Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Professional ta’limni rivojlantirish institutida stol tennis musobaqalari o‘tkazildi

Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori, Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo`mitasi va Kasaba uyushmasining yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshchiligida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan Professional ta’limni rivojlantirish instituti xodimlari o‘rtasida 2023-yil 26-sentabr kuni sportning stol tennisi boʻyicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma, bo‘lim va kafedralardan nomzodlar g‘oliblik uchun qizg‘in kurash olib borishdi. Musobaqani o‘tkazishdan maqsad har bir xodimda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir. Musobaqani yakunida Raqamli ta’lim texnologiyalari boshqarmasi bosh mutaxassislari Dilmurodov Karamat I-o‘rinni, Qodirov Rasulbek II-o`rinni va Masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘limi boshlig‘i Elbek Jo‘rayev III-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

17-Sentabr, 2026-yil 19:04 Tinglovchilarning kasbiy salohiyatni oshirish yo‘lida muhim qadam

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan rahbar va boshqaruv xodimlari uchun har kuni darsdan keyin zamonaviy kasbiy taʼlimning dolzarb masalalariga bagʻishlangan uchrashuv va ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, joriy yil 17-sentabr kuni “Texnikumlarda oʻquv jarayonini tashkil etishda modulli taʼlim dasturlaridan samarali foydalanish” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi. Muloqot davomida 2026/2027 oʻquv yilidan texnikumlarda joriy etilgan kunduzgi, dual, qoʻshma hamda xalqaro taʼlim dasturlari, ularning mazmun-mohiyati, oʻquv jarayonini tashkil etishdagi oʻziga xos jihatlari va modulli yondashuvdan samarali foydalanish masalalari boʻyicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi. Bunday ochiq muloqotlar rahbar va boshqaruv xodimlarining zamonaviy yondashuvlar asosida bilim va koʻnikmalarini boyitish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda texnikumlarda taʼlim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

16-Oktabr, 2023-yil 15:55 Misnsk shahrida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

О‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika instituti ta’lim muassasasi tashkil etilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Профессиональное образование в условиях глобальных вызовов” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etmoqda. О‘zbekiston delegasiyasi konferensiyada “О‘zbekiston Respublikasida professional ta’limni rivojlantirishning strategik yо‘nalishlari” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Konferensiya doirasida О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika instituti ta’lim muassasasi orasida ikki tomonlama uchrashuv о‘tkazilib, professional ta’lim sohasida birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan kelishib olindi.

18-Oktabr, 2021-yil 9:47 Pedagogik innovatsiyalar instituti xodimlari “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar

Institutimiz vakillarining ham esdalik nishoni bilan taqdirlanganliklari barchamizni quvontiradi: Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich — institut direktori; Sharofaddinov Shixnazar Anvarovich — institut direktorining o‘rinbosari; Xakimjonova Hamidaxon Xakimjon qizi — "Ta’limda boshqaruv" kafedrasi katta o‘qituvchisi; Xushmuradov Dadaxon Raimovich — WorldSkills, dual ta’lim va o‘uv amaliyotlarni metodik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i; Mazkur mukofotlar mamlakatimizda professional taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida sidqidildan qilingan mehnatlarning eʼtirofi deb bilamiz.

6-Noyabr, 2023-yil 9:48 “Kattalar ta’limida kommunikatsiya va guruh dinamikasi” treningi

Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) filiali o‘rtasida 2022-yil 1-mayda imzolangan 01/05-23-TVET-sonli grant shartnomasi imzolangan. Shartnomaga asosan, “Professional ta’lim muassasalarida ta’lim takliflarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda to‘qimachilik sohasidagi malaka oshirish tizimini yaxshilash” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar trening tashkil etildi. Seminar trening joriy yilning 30-oktyabr – 1-noyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Reikartz Amirun” mehmonxonasida “To‘qimachilik sanoatida kattalar ta’limi va o‘qishi” mavzusida trenerlar tayyorlash dasturining 2-moduli o‘tkazildi. Treningda qatnashchilari kommunikatsiyaning nazariy asoslari, verbal, noverbal va paraverbal kommunikatsiya qoidalari, guruh dinamikasining mohiyati va uning asosiy bosqichlari bilan tanishib chiqdilar. О‘quv guruhida ijobiy muhitning rolini, kattalar ta’limida emotsionallikning ahamiyatini, kommunikativ tо‘siqlarni о‘z vaqtida bartaraf etishning zarurligini, о‘quv jarayoni samaradorligini oshirishda guruh dinamikasining rolini tushunib oldilar. Turli xil kommunikatsiya uslublarini qо‘llash, kommunikativ tо‘siqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, zо‘ravonliksiz muloqotni shakllantirish uchun verbal, noverbal va paraverbal muloqot usullaridan foydalanish, ta’lim berish jarayenida guruh dinamikasi bosqichlarini boshqarish, о‘quv guruhida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal qilish va “muammoli tinglovchilar” bilan ishlash bо‘yicha kunikmalar hosil qildilar.

16-Avgust, 2021-yil 20:07 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Pedagogik innovatsiyalar institutiga tashrif buyurdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tanishuv jarayonida institut moddiy-texnik bazasi, auditoriyalarning jihozlanishi, “Institut muzeyi”, “Professional ta’limni raqamlashtirish loboratriyasi” va unda yaratilgan innovatsion raqamli ta’lim resurslarini ko‘zdan kechirdi. Institut jamoasi tomonidan profesional ta’lim tizimini metodik ta’minlsh hamda qurilish sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlatimiz rahbari qaror va farmonllarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, Professional ta’lim tizimiga joriy etilayotgan innovatsion ta’lim texnologiyalari va raqamli ta’lim kontentlari hamda Rossiya Federatsiyasining “Professional ta’limni rivojlantirish instituti” bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida qurilish sohasidagi mehnat migrantlarini tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan qo‘shma dasturlar yuqori baholandi. Abduqodir Toshqulov professional ta’lim tizimini o‘quv-metodik ta’minlash va innovatsion raqamli ta’lim kontentlarini yaratish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha o‘z ko‘rsatmalarini berdi.