Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
Saudiya Arabistonning “Acwa power” kompaniyasi bilan Shirin energetika kolleji o‘rtasida hamkorlik yanada rivojlantiriladi
Joriy yilning 12-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi va sohadagi yirik ish beruvchilar vakillari Shirin energetika kollejida Saudiya Arabistonning “ACWA Power” kompaniyasining O‘zbekiston bo‘yicha menejeri Jon Zaidi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda “ACWA Power” kompaniyasi bilan Shirin energetika kollejida kelgusi 5 yilda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash borasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, kollejda ta’lim sifatini ta’minlash, xalqaro ta’lim dasturlarini keng joriy etish, yoshlarni chet tillariga o‘qitish, yangi yo‘nalishlarni ochish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, boshqaruv bo‘yicha ISO sertifikatini olish hamda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalarida birga ishlashga kelishib olindi. Bundan tashqari Shirin energetika kollejini sohada o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tayanch ta’lim muassasasi sifatida belgilanishi hamda shu asosda zaruriy tayyorgarlik ishlarini olib borishda “ACWA Power” kompaniyasi asosiy hamkor sifatida faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, monitoring va baholash bo‘yicha jalb etilgan xalqaro ekspertlarning ta’lim sifati bo‘yicha dastlabki baholash xulosalari bo‘yicha ta’lim muassasasi rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Tadbir so‘nggida, kollejda kadrlar tayyorlash jarayonini yangi bosqichga olib chiqish hamda hamkorlikni kengaytirish maqsadida Shirin energetika kolleji, Saudiya Arabistonining “Energy and Water Academy” (EWA) va “First National Operation and Maintenance” Co. Ltd. (Nomac) o‘rtasida kelishuv shartnomasi imzolandi.
🏆🏆🏆 📣Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovi davom etmoqda! 🔺TANLOV UCH BOSQICHDA O‘TKAZILADI! 1- bosqich - aprel oyining 25-sanasigacha kasbiy ta’lim tashkilotlari miqyosida; 2-bosqich - may oyining 25-sanasigacha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha) miqyosida; 3-bosqich - iyun oyining 25-sanasigacha Respublika miqyosida. Raqamli ta’lim resurslari tarkibi amalda o‘qitilayotgan fan (modul), o‘quv amaliyotlarining namunaviy o‘quv dasturidagi mavzular asosida umumkasbiy va maxsus fanlari mavzulari 2 soatga bo‘lingan holda, o‘quv amaliyotlari 6 soatga bo‘lingan holda ishlab chiqiladi. Mavzular bo‘yicha quyidagilardan iborat bo‘lgan mavzular to‘plami; ▶️fanning ta’lim texnologiyalari; ▶️media (audio, video va animatsion) materiallar; ▶️vizual-didaktik resurslar; ▶️taqdimot materiallari; ▶️glossariy (atamalar lug‘ati); ▶️baholash vositalari (nazorat savollari, amaliy topshiriqlar, test materiallari, mashqlar, masalalar to‘plami va boshqalar). ✅Tanlovga raqamli ta’lim resurslari foydalanishga tizimlashtirilgan tayyor dasturiy mahsulot sifatida taqdim etiladi. 🏆 75 ball to‘plagan eng yuqori 3 ta raqamli ta’lim resurslari va ularning muallifi g‘olib deb belgilanadi. 🖥Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan mualliflarning raqamli ta’lim resurslari ommalashtirish uchun Professional ta’limni rivojlantirish institutining rtr.profedu.uz Raqamli ta’lim resurslari platformasiga joylashtiriladi. 🏆Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari nominatsiyalar bo‘yicha tegishli darajadagi diplom, shuningdek: 1-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari; 2-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari; 3-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari hisobidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi; Hamkorlikda ishlab chiqilgan va Respublika bosqichida qatnashib g‘olib deb topilgan Raqamli ta’lim resursi mualliflarning har biriga tegishli darajadagi diplom beriladi, g‘olib o‘rin uchun belgilangan pul mukofoti ular o‘rtasida teng taqsimlanadi; Sohalar bo‘yicha tanlovning Respublika bosqichida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallamagan keyingi 3 ta o‘rindagi ishtirokchilar vazirlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.
