Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida professional taʼlim muassasalaridagi nemis tili kurslari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Vazir oʻrinbosari S.Buzrukxonov rahbarligida oʻtkazilan mazkur yigʻilishda nemis tili kurslari tashkil etilgan 33 ta professional taʼlim muassasalari direktorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari va xorijiy tillarni ommalashtirish boʻyicha masʼul xodimlari, tegishli boʻlinmalar rahbarlari ishtirok etdi. Yigʻilishda kun tartibidagi asosiy masala sifatida professional taʼlim muassasalarida taʼlimning jozibadorligini oshirish, oʻquvchilarga kasb bilan birga xorijiy tillarni chuqur oʻrgatish orqali ularni ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash borasida soʻz bordi. Shuningdek, yangi oʻquv yilida oʻquvchilarni xorijiy tillarga oʻqitish koʻlamini kengaytirish va bu borada Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

22-Iyun, 2023-yil 9:43 Professional ta’lim tizimini boshqarish asoslari va sifatni ta’minlash mexanizmlari hamda Professional ta’lim tizimida xususiy sektorni roli

2023-yilning 11-may kuni Pedagogik innovatsiyalar institutiga Shveytsariya Federal Texnologiya Universiteti (ETH Zurich) Ta’lim tizimi kafedrasi mudiri, professional ta’lim bo‘yicha ekspert, professor Ursula Renold va “Helvetas Swiss Intercooperation” kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi filialining “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi sohasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyiha rahbari Gabriyela Damian-Timoshenkolar tashrif buyurishdi. Tashrifi davomida “Professional ta’lim tizimini boshqarish asoslari va sifatni ta’minlash mexanizmlari hamda Professional ta’lim tizimida xususiy sektorni roli” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Pedagogik innovatsiyalar instituti mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilari, professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari qatnashishdi. Seminarda professor Ursula Renold professional ta’lim tizimini boshqarish va sifatni ta’minlash mexanizmlari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maslahatlar berdi hamda Yevropada bu borada amalaga oshirilgan ishlar bilan o‘rtoqlashdi. Seminarda ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tashrif Helvetas Intercoorperation kompaniyasining O‘zbekistondagi filiali Shveytsariya elchixonasi tomonidan amalga oshirilayoitgan “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi ko‘magida amalga oshirildi

30-Iyun, 2022-yil 16:42 Сhet eldagi diplomatik vakolatxonalar ham professional ta’limga ko‘maklashadi

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining professional taʼlimni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bilan uchrashdi. Unda davlat rahbari tomonidan aholini kasb-hunarga tayyorlash va professional taʼlim markazlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda ikki vazirlik o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning mamlakatimiz hududlarida tashkil etilayotgan professional tayyorgarlik markazlariga har tomonlama ko‘maklashishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Xususan, dunyoning yetakchi mamlakatlari tajribasini o‘rganish asosida mazkur muassasalar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha aniq, asosli takliflar ishlab chiqiladi. Ushbu markazlar faoliyatiga xorijiy mutaxassislar va konsalting kompaniyalarini jalb qilish rejalashtirilmoqda. O‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘qitish bo‘yicha xorijiy tuzilmalar ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizning chet eldagi har bir diplomatik vakolatxonasini hududlarimizdagi barcha kasbiy taʼlim markazlariga biriktirish taklif etildi. Manba: edu.uz

27-Mart, 2023-yil 9:33 Pedagogik innovatsiyalar instituti hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti hamkorligi

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti Umumtexnika fanlari kafedrasi bilan hamkorlikda 2023 yil 28 fevral kuni Yosh kadrlarni tayyorlash va eng zamonaviy texnikalardan foydalanishni nazariy hamda amaliy asoslari haqida chuqur bilim berish maqsadida “Texnika va ta’limning aktiv muammolari” mavzusidagi respublika miqyosida ilmiy–uslubiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Ilmiy–uslubiy anjumanda Professional ta’limni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari M.Amanova, A.Majidov, B.Sharipov, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari harbiy fanlar doktori, professor. Polkovnik S.S.Abduraimov hamda harbiy kursantlar, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot unversiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.

1-Avgust, 2026-yil 17:11 “Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti (Skills-2026 Workshop)” mavzusida amaliy seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ–316-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 30–31 iyul kunlari Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida kasbiy standartlar hamda xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningning asosiy maqsadi yangi avlod modulli ta’lim dasturlarining mazmun-mohiyati, tuzilishi va ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlarini hududlardan jalb etilgan 50 nafar tajribali pedagog hamda hududiy Kasbiy ta’lim boshqarmalarining mas’ul vakillariga atroflicha tushuntirish, shuningdek, ular orqali “trenerlarni tayyorlash” (Train-the-Trainer) tamoyili asosida respublikadagi barcha kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglariga mazkur bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich yetkazish tizimini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Ikki kunlik seminar davomida ishtirokchilar modulli ta’lim dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qitish natijalari va baholash mezonlarini belgilash, modullar mazmunini shakllantirish hamda amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar. Mazkur seminar respublikada natijaga yo‘naltirilgan modulli ta’lim dasturlarini samarali joriy etish, hududiy trenerlar salohiyatini oshirish, ta’lim jarayoniga yagona metodik yondashuvlarni tatbiq etish hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

2-Aprel, 2026-yil 9:16 Taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish ishlari davom etmoqda

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda. Xususan, kasbiy standartlar hamda xalqaro ta’lim dasturlari chuqur tahlil qilinib, qishloq xo‘jaligi va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha natijaga yo‘naltirilgan zamonaviy modulli ta’lim dasturlari ishlab chiqilmoqda. Ushbu jarayonda Bulung‘ur tuman 1-son, Pastdarg‘om tuman 1-son, Boyovut tumani 1-son, Yakkabog‘ tuman 2-son, Qarshi tuman 2-son, Chortoq tuman 2-son, Olmaliq shahar 2-son va 3-son, Urganch tuman 3-son, Uchqo‘rg‘on tuman 3-son, Pop tuman 3-son, Uchqo‘rg‘on tuman 3-son, Asaka tuman 4-son, G‘uzor tumani 4-son hamda Navoiy va Buxoro ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari pedagoglari hamda soha ish beruvchi mutaxassislari faol ishtirok etib, ta’lim sifatini yanada oshirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.