Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Professional ta’limni rivojlantirish institutida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi

Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori, Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va Kasaba uyushmasining yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshchiligida ilmga chanqoq, intiluvchan va bilimdon xodimlarimiz o‘rtasida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan 2023-yilning 27-sentabr kuni “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda “Intellekt”, “IDEAL”, “Ilm ziyokorlari”, “PROGRAMMER” va “ABC group” jamoalari ishtirok etdishdi. O‘yin juda qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. O‘yin yakunida 8 ball bilan “Intellekt” jamoasi I-o‘rin, 5 ball bilan “IDEAL” jamoasi II-o‘rin, 4 ball bilan “Ilm ziyokorlari” jamoasi III-o‘rinni egallashdi. G‘oliblar Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

27-Mart, 2023-yil 9:34 Germaniya va Oʻzbekiston oliy taʼlim va ilm-fan sohasida hamkorlik

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib, tashrif doirasida qator uchrashuvlar olib bordi va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator kelishuvlarga erishdi. Xususan, Germaniya Federal Taʼlim va tadqiqotlar vazirligi (BMBF) Davlat kotibi Tomas Reychel bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama etildi. Uchrashuv natijasida tomonlar Oʻzbekiston–Germaniya olimlari oʻrtasida muloqotni rivojlantirish maqsadida Qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovini tashkil etish va ushbu maqsadda moliyaviy mablagʻlarni jalb etishga kelishdilar. Oʻzbekistonlik yosh olimlar uchun ilmiy stajirovka dasturlarini tashkil etish. BMBF bilan hamkorlikda yurtimiz olim va tadqiqotchilarning Germaniyaning ilgʻor ilmiy muassasalari va laboratoriyalarida malakasi oshirilishi muhokama qilindi. Shuningdek, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan “Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari qoʻllab-quvvatlash” hamda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy oʻsish tarmoqlari uchun professional taʼlim” loyihalarini amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib borildi. Bundan tashqari, professional taʼlim sohasida Germaniyaning “KfW” banki koʻmagida “Professional taʼlim tizimini takomillashtirish” loyihasini qoʻllab-quvvatlashga kelishildi.

7-Oktabr, 2024-yil 11:24 DARYA loyihasining SCAFFOLD vositalaridan foydalanish bo‘yicha tajribalari malaka oshirish tizimi o‘quv jarayonlariga joriy etilmoqda.

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Professional ta’lim tizimi rahbar xodimlari IChTBDO‘ guruhi uchun SCAFFOLD vositalaridan foydalanish metodikasini o‘qitish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-trening institut xodimi B.Haydarov tomonidan olib borildi. Ushbu seminar-treningda professional ta’lim tizimi o‘quv jarayonlarini tashkil etish va loyihalashda SCAFFOLD qatalarining o‘rni va ularning mohiyati, SCAFFOLD kartalaridan foydalanish va SCAFFOLD kartalari orqali o‘quv jarayonlarini rejalashtirish texnologiyalari tahlil qilindi. Ishtirokchilar kichik guruhlarga ajratilgan holda SCAFFOLD kartalaridan foydalanib, o‘quv mashg‘ulot rejasi ishlab chiqdilar va har bir guruh a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv mashg‘ulot rejasi bo‘yicha taqdimot amalga oshirildi.

14-Fevral, 2022-yil 12:18 2022-yil uchun Davlat byudjeti hisobidan doktoranturaga (PhD/DSc) qabul imtihon/suhbat jadvali

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2022-yil uchun Davlat byudjeti hisobidan doktoranturaga (PhD/DSc) qabul imtihon/suhbat o‘tkazilish sanasi va vaqti e'lon qilindi.

22-Iyun, 2023-yil 9:45 Milliy malaka tizimlari, malakalarni baholash markazlarini tashkil etish: muammo va yechimlar

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti va Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (PTRI) bilan 2023-yilning 21-may yakuni “Milliy malaka tizimlari, malakalarni baholash markazlarini tashkil etish: muammo va yechimlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-treningda O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Milliy malaka tizimlari, Tarmoq kengashlari faoliyati, kengashlar huzuridagi Malakani baholash markazlari faoliyatlari qiyosiy tahlili o‘tkazildi, mavjud muammolar va ular yechimi yuzasidan tomonlar fikrlari eshitildi. Kelgusida o‘zaro hamkorlik doirasida professional ta’lim tizimini metodik ta’minlash, ta’lim mazmuni va sifatini oshrish bo‘yicha ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish kelishib olindi.

14-Fevral, 2022-yil 12:37 “WorldSkills Uzbekistan” eksperti sertifikatini topshirish marosimi o‘tkazildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 17-25-yanvar kunlari Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi nodavlat-notijorat tashkiloti WorldSkills Uzbekistan mutaxassisi D. Xushmurodov tomonidan Namangan viloyati professional taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan 43 nafar maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga WorldSkills standartlari asosida ekspertlikka tayyorlash boʻyicha trening oʻtkazilgan edi. Unda viloyatdagi 40 ta ta’lim muassasalaridan maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari jalb etilgan. Ishtirokchilar 8 kun davomida WorldSkills standartlari, kompetensiyalari va uning texnik tavsifi, baholash metodikasi, WorldSkills chempionati topshiriq modullari, infrastrukturasi, chempionat o‘tkazish tartibi hamda topshiriqlar ishlab chiqish metodikasi, WorldSkills standartlari asosida o‘quvchilarni musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishi, shu bilan birga ekspertlarning vazifalarini o‘rganishdi va shu mavzular yuzasidan joriy yilning 26-yanvar kuni Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida test imtihoni bo‘lib o‘tdi. Shunisi quvonarliki, 43 nafar ishtirokchilarning barchasi belgilangan ballarni jamg‘argan holda sertifikatga loyiq deb topildi. WorldSkills Uzbekistan eksperti sertifikatini topshirish marosimi bugun Yangi Namangan tumanida joylashgan “Axsikent hotel” mehmonxonasida o‘tkazildi. Marosimda WorldSkills Uzbekistan boshqaruv kengashi raisi F. Jo‘rayev, trening-moderator D. Xushmuradov, Namangan viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Metodik xizmat boshlig‘i S. Saydaliyev, mutaxassislar Z. Jo‘rabayev va I. Mamadaliyevlar ishtirok etishdi. WorldSkills Uzbekistan eksperti sertifikatini olgan oʻqituvchi va taʼlim ustalari professional taʼlim muassasalarida WS standartlari boʻyicha oʻquvchilarga dars berish, kasb oʻrgatish imkoniyatiga hamda chempionatlarga qatnashuvchilarni tayyorlash vakolatiga ega boʻlishdi. Manba: Namangan viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi