Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

DARYA loyihasining SCAFFOLD vositalaridan foydalanish bo‘yicha tajribalari malaka oshirish tizimi o‘quv jarayonlariga joriy etilmoqda.

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Professional ta’lim tizimi rahbar xodimlari O‘TIBDO‘ guruhi uchun SCAFFOLD vositalaridan foydalanish metodikasini o‘qitish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-trening institut professori D.Raxmatullaeva tomonidan olib borildi. Ushbu seminar-treningda professional ta’lim tizimi o‘quv jarayonlarini tashkil etish va loyihalashda SCAFFOLD qatalarining o‘rni va ularning mohiyati, SCAFFOLD kartalaridan foydalanish va SCAFFOLD kartalari orqali o‘quv jarayonlarini rejalashtirish texnologiyalari tahlil qilindi. Ishtirokchilar kichik guruhlarga ajratilgan holda SCAFFOLD kartalaridan foydalanib, o‘quv mashg‘ulot rejasi ishlab chiqdilar va har bir guruh a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv mashg‘ulot rejasi bo‘yicha taqdimotamalga oshirildi.

22-Iyun, 2023-yil 9:43 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yevropa Ittifoqi va YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston professional ta’lim tizimida sifatni ta’minlash va kasbiy ko‘

Unda 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, ta’lim sifati sohasidagi xalqaro tashkilot va loyihalarning vakillari hamda ekspertlar ishtirok etdi. Xalqaro anjumanda EQAVETni professional ta’lim tizimiga joriy etish imkoniyatlari, bu yo‘nalishda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar hamda ilg‘or xorijiy tajribalar bo‘yicha xalqaro va mahalliy ekspertlar taqdimotlari o‘tkazildi.

10-Iyul, 2023-yil 9:20 Germaniya bilan xalqaro hamkorlik: dual ta’lim tizimini tatbiq etishning amaliy jihatlari

2023-yilning 17—24-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillarining Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sektorlari uchun professional ta’lim” (RECA5) loyihasi doirasida dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlash jarayoni bilan tanishish uchun Germaniyaga o‘quv-amaliy tashrifi tashkil etildi. Asosiy maqsad – ta’lim tizimini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash doirasida olingan bilimlarni amalda qo‘llash maqsadida ishtirokchilarni Germaniyadagi dual ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Safarining birinchi kuni Vazirlik vakillarini Reynland-Pfals federal yerining Bosh vaziri Malu Dreyer xonim qabul qildi. Shundan so‘ng, Ta’limni nazorat va xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga (Trier) tashrif uyushtirildi, unda ishtirokchilarga kasb-hunar ta’limi muassasalarida sifatni ta’minlash, ishlab chiqarishda sifat nazoratini amalga oshirish tajribasi o‘rganildi. Kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayoni, uzluksiz ta’lim, o‘ziga xos xususiyatlari, dual ta’limni tashkil holati, bitiruvchilarni yakuniy baholash tizimi bilan tanishish uchun Koblens shahri Hunarmandchilik palatasiga tashrif amalga oshirildi. Germaniyada amaliy dual ta’lim nafaqat kasb-hunar ta’limi, balki xususiy sektor faol ishtirokida oliy ta’lim bosqichida ham amalga oshiriladi. Shu bilan birga, o‘quv safari davomida oliy va professional ta’lim tizimida dual ta’limda o‘qitish jarayoni bilan yaqindan tanishish uchun Koblens shahridagi Yuliusa Vegelera nomidagi kasb-hunar maktabi va Koblens amaliy fanlar universiteti uchrashuvlar tashkil qilindi. Tashrif davomida ish beruvchi korxonalar hamda Germaniyaning dual kasbiy ta’lim tizimida muhim rol o‘ynaydigan organ – Kasbiy ta’lim Federal instituti (BiBB) faoliyati bilan yaqindan tanishish va ularning tajribalarini o‘rganish rejalashtirilgan.

22-Iyun, 2023-yil 9:45 Milliy malaka tizimlari, malakalarni baholash markazlarini tashkil etish: muammo va yechimlar

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti va Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (PTRI) bilan 2023-yilning 21-may yakuni “Milliy malaka tizimlari, malakalarni baholash markazlarini tashkil etish: muammo va yechimlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-treningda O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Milliy malaka tizimlari, Tarmoq kengashlari faoliyati, kengashlar huzuridagi Malakani baholash markazlari faoliyatlari qiyosiy tahlili o‘tkazildi, mavjud muammolar va ular yechimi yuzasidan tomonlar fikrlari eshitildi. Kelgusida o‘zaro hamkorlik doirasida professional ta’lim tizimini metodik ta’minlash, ta’lim mazmuni va sifatini oshrish bo‘yicha ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish kelishib olindi.

