Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Pedagogik yuklamalarini soddalashtirish va hisobot shakllarini kamaytirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

2023-yilning 15-may kuni Pedagogik innovatsiyalar institutitutida professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar “Pedagogik yuklamalarini soddalashtirish va hisobot shakllarini kamaytirish” yuzasidan loyiha hujjatlarining muhokamasi o‘tkazildi. Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassisi, Pedagogik innovatsiyalar instituti mutaxassislari, professsional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar-xodimlar ishtirok etishdi. Seminardan kо‘zlangan asosiy maqsad, pedagogik yuklamalarini soddalashtirish, hisobot shakllarini kamaytirish orqali ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarni kо‘proq о‘z ustida ishlashi uchun xizmat qiladigan hujjatni shakllantirishdan iborat.

22-Iyun, 2023-yil 10:04 Professional ta’limni rivojlantirish yо‘lida

Pedagogik innovatsiyalar instituti va Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika instituti о‘rtasida 2020-yil noyabr oyida professional ta’lim sohasida hamkorlik tо‘g‘risida Kelishuv imzolangan 2023-yil 13-iyun kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida Belorus Respublikasi Professional ta’lim respublika instituti rektori V.N.Golubovskiy boshchiligidagi (PTRI) vakillari bilan bо‘lib о‘tgan uchrashuvda Kelishuv ijrosi bо‘yicha qabul qilingan 2021-2023 yillarga mо‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi hamda “Energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish sharoitida qurilish sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash mexanizmi sifatida professional ta’limning ijtimoiy sherikligining nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqish” qо‘shma belorus-о‘zbek loyihasining ijrosi muhokama etildi. Uchrashuv davomida erishilgan Kelishuv doirasida professional ta’lim tizimini rivojlantirish, О‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, muqobil energiya manbalariga xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash, jumladan shu sohada kadrlar tayyorlash bо‘yicha hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi 2023-2025 yillarga mо‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi imzolandi.

16-Oktabr, 2023-yil 15:53 “Yashil iqtisodiyotda professional ta’lim muassasalarining barqarorligini ta’minlash” mavzusida trening o‘z ishini boshladi

Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) Toshkent filiali o‘rtasida xamkorlik to‘g‘risida imzolangan shartnomaga muvofiq ko‘plab o‘quv tadbirlari o‘tkazib kelinadi. Ushbu shartnoma doirasida 2023-yil 6-oktabr kuni DVV tashkiloti ekspertlari tomonidan Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Yashil iqtisodiyotda professional ta’lim muassasalarining barqarorligini ta’minlash” mavzusida trening o‘z ishini boshladi. Treningda Professional ta’limni rivojlantirish instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etib, ular ekologiya va yashil iqtisodiyot masalalari bilan bog‘liq yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

20-Aprel, 2026-yil 16:26 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

Mavzu: "Kasbiy ta'limda ilg'or xalqaro tajribalar asosida kadrlar tayyorlashni sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari" ✅ Muhokama qilinadigan yo'nalishlar: ❗️ Yoshlarda kasb tanlash madaniyatini shakllantirishning zamonaviy pedagogik tizimlari va xalqaro tajribalar ❗️Dual ta'limda ish beruvchilar bilan integratsiyaning samarali modellari va ularni joriy etish mexanizmlari ❗️ Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, kompetensiyaviy yondashuv va xalqaro sertifikatsiya masalalari ❗️ Kasbiy ta'lim sifatini baholash, milliy reyting tizimlari va WorldSkills standartlariga moslashuv yo'llari ⏰ Sana: 2026-yil, 1-may 📌 Vaqt: Soat 09:00 (Toshkent vaqti) 🌐 Sovg'a: Eng yaxshi 10 ta maqola mualliflari estalik sovg'alar bilan taqdirlanadi! ✅ Ishtirok: Mutlaqo BEPUL! ✅ Maqolaga qo'yilgan talablar: (https://telegra.ph/Maqolaga-qoyilgan-talablar-04-17) ⚠️ Maqolalarni topshirish: 2026-yil 20-aprelgacha ✅ @M_979_R telegram manzili orqali

27-Mart, 2023-yil 9:39 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti vakillari bilan uchrashuv

2023-yil 13-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) rektori Zolotareva Nataliya Mixaylovna, Xalqaro va hududlararo aloqalar bо‘limi boshlig‘i Markelova Yuliya Vladimirovna va bosh mutaxassis Oleynikova Olga Nikolayevna, Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Siddiqova Sadoqat G‘afforovna va vazirlik mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi Xalqaro miqyosidagi uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida professional ta’limni rivojlantirish borasida hamkorlikda olib boriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida professional ta’lim tizimiga yangicha yondashuv asosida qarashlarni shakllantirish va xalqaro tajribalarni qо‘llagan holda kerakli jihatlarini mavjud tizimga tadbiq qilish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriadigan tadbirlar va ishlar kelishib olindi.

29-Sentabr, 2023-yil 9:12 Professional ta’limni rivojlantirish institutida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi

Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori, Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va Kasaba uyushmasining yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshchiligida ilmga chanqoq, intiluvchan va bilimdon xodimlarimiz o‘rtasida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan 2023-yilning 27-sentabr kuni “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda “Intellekt”, “IDEAL”, “Ilm ziyokorlari”, “PROGRAMMER” va “ABC group” jamoalari ishtirok etdishdi. O‘yin juda qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. O‘yin yakunida 8 ball bilan “Intellekt” jamoasi I-o‘rin, 5 ball bilan “IDEAL” jamoasi II-o‘rin, 4 ball bilan “Ilm ziyokorlari” jamoasi III-o‘rinni egallashdi. G‘oliblar Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.