Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Professional ta’limda raqamli ta’lim resurslari, ochiq darslar va master-klasslar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 26-iyuldagi Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 329-sonli hamda 2023-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim muassasalarda ta’lim sifatini ta’minlash uchun ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 408-sonli buyrug‘i asosida seminar tashkil etildi. Seminar davomida raqamli ta’lim resurslari platformasi, raqamli ta’lim resurslarini tayyorlash, Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovining ta’lim muassasi bosqichini o‘tkazish, tanlovga kelib tushgan resurslarni baholash, ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish bo‘yicha ma’lumot berildi. Yuqoridagilar yuzasidan fikr, mulohazalar va takliflar bildirildi. Seminarda Institut professor-о‘qituvchilari, mutaxassislar hamda malaka oshirish bо‘yicha kelgan rahbar xodimlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

1-Avgust, 2026-yil 17:11 “Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti (Skills-2026 Workshop)” mavzusida amaliy seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ–316-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 30–31 iyul kunlari Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida kasbiy standartlar hamda xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningning asosiy maqsadi yangi avlod modulli ta’lim dasturlarining mazmun-mohiyati, tuzilishi va ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlarini hududlardan jalb etilgan 50 nafar tajribali pedagog hamda hududiy Kasbiy ta’lim boshqarmalarining mas’ul vakillariga atroflicha tushuntirish, shuningdek, ular orqali “trenerlarni tayyorlash” (Train-the-Trainer) tamoyili asosida respublikadagi barcha kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglariga mazkur bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich yetkazish tizimini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Ikki kunlik seminar davomida ishtirokchilar modulli ta’lim dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qitish natijalari va baholash mezonlarini belgilash, modullar mazmunini shakllantirish hamda amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar. Mazkur seminar respublikada natijaga yo‘naltirilgan modulli ta’lim dasturlarini samarali joriy etish, hududiy trenerlar salohiyatini oshirish, ta’lim jarayoniga yagona metodik yondashuvlarni tatbiq etish hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

22-Iyun, 2023-yil 9:41 Pedagogik innovatsiyalar institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlika trening o'tkazildi

Pedagogik innovatsiyalar institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida jalb qilingan Germaniyalik xalqaro ekspert Yoaxim Lents tomonidan o‘tkazilgan Yashil iqtisodiyot, to‘qimachilik sektoridagi barqarorlik, shuningdek, gender va inklyuziya mavzulari bo’yicha ikki kunlik (2023-yil 2-3-may) trening Respublika hududlaridagi loyihaning 16 hamkor professional ta’lim muassasalarining o’qituvchilari uchun tashkil etildi. ➖Treningning birinchi kuni barqarorlik kontseptsiyasi tarixi, suvni barqaror boshqarish, shuningdek, to'qimachilik sohasida standartlar va sertifikatlashtirish bo'yicha texnik ma'lumotlarga bag'ishlandi. ➖Ikkinchi kuni professional ta’limi muassasalarida yashil mavzularni tez orada o‘qitishga integratsiya qilish maqsadida loyiha g‘oyalari va metodologiyalari bo‘yicha guruhlarda ishladilar.

23-Oktabr, 2023-yil 10:18 Global ta’lim forumi: Samarqandda turizm kelajagini shakllantirish bo‘yicha ta’lim strategiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi to‘rtinchi kunining muhim voqealaridan biri Global ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon, Belarus, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Hindiston, Italiya, Eron, Ispaniya, jumladan, 30 dan ortiq davlatdan 1 200 dan ortiq xorijiy va milliy mutaxassis va ekspertlar qatori Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy va professional ta’lim muassasalari rahbar-xodimlari ishtirok etdi. Forumda turizm sanoati kelajagini shakllantirishda ta’lim dasturlarining strategiyasi va roli, shuningdek, bu boradagi maqsadlar, qarashlar va amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, turizm sohasida hozirgi va kelajak avlodlar uchun innovatsiyalar va taʼlimni ragʻbatlantiruvchi siyosat masalalari muhokama qilindi. “Ta’lim, kelajakka sarmoya kiritish” nomli birinchi asosiy ma’ruza ta’limga sarmoya kiritish bilan bog‘liq imkoniyatlar va muammolarni qamrab oldi. Bunda sohadagi innovatsiyalar bilan hamohanglik, turizm ta’limiga sarmoya kiritish muhimligi ta’kidlandi. Ikkinchi asosiy ma’ruza “Ertangi kun salohiyatini ishga solish: cheksiz kelajak uchun texnologiyalar, innovatsiyalar va ta’limni o‘zgartirish” mavzusida bo‘ldi. Ushbu ma’ruza ta’lim va salohiyatni rivojlantirishda so‘nggi texnologiyalar va tendensiyalarni yoritib berdi. Forum yakunida turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy va professional ta’lim muassasalari tomonidan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 30 ga yaqin memorandum imzolandi. Aytish joizki, bugungi kunda so‘nggi uch yilda O‘zbekistonda turizm sohasida ta'lim jadal sur’atlar bilan rivojlanib, ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari soni 16 tadan 30 taga, talabalar soni esa 4 100 nafardan 11 500 nafarga ko‘paydi. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yilda Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti tashkil etildi va mamlakatimizdagi yetakchi turizm taʼlim muassasalaridan biriga aylandi.

