Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida yetakchi olimlar, akademik va fan doktorlari, professorlar bilan doktorant va ilmiy tadqiqotchilarning uchrashuvi tashkil etishdi

Pedagogik innovatsiyalar instituti “Innovatsion loyihalar, fan va ta’lim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 30-mart kuni pedagogika sohasidagi yetakchi olimlar, akademik va fan doktorlari, professorlar bilan doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar oʻrtasida “Yangi O‘zbekistonda yangicha ta’lim: ilmiy tadqiqotlar ta’lim sifatini ta’minlashning muhim omili” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan yangicha ta’lim siyosati, professional ta’lim tizimida zamonaviy taraqqiyot talablariga mos ravishda ta’lim sifatini ta’minlashning dolzarb muammolari hamda ushbu muammolarni hal etishda pedagogik ilmiy tadqiqotlar olib borishning zaruriyati toʻgʻrisida fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, akademik R.X.Djurayev va yetakchi olimlar tomonidan doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilarga ular tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlarini zamonaviy talablarga mos va sifatli amalga oshirishlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Davra suhbat soʻngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

2-Aprel, 2026-yil 9:14 Taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish boʻyicha seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 24-mart kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 2026/2027-oʻquv yili uchun kasbiy standartlar va xalqaro ta’lim dasturlari asosida modulli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish boʻyicha Ishchi guruh a’zolariga navbatdagi seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy Agentligi vakili, Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rahbariyati va mas’ul xodimlari, shuningdek tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha barcha ishchi guruh a’zolari ishtirok etishdi. Seminarda Ishchi guruh a’zolariga 60 ta kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha yangicha yondashuvlar asosida modulli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish tartibi batafsil tushuntirib berildi. Ishchi guruh a'zolari bilan Institutda bir hafta davomida ishlarni davom ettirilishiga kelishib olindi.

22-Iyun, 2023-yil 9:46 О‘qitish materiallar tо‘plamlari bо‘yicha uslubiy seminar tashkil etildi

2023-yil 26-may kuni Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti bosh mutaxassisi О‘.Farmonova tomonidan Toshkent viloyati Chinoz tuman 1-son kasb-hunar maktabining rahbar va pedagog xodimlari uchun “Umumkasbiy, maxsus fanlar va о‘quv amaliyotlarining о‘qitish materiallari tо‘plamlarini ishlab chiqish metodikasi” mavzusida uslubiy seminar tashkil etildi. Seminarda professional ta’lim dasturlari bо‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-sentabrdagi “Professional ta’lim muassasalari uchun о‘qitish materiallari tо‘plamlarini yaratishni tashkil etish tо‘g‘risida”gi 465-son buyrug‘iga asosan bugungi kunda professional ta’lim muassasalari о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan yaratilayotgan о‘qitish materiallari tо‘plami (О‘MT) tо‘g‘risida kerakli ma’lumotlar berib о‘tildi. О‘quvchilarga yetarli bilim, kо‘nikma va malakalarni berish uchun О‘MTning naqadar muhimligi va uni ommalashtirishda sifat va mazmunga e’tibor qaratish lozimligi alohida ta’kidlab о‘tildi va bu borada tegishli amaliy yordam kо‘rsatildi. Seminar sо‘ngida ta’lim dasturlari va О‘MTlarini yaratish bо‘yicha turli taklif va mulohazalar bildirildi.

28-Mart, 2023-yil 9:35 Pedagogik innovatsiyalar institutida “Zamonaviy taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Innovatsion loyihalar, fan va taʼlim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 27-mart kuni doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Zamonaviy taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda taʼlimni texnologiyalashtirish, pedagogik tizimni modellashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish, o‘qitish maqsadlarini belgilash, o‘qitish metodikasini ishlab chiqish, taʼlim shakli, metodi va vositalarini tanlashga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar-trening so‘ngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan savol-javob tarzida suhbat o‘tkazildi.

5-Sentabr, 2026-yil 11:07 Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 2026-yil 4-sentabr kuni navbatdagi Ilmiy-pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Institut direktori Kadirov Xayot Sharipovich Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonini topshirdi. Ularning kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, mas’uliyatli faoliyati va fidokorona mehnati munosib e’tirof etildi. Shuningdek, 2026-yilda kasbiy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarini diplom va sertifikat blankalari bilan ta'minlash holati muhokama qilindi. Malaka oshirish kurslarining o'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha tayyorgarlik holati to'g'risida axborot tinglandi. Kun tartibidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktyabrdagi PQ-316-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2026-2027 oʻquv yili uchun ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari, joriy etilgan xalqaro ta’lim dasturlari va ustuvor vazifalar borasida olib borilayotgan ishlar ham o‘rin oldi. Yig‘ilish davomida turli masalalar ham ko‘rib chiqilib, muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

16-Avgust, 2021-yil 20:07 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Pedagogik innovatsiyalar institutiga tashrif buyurdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tanishuv jarayonida institut moddiy-texnik bazasi, auditoriyalarning jihozlanishi, “Institut muzeyi”, “Professional ta’limni raqamlashtirish loboratriyasi” va unda yaratilgan innovatsion raqamli ta’lim resurslarini ko‘zdan kechirdi. Institut jamoasi tomonidan profesional ta’lim tizimini metodik ta’minlsh hamda qurilish sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlatimiz rahbari qaror va farmonllarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, Professional ta’lim tizimiga joriy etilayotgan innovatsion ta’lim texnologiyalari va raqamli ta’lim kontentlari hamda Rossiya Federatsiyasining “Professional ta’limni rivojlantirish instituti” bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida qurilish sohasidagi mehnat migrantlarini tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan qo‘shma dasturlar yuqori baholandi. Abduqodir Toshqulov professional ta’lim tizimini o‘quv-metodik ta’minlash va innovatsion raqamli ta’lim kontentlarini yaratish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha o‘z ko‘rsatmalarini berdi.