14-Fevral, 2022-yil 12:27 Kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining innovatsion ishlari daromad keltirmoqda

Namangan shahar 2-son kasb-hunar maktabida 9 ta kasb bo‘yicha “Kompyuter grafikasi va dizayn operatori”, “Gaz va suv iste'mol nazoratchi operatori”, “Payvandlovchi”, “Tokar'”, “Frezerlovchi”, “Tikuvchi”, “Elektromontyor”, “Avtomobillarni ta'mirlash chilangari” va “Oqava suv iste’moli nazoratchisi” kabi yo‘nalishlarda 1108 nafar o‘quvchilar tahsil olishadi. 2021-yil 24-dekabrda mazkur kasb-hunar maktabida o‘quvchilarning bajargan ishlari hamda ixtirolari yuzasidan o‘tkazilgan ko‘rik tanlovining kasb-hunar maktabi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda ta’lim olayotgan quyidagi o‘quvchilar ikkilamchi xom ashyolardan foydalanib uy-ro‘zg‘or buyumlari, tikuv buyumlari, bolalar o‘yinchoqlari va ko‘ngil ochar musiqiy ovoz eshittirgichlarini, shuningdek yangi innovatsion g‘oyalarni qo‘llagan holda inkubator, tungi sharoitda velosipedda qulaylik yaratuvchi mayoq, kompyuter grafikasi asosida kiyimlarni modellash va loyihalashtirish, quyosh nuridan quvvatlanuvchi uy nazorat kamerasi kabi jihozlar tayyorlab, buyurtma asosida aholiga yetkazib berishmoqda. Shuningdek iqtidorli yoshlar o‘zlarini va oilasini moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlashmoqda. Tadbirda innovatsion g‘oyalar bilan ishtirok etgan iste’dodli yoshlar qo‘yidagi ishlari bilan qatnashishdi. Lutfullaev Sayyod Saydullo o‘g‘li 2005 yil tug‘ilgan. Mazkur kollejda “Tokar'” yo‘nalishida ta’lim oladi. O‘qishdan tashqari payt yong‘oq daraxti yog‘ochidan tovoq, vaza, piyola va oshxona jihozlari yasaydi. Daromadi bir oyda 10-15 million so‘mni tashkil etadi. Mamajonov Obidxon Maxmudjon o‘g‘li kollejda “Elektromontyor” yo‘nalishda o‘qiydi. U bugungi tadbirda o‘zi ixtiro etgan velosipedga tungi yoritgich va burilgich jihozlari bilan qatnashdi. U ham ushbu jihozlarni o‘rnatishdan o‘ziga daromad qilishni yo‘lga qo‘ygan. Mazkur kollejning shu yo‘nalishida yana bir iste’dodli yoshlarimizdan biri Tursunov Yaxyoxon Odilxon o‘g‘li kuygan motor cho‘lg‘amlarini qayta ta'mirlab sotadi. Ushbu darsdan tashqari vaqtida ishlagan xizmatida oyiga 10-14 million so‘m daromad topib oilasiga kattagina moddiy yordam berib kelmoqda. Manba: edu.uz

6-Noyabr, 2023-yil 9:40 Toshkent shahridagi Gyote-Instituti bilan hamkorlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Zayniddin Xudayberdiyev Toshkent shahridagi Gyote-Instituti direktori Maren Niemeyer bilan uchrashdi. Tomonlar О‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim muassasalarida nemis tilini о‘qitishni takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Toshkent shahridagi Gyote-Instituti о‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatda nemis tili о‘qituvchilarining lingvistik va metodik malakalarini oshirish, ta’lim muassasalari kutubxonalarini kitoblar va darsliklar, о‘qituvchilarni о‘quv materiallari bilan ta’minlash, о‘qituvchilarni stajirovkalarga jalb etish, ularga pedagogik maslahatlar berish va boshqa о‘quv tadbirlarni amalga oshirish kо‘zda tutilgan.