Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 2026-yil 4-sentabr kuni navbatdagi Ilmiy-pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Institut direktori Kadirov Xayot Sharipovich Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonini topshirdi. Ularning kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, mas’uliyatli faoliyati va fidokorona mehnati munosib e’tirof etildi. Shuningdek, 2026-yilda kasbiy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarini diplom va sertifikat blankalari bilan ta'minlash holati muhokama qilindi. Malaka oshirish kurslarining o'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha tayyorgarlik holati to'g'risida axborot tinglandi. Kun tartibidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktyabrdagi PQ-316-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2026-2027 oʻquv yili uchun ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari, joriy etilgan xalqaro ta’lim dasturlari va ustuvor vazifalar borasida olib borilayotgan ishlar ham o‘rin oldi. Yig‘ilish davomida turli masalalar ham ko‘rib chiqilib, muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

22-Iyun, 2023-yil 9:44 Pedagogik yuklamalarini soddalashtirish va hisobot shakllarini kamaytirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

2023-yilning 15-may kuni Pedagogik innovatsiyalar institutitutida professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar “Pedagogik yuklamalarini soddalashtirish va hisobot shakllarini kamaytirish” yuzasidan loyiha hujjatlarining muhokamasi o‘tkazildi. Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassisi, Pedagogik innovatsiyalar instituti mutaxassislari, professsional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar-xodimlar ishtirok etishdi. Seminardan kо‘zlangan asosiy maqsad, pedagogik yuklamalarini soddalashtirish, hisobot shakllarini kamaytirish orqali ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarni kо‘proq о‘z ustida ishlashi uchun xizmat qiladigan hujjatni shakllantirishdan iborat.

16-Oktabr, 2023-yil 15:52 Buyuk Britaniyaning Pearson kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari kuchaymoqda

Joriy yilning 28-sentabr kuni Buyuk Britaniya Pearson kompaniyasining Yevropadagi mintaqaviy menejeri E.Konor bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Professional taʼlimni rivojlantirish departamenti rahbari Utkir Alijonov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Pearson kompaniyasi bilan professional taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi hamda kelgusidagi rejalar boʻyicha fikr almashildi. Xususan, hududdlardagi professional taʼlim muassasalarida Pearson xalqaro taʼlim tashkilotining VTES kvalifikatsiyalari boʻyicha hududlarning ixtisoslashuvi va kelajakda bitiruvchilar koʻnikmasiga qoʻyiladigan talablar asosida taʼlim dasturlarini bosqichma-bosqich joriy qilishga kelishib olindi.

14-Fevral, 2022-yil 12:18 2022-yil uchun Davlat byudjeti hisobidan doktoranturaga (PhD/DSc) qabul imtihon/suhbat jadvali

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2022-yil uchun Davlat byudjeti hisobidan doktoranturaga (PhD/DSc) qabul imtihon/suhbat o‘tkazilish sanasi va vaqti e'lon qilindi.

3-Aprel, 2024-yil 10:55 Professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan davra suhbati

2023-yil 23-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Professional ta’limni rivojlantirish instituti hamkorligida Professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i U.Alijonov rahbarligidagi departament mas’ullari, Professional ta’limni rivojlantirish instituti rahbariyati va mutaxassislari hamda professional ta’lim muassasalaridan vakillar ishtirok etdi. Davra suhbatida hozirgi kunda professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan muhokamalar olib borildi.