14-Fevral, 2022-yil 12:23 Professional ta’lim muassalarida dual ta’limni joriy qilish - kadrlar tayyorlash sifatini oshirish garovi

Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti professional ta’lim muassalarida dual ta’limni joriy qilish orqali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan “O‘rta Osiyoda professional taʼlim – Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqish sohasida tizimli yondashuvlarga ko‘mak” hamda “Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning dual tizimini joriy etishning o‘quv me’yoriy asoslari va metodik ta’minotini yaratish” loyihalari hamkorligida joriy yilning 30-noyabr – 2-dekabr kunlari “Dual ta’lim dasturlari doirasida o‘qitish jarayonini samarali rejalashtirish va boshqarish” mavzuida tajribali xalqaro ekspertlar ishtirokida amaliy seminar-trening o‘tkazdi. Seminar-treningda viloyatlar va Toshkent shahridan professional taʼlim muassalarida dual taʼlim jarayonida faol ishtirok etuvchi masʼul mutaxassislar, shuningdek hamkor korxonalar xodimlari ishtirok etadilar. Seminar-trening doirasida ishlab chiqarish korxonalarida “kadr tayyorlashda ta’lim muassasa-korxona hamkorligi” bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uyushtirildi. Mashg‘ulotlarda ishtirokchilar dual ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro trenerlar bilan birgalikda O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimiga dual ta’limni joriy etish istiqbollari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni faol muhokama qildilar. Shubhasiz, olingan natijalar zamonaviy professional ta’lim tizimi rivoji uchun qulay sharoit yaratish maqsadida, xususiy sektor bilan davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mamlakat va hududlar darajasida takomillashtirishga xizmat qiladi.

14-Fevral, 2022-yil 12:37 “WorldSkills Uzbekistan” eksperti sertifikatini topshirish marosimi o‘tkazildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 17-25-yanvar kunlari Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi nodavlat-notijorat tashkiloti WorldSkills Uzbekistan mutaxassisi D. Xushmurodov tomonidan Namangan viloyati professional taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan 43 nafar maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga WorldSkills standartlari asosida ekspertlikka tayyorlash boʻyicha trening oʻtkazilgan edi. Unda viloyatdagi 40 ta ta’lim muassasalaridan maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari jalb etilgan. Ishtirokchilar 8 kun davomida WorldSkills standartlari, kompetensiyalari va uning texnik tavsifi, baholash metodikasi, WorldSkills chempionati topshiriq modullari, infrastrukturasi, chempionat o‘tkazish tartibi hamda topshiriqlar ishlab chiqish metodikasi, WorldSkills standartlari asosida o‘quvchilarni musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishi, shu bilan birga ekspertlarning vazifalarini o‘rganishdi va shu mavzular yuzasidan joriy yilning 26-yanvar kuni Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida test imtihoni bo‘lib o‘tdi. Shunisi quvonarliki, 43 nafar ishtirokchilarning barchasi belgilangan ballarni jamg‘argan holda sertifikatga loyiq deb topildi. WorldSkills Uzbekistan eksperti sertifikatini topshirish marosimi bugun Yangi Namangan tumanida joylashgan “Axsikent hotel” mehmonxonasida o‘tkazildi. Marosimda WorldSkills Uzbekistan boshqaruv kengashi raisi F. Jo‘rayev, trening-moderator D. Xushmuradov, Namangan viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Metodik xizmat boshlig‘i S. Saydaliyev, mutaxassislar Z. Jo‘rabayev va I. Mamadaliyevlar ishtirok etishdi. WorldSkills Uzbekistan eksperti sertifikatini olgan oʻqituvchi va taʼlim ustalari professional taʼlim muassasalarida WS standartlari boʻyicha oʻquvchilarga dars berish, kasb oʻrgatish imkoniyatiga hamda chempionatlarga qatnashuvchilarni tayyorlash vakolatiga ega boʻlishdi. Manba: Namangan viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi