Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

О‘zbekiston professional ta’lim muassasalarida Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasi uchun о‘rta bо‘g‘in kadrlar tayyorlashni yо‘lga qо‘yishni tashkil etish bо‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 4-may kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasi vakillari bilan О‘zbekiston professional ta’lim muassasalarida Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasi uchun о‘rta bо‘g‘in kadrlar tayyorlashni yо‘lga qо‘yishni tashkil etish bо‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv maqsadi О‘zbekiston professional ta’lim tizimida о‘rta bо‘g‘in kadrlar tayyorlashda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasining о‘zaro hamkorlik aloqalarini yо‘lga qо‘yish va bitiruvchilar bandligini ta’minlashdir.

22-Iyun, 2023-yil 10:03 Germaniyaning Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Pedagogik innovatsiyalar instituti va Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazi (Zentrum für Aus-und Weiterbildung Leipzig GmbH) orasida 2023-yil 6-mart kuni professional ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolangan 2023-yil 8-iyun kuni onlayn tarzda Pedagogik innovatsiyalar instituti va ZAW Leipzig GmbH rahbarlari va mutaxassislari orasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ZAW Leipzig GmbH tomonidan taklif etilgan Memorandum bandlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan uch bosqichli Pilot loyiha va uning ijrosi bo‘yicha Yo‘l xaritasi loyihasi muhokama etildi. Uchrashuvda professional ta’lim sohasidagi hamkorlikni tashkil etishning turli jihatlari, istiqbollari va imkoniyatlari, Germaniyaning dual ta’lim tizimi tajribasiga asoslangan holda mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha Pilot loyihani birgalikda amalga oshirish uchun tomonlarning mavjud salohiyatini birlashtirish masalalari muhokama etildi.

4-Aprel, 2023-yil 9:20 Professional taʼlim tizimini takomillashtirishda Shveysariya tajribasi oʻrganilmoqda

Ayni kunlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Madaniyat va turizm vazirligi vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Shveysariyaning professional taʼlim tizimi bilan tanishish maqsadida xizmat safarida boʻlib turibdi. Xizmat safarining birinchi kunida Shveysariya taʼlim, tadqiqot va innovatsiyalar davlat kotibiyati (SERI) hamda Shveysariya professional taʼlim va malaka oshirish federal universitetida (SFUVET) uchrashuvlar oʻtkazildi. Muloqot davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar instituti hamda Shveysariya professional taʼlim va malaka oshirish federal universitetining oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, professional taʼlim tizimi xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Shveysariyaning taʼlim, tadqiqot va innovatsion ustuvorliklari, professional taʼlim tizimining asosiy elementlari bilan yaqindan tanishildi. 28-mart kuni Oʻzbekiston vakillari sogʻliqni saqlash sohasidagi kompaniyalararo kurslarda tibbiyot yoʻnalishidagi professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarining amaliyot oʻtash jarayonlari bilan tanishdi.

14-Fevral, 2022-yil 12:27 Kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining innovatsion ishlari daromad keltirmoqda

Namangan shahar 2-son kasb-hunar maktabida 9 ta kasb bo‘yicha “Kompyuter grafikasi va dizayn operatori”, “Gaz va suv iste'mol nazoratchi operatori”, “Payvandlovchi”, “Tokar'”, “Frezerlovchi”, “Tikuvchi”, “Elektromontyor”, “Avtomobillarni ta'mirlash chilangari” va “Oqava suv iste’moli nazoratchisi” kabi yo‘nalishlarda 1108 nafar o‘quvchilar tahsil olishadi. 2021-yil 24-dekabrda mazkur kasb-hunar maktabida o‘quvchilarning bajargan ishlari hamda ixtirolari yuzasidan o‘tkazilgan ko‘rik tanlovining kasb-hunar maktabi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda ta’lim olayotgan quyidagi o‘quvchilar ikkilamchi xom ashyolardan foydalanib uy-ro‘zg‘or buyumlari, tikuv buyumlari, bolalar o‘yinchoqlari va ko‘ngil ochar musiqiy ovoz eshittirgichlarini, shuningdek yangi innovatsion g‘oyalarni qo‘llagan holda inkubator, tungi sharoitda velosipedda qulaylik yaratuvchi mayoq, kompyuter grafikasi asosida kiyimlarni modellash va loyihalashtirish, quyosh nuridan quvvatlanuvchi uy nazorat kamerasi kabi jihozlar tayyorlab, buyurtma asosida aholiga yetkazib berishmoqda. Shuningdek iqtidorli yoshlar o‘zlarini va oilasini moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlashmoqda. Tadbirda innovatsion g‘oyalar bilan ishtirok etgan iste’dodli yoshlar qo‘yidagi ishlari bilan qatnashishdi. Lutfullaev Sayyod Saydullo o‘g‘li 2005 yil tug‘ilgan. Mazkur kollejda “Tokar'” yo‘nalishida ta’lim oladi. O‘qishdan tashqari payt yong‘oq daraxti yog‘ochidan tovoq, vaza, piyola va oshxona jihozlari yasaydi. Daromadi bir oyda 10-15 million so‘mni tashkil etadi. Mamajonov Obidxon Maxmudjon o‘g‘li kollejda “Elektromontyor” yo‘nalishda o‘qiydi. U bugungi tadbirda o‘zi ixtiro etgan velosipedga tungi yoritgich va burilgich jihozlari bilan qatnashdi. U ham ushbu jihozlarni o‘rnatishdan o‘ziga daromad qilishni yo‘lga qo‘ygan. Mazkur kollejning shu yo‘nalishida yana bir iste’dodli yoshlarimizdan biri Tursunov Yaxyoxon Odilxon o‘g‘li kuygan motor cho‘lg‘amlarini qayta ta'mirlab sotadi. Ushbu darsdan tashqari vaqtida ishlagan xizmatida oyiga 10-14 million so‘m daromad topib oilasiga kattagina moddiy yordam berib kelmoqda. Manba: edu.uz

14-Noyabr, 2023-yil 16:56 Professional ta’limni rivojlantirish borasida Germaniya bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

7-noyabr kuni Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Professional ta’limni rivojlantirish departamenti boshlig‘i O‘tkir Alijonov hamda Germaniya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muhtor elchisi Dr. T.Klinner, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo bo‘linmasi boshlig‘i Y.Neophytou boshchiligidagi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va “KfW” banki vakillaridan iborat delegatsiya o‘rtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida bajarilayotgan ishlarning tahlili va “KfW” banki bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqishni jadallashtirish hamda 2024-yilda imzolanishi rejalashtirilayotgan Germaniya-O‘zbekiston Hukumatlararo bitimda professonal ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi takliflarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonilar Germaniya tajribasidan kelib chiqib, professional ta’lim tizimiga ish beruvchilarni keng jalb qilish, dual ta’lim shaklida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hamda professional ta’lim dasturlarini amaliyotga yo‘naltirish ulushini oshirish borasida tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.

14-Fevral, 2022-yil 12:24 Professional ta’lim tizimining o‘rta professional ta’lim dasturlari bo‘yicha ilk bitiruvchilari o‘qishni tamomladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga tashkil etilgan professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari bosqichma-bosqich ta’lim dasturlarini yakunlamoqdalar. Jumladan Toshkent viloyati Olmaliq tumanidagi Olmaliq kon metallurgiya kollejida o‘rta professional ta’lim dasturlarining ilk bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosida Olmaliq tog‘ kon metallurgiya kombinati xodimlari, Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, Olmaliq shahar xalq deputalari, Olmaliq shahar xalq kengashi kotibiyati, ota-onalar va tumandagi turli tashkilotlotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Mazkur kollejda 2021-yilda “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari, “Payvandlash”, “Rangli metallar operatori”, “Chilangan” kabi yo‘nalishlarda jami 168 nafar bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi berildi. Тadbirning yana bir ahamiyatlisi shu bo‘ldiki Respublikadagi yangi namunadagi kollejning birinchi diplom sohibiga “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni bitirgan Jamshid Yuldashevga RT №0000001-raqamli diplomi tantanali ravishda topshirildi. Manba: edu.uz