Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida tinglovchilar o‘rtasida "ZAKOVAT" intellektual o‘yini tashkil etildi

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2023-yil 23-iyun kuni professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarining iyun oyi malaka oshirish tinglovchilari o‘rtasida "ZAKOVAT" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tinglovchilarning mantiqiy bilimlarini oshirish, sohaga oid ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda malaka oshirish davrida olgan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan "ZAKOVAT" intellektual o‘yinida 6 ta jamoa ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati tomonidan qatnashchilarga jami 11 ta savol yo‘llandi. Qizg‘in kechgan o‘yin yakunida professional ta’lim muassasalarining o‘quv tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari guruhidan tashkil topgan “ZIYO” jamoasi g‘olib deb topildi. G‘olib bo‘lgan jamoaga esdalik sovg‘alari va diplom hamda barcha ishtirok etgan jamolarga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.

3-Aprel, 2024-yil 10:56 Texnikumlarda kredit-modul tizimi bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2024 yil 5 fevral kuni “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha 2024 yilgi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi kengay tirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektorda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 dekabrdagi “Professional ta’limda kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 648-son qarorida texnikumlarda kredit modul tizimi joriy etilishi belgilab berilgan. Shu maqsadda, joriy yilning 1-4 aprel kunlari “Texnikumlarda kredit-modul tizimi bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish” mavzusida 500 dan ortiq OTMlari professor-o‘qituvchilari hamda texnikumlarda faoliyat olib borayotgan pedagoglar uchun “oflayn” shaklda, KHMlari va kolejlarning kasb va mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirish va yangisini ishlab chiqish yuzasidan ish beruvchi korxona va tashkilotlar hamda professional ta’lim muassasalari pedagoglaridan iborat 700 nafardan ortiq Ishchi guruh a’zolari uchun “onlayn” shaklda o‘quv-uslubiy seminar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Seminarni o‘tkazishdan maqsad: Umumiy qabul qilingan ta’limning kredit-modul texnologiyasining o‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro umumta’lim standartlariga mos kelishi va ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish muammolari, jahon tendensiyalarini hisobga olgan universal ta’lim dasturi, akademik erkinlik va o‘quv dasturlari variativligini o‘rganish. Respublika ta’lim muassasalarida o‘qitishning kredit-modul texnologiyasini joriy etish milliy ta’lim tizimini isloh qilishdagi jahon tendensiyalariga asoslanishini seminar a’zolariga yetkazish. Seminarning vazifasi: kredit-modul ta’lim tizimiga o‘tish jarayonining zamonaviy tendensiyalari va mexanizmlarini chuqur o‘rganish, tahlil qilish hamda professional ta’lim tizimi o‘quvchilarining kredit-modul ta’limiga moslashish muammosi hamda uslubiy asoslarini o‘rganish natijasida professional ta’lim tizimida 90 dan ortiq kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha kredit-modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqishdan iborat. Yetarli “kredit” to‘plagan bitiruvchilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ko‘ra “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi yoki uchinchi kurslarida to‘plangan kreditlar tan olingan holda ta’limni davom ettirish imkoniyatini yaratiladi.

19-Iyul, 2023-yil 10:24 Koreya Eksim banki bilan hamkorlikada professional ta’lim tizimi raqamlashtiriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Koreya Respublikasining Eksport-import banki bilan hamkorlikda kasb-hunar maktablarida ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlikda investitsion loyihani amalga oshirish masalalari bo‘yicha Vazirlik va “Tech University of Korea” konsorsiumi o‘rtasida muzokara olib borildi. Hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha doirasida respublikadagi kasb-hunar maktablarini zamonaviy kompyuter to‘plamlari, elektron doskalar va 3D printerlar bilan jihozlash hamda fan dasturlarini yangilash bo‘yicha ishlar olib boriladi. Loyihada Vazirlik huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish institutida Raqamli laboratoriya va respublikaning 13 ta hududida kontentlar yaratish va elektron darsliklar yaratish bo‘yicha studiyalar hamda 14 ta hududda VR shourumlari tashkil etiladi Shuningdek, zamonaviy o‘qitish tizimlariga asoslangan o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqiladi va AR/VR kontentlar yaratiladi hamda 300 dan ortiq mutaxassislar uchun Koreya Respublikasida va O‘zbekistonda malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

14-Noyabr, 2023-yil 16:56 Vobkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida "yashil rivojlanish" mavzularida seminar tashkil etildi

Vobkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida 6-noyabr kuni Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) “O‘zbekistonda kasbiy ta'lim tizimini isloh etish va modernizasiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi (TexVET) tomonidan “YASHIL RIVOJLANISH” mavzulariga bag‘ishlangan loyihalarni rejalashtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda loyiha xalqaro ekspertlar Korneliya Shtaynigen va Yoaxim Lensninglar ishtirok etdilar. Bundan tashqari seminarda Navoiy viloyati Navbahor tumani kasb-hunar maktabi o’qituvchi va o’quvchilari qatnashdilar. Seminarda o’quvchilar kichik ishchi guruhlarga bo’linib, har bir ishchi guruh "yashil mavzular" ustida birgalikda o’z loyihalarini ishlab chiqdilar va taqdimot qildilar.

23-Oktabr, 2023-yil 10:19 Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini Germaniya metodikasi asosida o‘qitish bo‘yicha o‘quv seminar boshlandi

Joriy yilning 16-oktabr sanasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda “Moliyaviy va tadbirkorlik taʼlimi sohasida professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari hamda rahbarlarini oʻqitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida 2023-yil 16-28-oktabr kunlari xorijiy ekspertlar tomonidan Germaniya tajribasi asosida 50 nafar hududiy boshqarma vakillari va professional taʼlim muassasalarining tadbirkorlik va biznes asoslari fanlari oʻqituvchilarining moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish modullari boʻyicha navbatdagi oʻquv-seminar tashkil etildi. Ma’lumot uchun, “Professional ta’lim muassasalari rahbar-o‘qituvchilarini moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish” loyihasi doirasida joriy yilning fevral - mart oylarida 48 nafar, pedagog kadrlar aprel-may oylarida 460 nafardan ortiq pedagog kadrlar, 5-iyunda esa pilot sifatida tanlangan professional ta’lim muassasalarining 52 nafar direktorlari, o‘rinbosarlari va tegishli mas’ul xodimlari Germaniya metodikasi asosida o‘qitildi.

14-Fevral, 2022-yil 12:24 Professional ta’lim tizimining o‘rta professional ta’lim dasturlari bo‘yicha ilk bitiruvchilari o‘qishni tamomladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga tashkil etilgan professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari bosqichma-bosqich ta’lim dasturlarini yakunlamoqdalar. Jumladan Toshkent viloyati Olmaliq tumanidagi Olmaliq kon metallurgiya kollejida o‘rta professional ta’lim dasturlarining ilk bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosida Olmaliq tog‘ kon metallurgiya kombinati xodimlari, Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, Olmaliq shahar xalq deputalari, Olmaliq shahar xalq kengashi kotibiyati, ota-onalar va tumandagi turli tashkilotlotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Mazkur kollejda 2021-yilda “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari, “Payvandlash”, “Rangli metallar operatori”, “Chilangan” kabi yo‘nalishlarda jami 168 nafar bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi berildi. Тadbirning yana bir ahamiyatlisi shu bo‘ldiki Respublikadagi yangi namunadagi kollejning birinchi diplom sohibiga “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni bitirgan Jamshid Yuldashevga RT №0000001-raqamli diplomi tantanali ravishda topshirildi. Manba: edu.uz