2023-yil 19-iyul kuni Oly ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar instituti va “Qо‘qon mexanika zavodi” Aksiyadorlik jamiyati о‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unda Pedagogik innovatsiyalar instituti va “Qо‘qon mexanika zavodi” Aksiyadorlik jamiyati rahbar hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Mazkur uchrashuv va shartnomaga kо‘ra, hamkorlikda tegishli kasb va mutaxassisliklar hamda qisqa muddatli о‘quv kurslari bо‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, о‘quv-uslubiy ishlarni yо‘lga qо‘yish, о‘zaro tajriba almashish, о‘quvchilarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini tashkil etish, maxsus fanlar о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining amaliy kо‘nikmalarini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarini yо‘lga qо‘yish, qо‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali professional ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
2023-yil 9-iyun kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar uchun “O‘zbekistonning chekka hududlarida bandlikka ko‘maklashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida YUNESKOning sifat kafolati eksperti Belinda Smit tomonidan “Sifat kafolati va takomilashish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda professional ta’lim sifatini ta’minlash tizimlari, sifat mezonlari va ko‘rsatkichlariga asoslangan tashqi va ichki baholash mexanizmlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, professional ta’limda sifat kafolatining asosiy komponentlari, ya’ni sifat madaniyatini rivojlantirish, sifat siklidan foydalanish, ichki sifat menejmenti tizimi, ichki va tashqi baholash, sifatni yaxshilashni rejalashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Seminar-treningda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
2023-yilning 8-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mas’ul xodimlari va О‘zbekistonga tashrif buyurgan Germaniyaning Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazi direktori Yorg Xnizdo boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda О‘zbekistonning pilot professional ta’lim muassasalari sifatida taklif etilgan ta’lim muassasalarining holatini о‘rganish natijalari, ularda hamkorlikni tashkil etishning istiqbollari va imkoniyatlari, xususan, Germaniyaning xalqaro tan olingan dual ta’lim tizimi ta’lim dasturlarini joriy etish, Leypsig kasbiy ta’lim va malaka oshirish markazida professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish, malaka oshirish kurslarini tamomlagan pedagog kadrlar, pilot ta’lim muassasalari bitiruvchilari va turli kasblarga ega fuqarolarni Leypsig Savdo-sanoat palatasi talablari asosida sertifikatlash masalalari istiqbollari muhokama qilindi. Sertifikat olganlarni ichki va xorijiy mehnat bozorlarida о‘z ish о‘rinlarini egallashlariga asos yaratuvchi Pilot loyiha va uning bajarilishi bо‘yicha Yо‘l xaritasi tahlil qilinib, unga xamkorlikning samarasini yanada oshirishga yо‘naltirilgan tegishli о‘zgartirishlar kiritildi.
Joriy yilning 6 yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika kо‘rik-tanlovi g‘oliblarini tadqirlash marosimi bо‘lib о‘tdi. Tanlovni о‘tkazishdan maqsad professional ta’lim tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ta’limni raqamlashtirish, metodik ta’minlashni yaxshilash, elektron ta’lim resurslarini (kontent) yaratish, professional ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan о‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalari mehnatini rag‘batlantirish hamda ular tomonidan ishlab chiqilgan va ta’lim jarayonida foydalanib kelinayotgan raqamli ta’lim resurslarini tо‘plash, tizimlashtirish va ommalashtirishdan iborat. Kо‘rik-tanlovning I-bosqichi professional ta’lim muassasalari miqyosida raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqish bosqichi hisoblanib, 1 avgustdan 20 oktabrchaga о‘tkazildi. Ishlab chiqilgan raqamli ta’lim resurslari nominatsiyalar bо‘yicha ta’lim muassasasi Tanlov hay’ati tomonidan baholanib, 847 ta raqamli ta’lim resurslari g‘olib sifatida II-bosqichda qatnashish uchun Hududiy Tashkiliy qо‘mitalarga taqdim etildi. Hududiy Tanlov hay’ati tomonidan baholanib, 20 ta nominatsiyalar bо‘yicha 362 ta raqamli ta’lim resursi Respublika III-bosqichida qatnashish uchun Respublika komissiyasiga taqdim etildi. Tanlovning III-bosqichiga Hududiy Tashkiliy qо‘mitalar tomonidan taqdim etilgan 362 ta raqamli ta’lim resurslari Respublika Tanlov hay’ati tomonidan baholandi hamda 17 ta nominatsiyalar bо‘yicha jami 45 ta, shundan 18 ta 1-о‘rin, 16 ta 2-о‘rin va 11 ta 3-о‘rin g‘oliblari aniqlandi. Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari nominatsiyalar bо‘yicha tegishli darajadagi diplom, shuningdek: • I-о‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari; • II-о‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari; • III-о‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari hisobidagi pul mukofoti bilan taqdirlandilar. Nominatsiyalar bо‘yicha tanlovning Respublika bosqichida qatnashib, sovrinli о‘rinlarni egallamagan 25 ta raqamli ta’lim resurslari mualliflariga vazirlikning maxsus tashakkurnomalari taqdim etildi. Tanlovning Respublika III-bosqichida g‘olib deb topilgan 45 ta hamda 75 balldan yuqori ball tо‘plagan 25 ta jami 70 ta raqamli ta’lim resurslari ommalashtirish uchun Professional ta’limni rivojlantirish institutining rtr.profedu.uz raqamli ta’lim resurslari platformasiga joylashtirilib borilmoqda.