Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Professional taʼlim tizimini takomillashtirishda Shveysariya tajribasi oʻrganilmoqda

Ayni kunlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Madaniyat va turizm vazirligi vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Shveysariyaning professional taʼlim tizimi bilan tanishish maqsadida xizmat safarida boʻlib turibdi. Xizmat safarining birinchi kunida Shveysariya taʼlim, tadqiqot va innovatsiyalar davlat kotibiyati (SERI) hamda Shveysariya professional taʼlim va malaka oshirish federal universitetida (SFUVET) uchrashuvlar oʻtkazildi. Muloqot davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar instituti hamda Shveysariya professional taʼlim va malaka oshirish federal universitetining oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, professional taʼlim tizimi xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Shveysariyaning taʼlim, tadqiqot va innovatsion ustuvorliklari, professional taʼlim tizimining asosiy elementlari bilan yaqindan tanishildi. 28-mart kuni Oʻzbekiston vakillari sogʻliqni saqlash sohasidagi kompaniyalararo kurslarda tibbiyot yoʻnalishidagi professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarining amaliyot oʻtash jarayonlari bilan tanishdi.

10-Iyul, 2023-yil 9:19 GIZ “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimidagi islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toʻqimachilik sanoatining 6 ta kasbi boʻyicha asosiy kasbiy taʼlim dasturlari taqdimoti. Gopa konsalting kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan GIZ loyihasining tarkibiy qismlari o‘tgan yilning iyul oyida boshlangan bo‘lib, dastavval, birinchi komponent mutaxassislari tomonidan to‘qimachilik sanoatida mehnat bozorida talabgir bo‘lgan 6 ta kasb uchun 3- va 4- malaka darajasi bo‘yicha professional standartlar ishlab chiqildi. Bular tikuvchi, ip yigiruvchi, tikuvchilikda andozalar tayyorlovchi, elektron texnika asboblarini sozlovchi, to‘qimachilik korxonalari qurilmalari montajchisi, to‘qimachilik sohasida texnik-texnolog kasblaridan iborat. 2023-yil 4-iyul kuni Toshkent shahrida loyiha doirasida to‘qimachilik sanoatining ushbu 6 ta kasbi uchun ikkinchi komponent bo‘yicha kasbiy standartlar asosida ishlab chiqilgan asosiy kasbiy ta’lim dasturlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuni qayd etish joizki, Oʻzbekistonda dual taʼlim va kadrlar tayyorlashga moʻljallangan kasbiy taʼlim dasturlari ilk bora taqdim etilmoqda. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar instituti, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, to‘qimachilik korxonalarining kasbiy malaka bo‘yicha tarmoq kengashlari, ish beruvchi korxonalar vakillari, ekspertlar va boshqa mahalliy muassasalar mutaxassislari ishtirok etishdi. Ishlab chiqilgan asosiy kasbiy ta’lim dasturlari mualliflari Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti dotsentlari va Pedagogik innovatsiyalar instituti metodistlaridan iborat. Ma’lumot uchun: Loyihaning ushbu komponentlari professional taʼlim tizimini modernizatsiya qilish orqali toʻqimachilik sanoatini Oʻzbekiston iqtisodiyotining eng dinamik tarmoqlaridan biriga aylantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Loyiha, shuningdek, to‘qimachilik sanoatida yosh mutaxassislarni o‘qitish, shu orqali yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash va ularning kelgusi yillarda barqaror daromad olishiga hissa qo‘shadi.

27-Mart, 2023-yil 9:39 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti vakillari bilan uchrashuv

2023-yil 13-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) rektori Zolotareva Nataliya Mixaylovna, Xalqaro va hududlararo aloqalar bо‘limi boshlig‘i Markelova Yuliya Vladimirovna va bosh mutaxassis Oleynikova Olga Nikolayevna, Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Siddiqova Sadoqat G‘afforovna va vazirlik mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi Xalqaro miqyosidagi uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida professional ta’limni rivojlantirish borasida hamkorlikda olib boriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida professional ta’lim tizimiga yangicha yondashuv asosida qarashlarni shakllantirish va xalqaro tajribalarni qо‘llagan holda kerakli jihatlarini mavjud tizimga tadbiq qilish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriadigan tadbirlar va ishlar kelishib olindi.

