Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
Taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish ishlari davom etmoqda
Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda. Xususan, kasbiy standartlar hamda xalqaro ta’lim dasturlari chuqur tahlil qilinib, qishloq xo‘jaligi va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha natijaga yo‘naltirilgan zamonaviy modulli ta’lim dasturlari ishlab chiqilmoqda. Ushbu jarayonda Bulung‘ur tuman 1-son, Pastdarg‘om tuman 1-son, Boyovut tumani 1-son, Yakkabog‘ tuman 2-son, Qarshi tuman 2-son, Chortoq tuman 2-son, Olmaliq shahar 2-son va 3-son, Urganch tuman 3-son, Uchqo‘rg‘on tuman 3-son, Pop tuman 3-son, Uchqo‘rg‘on tuman 3-son, Asaka tuman 4-son, G‘uzor tumani 4-son hamda Navoiy va Buxoro ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari pedagoglari hamda soha ish beruvchi mutaxassislari faol ishtirok etib, ta’lim sifatini yanada oshirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) Toshkent filiali o‘rtasida xamkorlik to‘g‘risida imzolangan shartnomaga muvofiq ko‘plab o‘quv tadbirlari o‘tkazib kelinadi. Ushbu shartnoma doirasida 2023-yil 6-oktabr kuni DVV tashkiloti ekspertlari tomonidan Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Yashil iqtisodiyotda professional ta’lim muassasalarining barqarorligini ta’minlash” mavzusida trening o‘z ishini boshladi. Treningda Professional ta’limni rivojlantirish instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etib, ular ekologiya va yashil iqtisodiyot masalalari bilan bog‘liq yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Xabaringiz bor, joriy yilning 17-25-yanvar kunlari Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi nodavlat-notijorat tashkiloti WorldSkills Uzbekistan mutaxassisi D. Xushmurodov tomonidan Namangan viloyati professional taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan 43 nafar maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga WorldSkills standartlari asosida ekspertlikka tayyorlash boʻyicha trening oʻtkazilgan edi. Unda viloyatdagi 40 ta ta’lim muassasalaridan maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari jalb etilgan. Ishtirokchilar 8 kun davomida WorldSkills standartlari, kompetensiyalari va uning texnik tavsifi, baholash metodikasi, WorldSkills chempionati topshiriq modullari, infrastrukturasi, chempionat o‘tkazish tartibi hamda topshiriqlar ishlab chiqish metodikasi, WorldSkills standartlari asosida o‘quvchilarni musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishi, shu bilan birga ekspertlarning vazifalarini o‘rganishdi va shu mavzular yuzasidan joriy yilning 26-yanvar kuni Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida test imtihoni bo‘lib o‘tdi. Shunisi quvonarliki, 43 nafar ishtirokchilarning barchasi belgilangan ballarni jamg‘argan holda sertifikatga loyiq deb topildi. WorldSkills Uzbekistan eksperti sertifikatini topshirish marosimi bugun Yangi Namangan tumanida joylashgan “Axsikent hotel” mehmonxonasida o‘tkazildi. Marosimda WorldSkills Uzbekistan boshqaruv kengashi raisi F. Jo‘rayev, trening-moderator D. Xushmuradov, Namangan viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Metodik xizmat boshlig‘i S. Saydaliyev, mutaxassislar Z. Jo‘rabayev va I. Mamadaliyevlar ishtirok etishdi. WorldSkills Uzbekistan eksperti sertifikatini olgan oʻqituvchi va taʼlim ustalari professional taʼlim muassasalarida WS standartlari boʻyicha oʻquvchilarga dars berish, kasb oʻrgatish imkoniyatiga hamda chempionatlarga qatnashuvchilarni tayyorlash vakolatiga ega boʻlishdi. Manba: Namangan viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
2023-yilning 11-may kuni Pedagogik innovatsiyalar institutiga Shveytsariya Federal Texnologiya Universiteti (ETH Zurich) Ta’lim tizimi kafedrasi mudiri, professional ta’lim bo‘yicha ekspert, professor Ursula Renold va “Helvetas Swiss Intercooperation” kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi filialining “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi sohasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyiha rahbari Gabriyela Damian-Timoshenkolar tashrif buyurishdi. Tashrifi davomida “Professional ta’lim tizimini boshqarish asoslari va sifatni ta’minlash mexanizmlari hamda Professional ta’lim tizimida xususiy sektorni roli” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Pedagogik innovatsiyalar instituti mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilari, professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari qatnashishdi. Seminarda professor Ursula Renold professional ta’lim tizimini boshqarish va sifatni ta’minlash mexanizmlari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maslahatlar berdi hamda Yevropada bu borada amalaga oshirilgan ishlar bilan o‘rtoqlashdi. Seminarda ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tashrif Helvetas Intercoorperation kompaniyasining O‘zbekistondagi filiali Shveytsariya elchixonasi tomonidan amalga oshirilayoitgan “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi ko‘magida amalga oshirildi
Bugungi kunda professional ta’limni rivojlantirishda xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion о‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish vazifalari belgilab berilgan. Pedagogik innovatsiyalar institutida joriy yilning 26-may kuni Yevropa ta’lim jamg‘armasining malaka tizimlari bо‘yicha katta mutaxassisi, Yunesko eksperti, hozirgi kunda О‘zbekistonda Milliy professional ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bо‘yicha ish olib borayotgan Jan Mark Kastejon ishtirokida Institut professor-о‘qituvchilari va tinglovchilar uchun master klass tashkil etildi. Jan Mark Kastejon Xindiston, Suriya, Iordaniya, Misr, Tunis, Marokash, Fransiya, Ispaniya, Italiya va boshqa bir qator davlatlarning milliy malaka darajalarini, Davlat ta’lim standartlarini holatini о‘rganish hamda yangi loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etganligi asosida tо‘plangan tajribalari hamda Milliy malaka talablari qanday ishlab chiqilishi bо‘yicha ma’ruza qildi. Ushbu islohotni amalga oshirishning aniq muddatlari va asosiy manfaatdor tomonlarning vazifalari nimalardan iborat ekanligi tо‘g‘risidagi dolzarb masalalar bо‘yicha ma’lumotlar berdi Tinglovchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
2023-yilning 4-may kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasi vakillari bilan О‘zbekiston professional ta’lim muassasalarida Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasi uchun о‘rta bо‘g‘in kadrlar tayyorlashni yо‘lga qо‘yishni tashkil etish bо‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv maqsadi О‘zbekiston professional ta’lim tizimida о‘rta bо‘g‘in kadrlar tayyorlashda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasining о‘zaro hamkorlik aloqalarini yо‘lga qо‘yish va bitiruvchilar bandligini ta’minlashdir.