Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
German Sparkassenstiftung for International Cooperation loyihasi doirasida Pedagogik innovatsiyalar institutida “Micro Business game”ga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Joriy yilning 18-24-noyabr kunlari Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida German Sparkassenstiftung for International Cooperationning katta tajribaga ega master-trenerlari tomonidan tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishning reallikka yaqin bo‘lgan “Micro Business Game” simulatsiyasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Ushbu biznes o‘yin tadbirkorlik va moliya sohasidagi nazariy bilimlarni nafaqat olish, balki o‘yin shaklda amaliyotda qo‘llash hamda bilim olishda yutuqlarni sezilarli darajada oshirishga imkon beradi. Ushbu seminar trening kelgusida hududlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Axborot xizmati
Joriy yilning 9-sentyabr kuni Professional ta’lim tizimi rahbar xodimlari O‘TIBDO‘ guruhi uchun SCAFFOLD vositalaridan foydalanish metodikasini o‘qitish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-trening institut professori D.Raxmatullaeva tomonidan olib borildi. Ushbu seminar-treningda professional ta’lim tizimi o‘quv jarayonlarini tashkil etish va loyihalashda SCAFFOLD qatalarining o‘rni va ularning mohiyati, SCAFFOLD kartalaridan foydalanish va SCAFFOLD kartalari orqali o‘quv jarayonlarini rejalashtirish texnologiyalari tahlil qilindi. Ishtirokchilar kichik guruhlarga ajratilgan holda SCAFFOLD kartalaridan foydalanib, o‘quv mashg‘ulot rejasi ishlab chiqdilar va har bir guruh a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv mashg‘ulot rejasi bo‘yicha taqdimotamalga oshirildi.
2023-yil 27-mart kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida Oly ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi Sarmanov Obid Baxodirovich ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi Amaliy seminarda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati, vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, professional ta’limda xalqaro tajriba, ta’lim dasturlari hamda metodik ta’minotni amalga oshirishda muhim jihatlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Mavjud kasb va mutaxassisliklarning ta’lim dasturlarini takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqishda e‘tiborga olinishi zarur bo‘lgan ishlar borasida fikr almashildi.
2023-yilning 29-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Unda vazir soʻnggi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari, taʼlim jarayonini sifat jihatidan yuqori darajaga koʻtarish boʻyicha bajarilayotgan ishlar hamda kelgusi vazifalarga toʻxtaldi. Uchrashuvda qoraqalpogʻistonlik olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovga sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishidagi fikr va takliflarini bildirdi. Xususan, barcha oliy taʼlim muassasalarida masofaviy taʼlimni takomillashtirish maqsadida yangi platforma ishlab chiqish "Yosh ijodkorlar" klubini tashkil etish, mashhur musavvirlarning ijodiy ishlaridan iborat koʻrgazmalar tashkillashtirish, "Universiada" sport oʻyinlari qatoriga paralimpiya oʻyinlarini kiritish, talabalarning xorijda hamda respublikamiz oliy taʼlim muassasalarida akademik almashinuvlarini yoʻlga qoʻyish, respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarning ilmiy jurnallarida qoraqalpoq tilida ham maqolalarni chop etish imkoniyatini yaratib berish, shuningdek, yoshlar oʻzlarining startap hamda innovatsion loyihalarining vazirlik tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi yuzasidan takliflar bildirildi. Vazir Ibrohim Abdurahmonov bildirilgan takliflar va koʻtarilgan masalalarni birma-bir tinglab, ularning ijobiy hal etilishi hamda qoʻllab-quvvatlanishini alohida taʼkidladi va masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.
7-noyabr kuni Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Professional ta’limni rivojlantirish departamenti boshlig‘i O‘tkir Alijonov hamda Germaniya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muhtor elchisi Dr. T.Klinner, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo bo‘linmasi boshlig‘i Y.Neophytou boshchiligidagi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va “KfW” banki vakillaridan iborat delegatsiya o‘rtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida bajarilayotgan ishlarning tahlili va “KfW” banki bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqishni jadallashtirish hamda 2024-yilda imzolanishi rejalashtirilayotgan Germaniya-O‘zbekiston Hukumatlararo bitimda professonal ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi takliflarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonilar Germaniya tajribasidan kelib chiqib, professional ta’lim tizimiga ish beruvchilarni keng jalb qilish, dual ta’lim shaklida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hamda professional ta’lim dasturlarini amaliyotga yo‘naltirish ulushini oshirish borasida tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2023-yil 10-mart kuni Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “O‘zbekistonda professional ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda sifatni ta’minlash siyosati istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur davra suhbatida O‘zbekistonda professional ta’lim sifatini ta’minlash siyosati hamda bu borada tashkilotlarning roli va vazifalarini belgilash uchun ishtirokchilar bilan muloqotlar o‘tkazildi. Davra suhbatida YUNESKO ekspertlari Jan-mark Kasteyon, Belinda Smit, Baxtiyor Namozov va Mariko Fujisava, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining boshqarma boshlig‘i O‘tkir Alijonov va bosh mutaxassisi Navbahor Sharipova, Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Zayniddin Xudayberdiyev, UNDP mutaxassisi Baxtiyor Ravjabov hamda TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumi mutaxassislari ishtirok etishdi.