Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

GIZ “TexVET” loyihasi hamkorlarining muvofiqlashtiruvchi uchrashuvi

2023-yilning 16-fevral sanasida loyiha maqsadlariga erishish istiqbollarini muhokama qilishga qaratilgan “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” GIZ loyihasi hamkorlarining muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda loyihaning asosiy hamkorlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mehnat bozori tadqiqotlari instituti va boshqa tashkilotlar ishtirok etdilar.Yig‘ilish davomida ishtirokchikar loyihaning 2023 yilga mo‘ljallangan tadbirlar bilan tanishtirildi. Hamkorlar rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha o’z tavsiyalarini berdilar.

22-Iyun, 2023-yil 10:03 Pedagogik innovatsiyalar institutida “Sifat kafolati va takomilashish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

2023-yil 9-iyun kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar uchun “O‘zbekistonning chekka hududlarida bandlikka ko‘maklashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida YUNESKOning sifat kafolati eksperti Belinda Smit tomonidan “Sifat kafolati va takomilashish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda professional ta’lim sifatini ta’minlash tizimlari, sifat mezonlari va ko‘rsatkichlariga asoslangan tashqi va ichki baholash mexanizmlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, professional ta’limda sifat kafolatining asosiy komponentlari, ya’ni sifat madaniyatini rivojlantirish, sifat siklidan foydalanish, ichki sifat menejmenti tizimi, ichki va tashqi baholash, sifatni yaxshilashni rejalashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Seminar-treningda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

4-Aprel, 2023-yil 9:19 Professional ta’lim tizimida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-30 mart kunlari Pedagogik innovatsiyalar institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi tomonidan Professional ta’lim tizimida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi seminari tashkil qilindi. Ishchi seminarning 2-kunida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqishda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tegishli talablar va ularning dasturiy yechimlari muhokama qilindi.

10-Iyul, 2023-yil 9:21 Pedagogik innovatsiyalar institutida tinglovchilar o‘rtasida "ZAKOVAT" intellektual o‘yini tashkil etildi

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2023-yil 23-iyun kuni professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarining iyun oyi malaka oshirish tinglovchilari o‘rtasida "ZAKOVAT" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tinglovchilarning mantiqiy bilimlarini oshirish, sohaga oid ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda malaka oshirish davrida olgan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan "ZAKOVAT" intellektual o‘yinida 6 ta jamoa ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati tomonidan qatnashchilarga jami 11 ta savol yo‘llandi. Qizg‘in kechgan o‘yin yakunida professional ta’lim muassasalarining o‘quv tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari guruhidan tashkil topgan “ZIYO” jamoasi g‘olib deb topildi. G‘olib bo‘lgan jamoaga esdalik sovg‘alari va diplom hamda barcha ishtirok etgan jamolarga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.

27-Mart, 2023-yil 9:34 Germaniya va Oʻzbekiston oliy taʼlim va ilm-fan sohasida hamkorlik

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib, tashrif doirasida qator uchrashuvlar olib bordi va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator kelishuvlarga erishdi. Xususan, Germaniya Federal Taʼlim va tadqiqotlar vazirligi (BMBF) Davlat kotibi Tomas Reychel bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama etildi. Uchrashuv natijasida tomonlar Oʻzbekiston–Germaniya olimlari oʻrtasida muloqotni rivojlantirish maqsadida Qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovini tashkil etish va ushbu maqsadda moliyaviy mablagʻlarni jalb etishga kelishdilar. Oʻzbekistonlik yosh olimlar uchun ilmiy stajirovka dasturlarini tashkil etish. BMBF bilan hamkorlikda yurtimiz olim va tadqiqotchilarning Germaniyaning ilgʻor ilmiy muassasalari va laboratoriyalarida malakasi oshirilishi muhokama qilindi. Shuningdek, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan “Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari qoʻllab-quvvatlash” hamda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy oʻsish tarmoqlari uchun professional taʼlim” loyihalarini amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib borildi. Bundan tashqari, professional taʼlim sohasida Germaniyaning “KfW” banki koʻmagida “Professional taʼlim tizimini takomillashtirish” loyihasini qoʻllab-quvvatlashga kelishildi.

14-Fevral, 2022-yil 12:28 Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni otmlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori (17-son, 11.01.2022) bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizom bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘z sohasiga mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta'lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibi belgilandi. Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari "5 (a'lo)" va "4 (yaxshi)", biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta'lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) "5 (a'lo)" bo‘lgan bitiruvchilar kiradi. Mazkur tartib 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, bitiruvchi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi. Yuqorida qayd etilgan toifaga kirmaydigan hamda texnikumni bitirganiga ikki yildan oshganlar o‘qishga kirish istagini bildirganda ularni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilar har yili 5 iyuldan 25 iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar. Bunda bitiruvchilar - pasport yoki ID-karta nusxasi, - texnikumni bitirganlik to‘g‘risidagi hujjat - va unga ilovaning nusxasini yuklashi talab etiladi Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta'lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5 avgustga qadar o‘rganib chiqiladi O‘rganish natijalari bo‘yicha abiturientlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi. Bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10 avgustdan 25 avgustgacha, oliy ta'lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi. Ushbu Nizom - oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta'lim muassasalariga; - Toshkent davlat yuridik universitetiga; - O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Manba: edu.uz