22-Iyun, 2023-yil 9:43 Ohangaron shahar “PREMIER industrial park” korxonasida ekskursiya tashkil qilindi

Joriy yilning 12 may kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan professional ta’lim tizimi о‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotlarini korxonalarda tashkil etish, dual ta’lim shaklini yо‘lga qо‘yish va ta’lim dasturlarini takomillashtirish maqsadida Ohangaron shahar “PREMIER industrial park” korxonasida ekskursiya tashkil qilindi. Ushbu ekskursiyada Ohangaron shahar-kasb hunar maktabi о‘quvchilari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, Pedagogik innovatsiyalar instituti va “О‘zeltexsanoat” uyushmasi xodimlari ishtirok etishdi. Korxona mas’ul xodimlari tomonidan professional ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan ishlab chiqarish ta’lim ustalari va о‘quvchilariga Sovutgich yig‘ish sehining faoliyati va ish jarayoni kо‘rsatib о‘tildi hamda о‘quvchilarni qiziqtirgan savollar va masalalar yuzasdan muhokamalar olib borildi. Tashrif davomida Pedagogik innovatsiyalar instituti mutaxassislari ish beruvchilarga Professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, dual ta’lim shaklini joriy qilish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga dual ta’limni tashkil etish orqali arzon ishchi kuchi hisobiga korxonaning iqtisodiy daromadlari kо‘rsatgichi yuqori darajada о‘sishini alohida ta’kidlab о‘tildi va ish beruchilarning qiziqishlari bilan tanishib chiqildi. Korxonaning kadrlarga bо‘lgan talablari va zarur kasb va mutaxassisliklarga bо‘lgan ehtiyojlari о‘rganildi. Bundan tashqari, professional ta’lim muassasalari ishlab chiqarish ta’lim ustalarini amaliy kо‘nikmalarini shakllantirish maqsadida korxonada malaka oshirish, professional ta’lim dasturlarni ishlab chiqishda ish beruvchilarning ishtiroki, ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkillashtirish hamda qabul parametrlarini korxonaning kadrga bо‘lgan ehtiyoji, talab va takliflari asosida shakllantirish masalalari bо‘yicha fikr-mulohazalar olib borildi. Korxona bugungi kunda malakali ishchi kuchiga ehtiyoji baland. Masalan, hozirgi kunda birgina sovutgich yig‘ish sexida kunduzgi smenada 200 dan ortiq oliy va о‘rta ma’lumotga ega xodimlar faoliyat olib bormoqda. Korxona ma’muriyatining ta’kidlashicha, tungi smenada mehnat muhitini yaratish orqali ishlab chiqarish hajmini oshiirish maqsadida kadrlarga bо‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Shu bois, ayni vaqtda korxona uchun robotatexnik, elektronika muhandisi, dasturlovchi, veb-dizayner (CorelDRAW), yig‘uvchi va kimyo-texnolog kasbi mutaxassislari uchun ish о‘rinlari mavjudligi aytib о‘tildi. Tashrif sо‘ngida, ish beruvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, korxonada dual ta’limni tashkil etish va professional ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ta’lim xodimlari bilan birga hamkorlikda ishlash masalalari kelishib olindi. “PREMIER industrial park” — bu yuqori texnologiyalar sohasida innovatsiyalarni yaratadigan va ularni maishiy va elektrotexnika ishlab chiqarishda faol tatbiq etadigan jadal va barqaror rivojlanayotgan kompaniya. Kompaniya nafaqat maishiy texnika ishlab chiqaradi balki, tarmoqlarini kengaytirishga, soha standartlarini qayta yaratishga tayyor malakali kadrlarning ulkan guruhi sifatida birgalikda rivojlanishga intiladi Kompaniyaning О‘zbekiston bо‘ylab 2 mingdan ortiq dо‘konlari mavjud va 18 ta dilerlik tarmoqlari mavjud. Sо‘ngi bir yilda 100 mingdan ortiq mahsulot sotilib eksport qilingan. Birgina sovutgich ishlab chiqarish sexida bir oyda 10 mingtagacha sovutgich ishlab chiqariladi. Sо‘ngi yillarda korxona nafaqat tayyor maxsulot va deatllarni yig‘ish balki, import hajmini kamaytirish maqsadida mahsulotlarni bir qismini sexlarda ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘ygan. Korxonaning ustuvor vazifaridan biri, kelgusida butunlay importdan voz kechish va mahalliy bozorga arzon mahsulotlarni yetkazib berish.