23-Oktabr, 2023-yil 10:18 Global ta’lim forumi: Samarqandda turizm kelajagini shakllantirish bo‘yicha ta’lim strategiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi to‘rtinchi kunining muhim voqealaridan biri Global ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon, Belarus, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Hindiston, Italiya, Eron, Ispaniya, jumladan, 30 dan ortiq davlatdan 1 200 dan ortiq xorijiy va milliy mutaxassis va ekspertlar qatori Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy va professional ta’lim muassasalari rahbar-xodimlari ishtirok etdi. Forumda turizm sanoati kelajagini shakllantirishda ta’lim dasturlarining strategiyasi va roli, shuningdek, bu boradagi maqsadlar, qarashlar va amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, turizm sohasida hozirgi va kelajak avlodlar uchun innovatsiyalar va taʼlimni ragʻbatlantiruvchi siyosat masalalari muhokama qilindi. “Ta’lim, kelajakka sarmoya kiritish” nomli birinchi asosiy ma’ruza ta’limga sarmoya kiritish bilan bog‘liq imkoniyatlar va muammolarni qamrab oldi. Bunda sohadagi innovatsiyalar bilan hamohanglik, turizm ta’limiga sarmoya kiritish muhimligi ta’kidlandi. Ikkinchi asosiy ma’ruza “Ertangi kun salohiyatini ishga solish: cheksiz kelajak uchun texnologiyalar, innovatsiyalar va ta’limni o‘zgartirish” mavzusida bo‘ldi. Ushbu ma’ruza ta’lim va salohiyatni rivojlantirishda so‘nggi texnologiyalar va tendensiyalarni yoritib berdi. Forum yakunida turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy va professional ta’lim muassasalari tomonidan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 30 ga yaqin memorandum imzolandi. Aytish joizki, bugungi kunda so‘nggi uch yilda O‘zbekistonda turizm sohasida ta'lim jadal sur’atlar bilan rivojlanib, ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari soni 16 tadan 30 taga, talabalar soni esa 4 100 nafardan 11 500 nafarga ko‘paydi. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yilda Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti tashkil etildi va mamlakatimizdagi yetakchi turizm taʼlim muassasalaridan biriga aylandi.

30-Avgust, 2024-yil 15:54 “Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida Avgust kengashlari yalpi yig‘ilishi

🗓29-avgust kuni Toshkent soliq texnikumida "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida Toshkent shahrida joylashgan Professional ta'lim muassasalari rahbarlari hamda professor-o'qituvchilari ishtirokida Avgust seminari bo'lib o'tdi. 🔷 Ushbu seminarda Toshkent shahar oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi va Professional ta'limni rivojlantirish instituti xodimlari ishtirok etishdi. 🔹 Seminar davomida Professional ta’lim muassasalari faoliyatini yuqori bosqichga olib chiqish bo’yicha strategik rejalar muhokama qilindi. 🎁 Seminar yakunida ilmiy-amaliy seminarda hamda Professional ta'lim tizimidagi o'quv-me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etganlar taqdirlandi.

22-Iyun, 2023-yil 10:03 Pedagogik innovatsiyalar institutida “Sifat kafolati va takomilashish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

2023-yil 9-iyun kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar uchun “O‘zbekistonning chekka hududlarida bandlikka ko‘maklashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida YUNESKOning sifat kafolati eksperti Belinda Smit tomonidan “Sifat kafolati va takomilashish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda professional ta’lim sifatini ta’minlash tizimlari, sifat mezonlari va ko‘rsatkichlariga asoslangan tashqi va ichki baholash mexanizmlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, professional ta’limda sifat kafolatining asosiy komponentlari, ya’ni sifat madaniyatini rivojlantirish, sifat siklidan foydalanish, ichki sifat menejmenti tizimi, ichki va tashqi baholash, sifatni yaxshilashni rejalashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Seminar-treningda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.