlashtiradigan, unda faxr-iftixor tuygʻusini shakllantiradigan “Sharaf kodeksi”ni yaratishi, taʼlim jarayonida professorlardan unumli foydalanish maqsadida “Teaching assistant” va “Researching assistant” lavozimlarini joriy qilishi lozimligini bildirdi. Xorazmlik olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida fikr va takliflarini bildirishdi. Xususan, yoshlar oʻzlarining startap hamda innovatsion loyihalarining mohiyati va amaliyotdagi ahamiyati haqida gapirib berdilar, vazirdan ushbu loyihalarni qoʻllab-quvvatlanishini soʻradilar. Vazir barcha bildirilgan taklif va tashabbuslarni tinglab, ularning ijobiy hal etilishi hamda qoʻllab-quvvatlanishini alohida taʼkidladi, bu borada masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

19-Mart, 2024-yil 9:14 Institutda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

Bohor ayyomi kirib kelishi, “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish munosabati bilan mamlakatimizda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va manzarali, mevali ko‘chatlarni o‘tkazish hamda xodimlar orasida mehr-oqibat va o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida, Professional ta’limni rivojlantirish institutida 2024-yil 16-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Institut binolari ozoda holatga keltirildi, begona o‘tlar, chiqindi va axlatlar olib tashlandi, ekin yerlari ag‘darildi hamda gul va daraxtlarga shakl berildi, qo‘shimcha mevali, manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Isitish tizimlari, yong‘in xavfsizlik anjomlari ham nazoratdan o‘tkazildi.