Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
Toshkent shahridagi Gyote-Instituti bilan hamkorlik
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Zayniddin Xudayberdiyev Toshkent shahridagi Gyote-Instituti direktori Maren Niemeyer bilan uchrashdi. Tomonlar О‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim muassasalarida nemis tilini о‘qitishni takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Toshkent shahridagi Gyote-Instituti о‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatda nemis tili о‘qituvchilarining lingvistik va metodik malakalarini oshirish, ta’lim muassasalari kutubxonalarini kitoblar va darsliklar, о‘qituvchilarni о‘quv materiallari bilan ta’minlash, о‘qituvchilarni stajirovkalarga jalb etish, ularga pedagogik maslahatlar berish va boshqa о‘quv tadbirlarni amalga oshirish kо‘zda tutilgan.
Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) filiali o‘rtasida 2022-yil 1-mayda imzolangan 01/05-23-TVET-sonli grant shartnomasi imzolangan. Shartnomaga asosan, “Professional ta’lim muassasalarida ta’lim takliflarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda to‘qimachilik sohasidagi malaka oshirish tizimini yaxshilash” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar trening tashkil etildi. Seminar trening joriy yilning 30-oktyabr – 1-noyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Reikartz Amirun” mehmonxonasida “To‘qimachilik sanoatida kattalar ta’limi va o‘qishi” mavzusida trenerlar tayyorlash dasturining 2-moduli o‘tkazildi. Treningda qatnashchilari kommunikatsiyaning nazariy asoslari, verbal, noverbal va paraverbal kommunikatsiya qoidalari, guruh dinamikasining mohiyati va uning asosiy bosqichlari bilan tanishib chiqdilar. О‘quv guruhida ijobiy muhitning rolini, kattalar ta’limida emotsionallikning ahamiyatini, kommunikativ tо‘siqlarni о‘z vaqtida bartaraf etishning zarurligini, о‘quv jarayoni samaradorligini oshirishda guruh dinamikasining rolini tushunib oldilar. Turli xil kommunikatsiya uslublarini qо‘llash, kommunikativ tо‘siqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, zо‘ravonliksiz muloqotni shakllantirish uchun verbal, noverbal va paraverbal muloqot usullaridan foydalanish, ta’lim berish jarayenida guruh dinamikasi bosqichlarini boshqarish, о‘quv guruhida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal qilish va “muammoli tinglovchilar” bilan ishlash bо‘yicha kunikmalar hosil qildilar.
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida professional ta’lim tizimida yaratilgan adabiyotlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mas’ullari, soha yo‘nalishlari bo‘yicha nashr qilingan o‘quv adabiyotlari mualliflari, kasb-hunar maktablari hamda texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbirda Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchisi Shavkat Magdiev “Avtomobil yurish qismlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash”, katta o‘qituvchi Baxtiyor To‘raqulov “Avtomobillar uzatmalar qutisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash”, Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi direktor o‘rinbosari Sherzod Odilov “Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi” o‘quv qo‘llanmalarini taqdimot qilib, o‘quv qo‘llanmalar mazmun-mohiyati, ularning o‘quvchi-yoshlarning ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarini oshirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi. Mazkur o‘quv qo‘llanmalar yangi o‘quv reja va dasturlar asosida yaratilgan bo‘lib, ulardagi ma’lumotlar o‘quvchilarni fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, fandagi yangi texnologiyalarni qo‘llash, ularni sodda va ravon tilda tushunish hamda o‘zlari ustida qo‘shimcha ravishda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yaqindan yordam beradi. Qayd etilganidek, o‘quv qo‘llanmalarda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologik jarayonlarini ko‘rib chiqishda asosiy diqqat zamonaviy konstruktiv yechimlarga va ularga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy usullariga qaratilgan. Tadbir yakunida vazirlikning professional ta’lim muassasalari yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratgan 3 nafar muallifga “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shu bilan birga, tadbir davomida Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabida o‘tkazilgan “Kitobxonlik” tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yevropa Ittifoqi va YUNESKO hamkorligida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Oʻzbekiston qishloq joylarida bandlik koʻnikmalarini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha hukumat va hamkor tashkilotlar bilan Loyiha boshqaruv qoʻmitasining beshinchi yigʻilishida erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar namoyish etildi. 2023-yil 10-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi YUNESKO bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Loyiha boshqaruv qoʻmitasining beshinchi yigʻilishini oʻtkazdi. Yig‘ilishda Qishloq va suv xo‘jaligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari va loyihaning boshqa manfaatdor tomonlari ishtirok etdi. Qo‘mita yig‘ilishida 2023-yilda loyiha davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Loyiha jamoasi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya sohalarida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish g‘oyasini ilgari surish va qishloq yoshlarini pilot sifatida tanlab olingan kollejlariga o‘qishga kirishga rag‘batlantirish maqsadida “Kelajak ko‘nikmalarini yarat” nomli loyiha doirasidagi muloqot va targ‘ibot kompaniyasini namoyish etdi va bu kompaniya davomida respublikaning 4 ta viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan jamoatchilik targ‘ibot tadbirlari haqida ma’lumot ulashdi.
2023-yil 9-iyun kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar uchun “O‘zbekistonning chekka hududlarida bandlikka ko‘maklashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida YUNESKOning sifat kafolati eksperti Belinda Smit tomonidan “Sifat kafolati va takomilashish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda professional ta’lim sifatini ta’minlash tizimlari, sifat mezonlari va ko‘rsatkichlariga asoslangan tashqi va ichki baholash mexanizmlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, professional ta’limda sifat kafolatining asosiy komponentlari, ya’ni sifat madaniyatini rivojlantirish, sifat siklidan foydalanish, ichki sifat menejmenti tizimi, ichki va tashqi baholash, sifatni yaxshilashni rejalashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Seminar-treningda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Pedagogik innovatsiyalar instituti “Innovatsion loyihalar, fan va ta’lim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 30-mart kuni pedagogika sohasidagi yetakchi olimlar, akademik va fan doktorlari, professorlar bilan doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar oʻrtasida “Yangi O‘zbekistonda yangicha ta’lim: ilmiy tadqiqotlar ta’lim sifatini ta’minlashning muhim omili” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan yangicha ta’lim siyosati, professional ta’lim tizimida zamonaviy taraqqiyot talablariga mos ravishda ta’lim sifatini ta’minlashning dolzarb muammolari hamda ushbu muammolarni hal etishda pedagogik ilmiy tadqiqotlar olib borishning zaruriyati toʻgʻrisida fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, akademik R.X.Djurayev va yetakchi olimlar tomonidan doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilarga ular tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlarini zamonaviy talablarga mos va sifatli amalga oshirishlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Davra suhbat soʻngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.