Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Institutimizda respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi

2021 yilning 23 iyun Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Professional ta’lim muassasalari boshqaruv va pedagog kadrlarining malakasini oshirishda masofaviy ta’lim resursidan foydalanishni rivojlantirish” mavzusida ("on-line” shaklda) respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-amaliy seminarda institut direktori Xudayberdiev Zayniddin Yavkachevich tomonidan bugungi kunda professional ta’lim muassasalari boshqaruv hamda pedagog kadrlarini malakasini oshirishdagi bir qator yechimini kutib turgan muammo va kamchiliklar haqida gapirib o‘tdi. Mazkur ilmiy-amaliy seminarda professional ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 3500 dan ortiq rahbar va pedagog xodimlar jamoasi ishtirok etdi. Respublikamizdagi boshqa malaka oshirish tizimlaridagi tajribalar bilan o‘rtoqlashish maqsadida Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Elektron talim bo‘limi katta prokurori Ibraymov Askar Yesbusinovich, A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti direktori Radjiev Ayubxon Baxtiyorxonovich hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining boshqarma boshlig‘i Alijonov O‘tkir Maxamadalievichlar taklif etildi.

19-Mart, 2024-yil 9:14 Professional ta’limni rivojlantirish institutida professional ta’lim soxasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

19-mart kuni O‘zbekistonda bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika instituti Ta’lim muassasasi rektori Valeriy Nikolaevich Golubovskiy boshchiligidagi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti boshqaruv va pedagog kadrlari, malakali mutaxassilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kadrlar salohiyatini rivojlantirish asosiy mavzulardan biri bo‘lib, unda ikki mamlakat ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Tomonlar professional ta’lim sohasida qo‘shma fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazilishini tashkil etish, talab etilgan malakalar bo‘yicha mutaxassislarni muvaffaqiyatli tayyorlash uchun professional ta’limning ilmiy-uslubiy ta’minotini birgalikda ishlab chiqish va takomillashtirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkalar tashkil etish, qo‘shma innovatsion faoliyat olib borish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bordilar. Jumladan, Professional ta’lim respublika instituti Ta’lim muassasasi tomonidan kompetensiya markazlarini yaratish, faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda konsalting va ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish masalalari, birgalikda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalar yo‘nalishida O‘zbekistonda ilg‘or professional tayyorgarlik markazlari modelini ilmiy-texnik asoslash, yaratish va aprobatsiyadan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida imzolangan kelishuvni amalga oshirish yuzasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Yo‘l xaritasini imzoladilar. Shuningdek, ta’lim va fan sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga, ikki davlat o‘rtasida professional ta’lim sohasida ilg‘or tajribalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga hissa qo‘shgani uchun Professional ta’limni rivojlantirish institutining Ilmiy kengashi qarori bilan Professional ta’lim respublika instituti Ta’lim muassasasi rektori Valeriy Nikolaevich Golubovskiyga “Professional ta’limni rivojlantirish institutining faxriy professori” Faxriy unvoni berildi.

3-Aprel, 2024-yil 10:55 Professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan davra suhbati

2023-yil 23-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Professional ta’limni rivojlantirish instituti hamkorligida Professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i U.Alijonov rahbarligidagi departament mas’ullari, Professional ta’limni rivojlantirish instituti rahbariyati va mutaxassislari hamda professional ta’lim muassasalaridan vakillar ishtirok etdi. Davra suhbatida hozirgi kunda professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan muhokamalar olib borildi.

4-Aprel, 2023-yil 9:19 Professional ta’lim tizimida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-30 mart kunlari Pedagogik innovatsiyalar institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi tomonidan Professional ta’lim tizimida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi seminari tashkil qilindi. Ishchi seminarning 2-kunida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqishda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tegishli talablar va ularning dasturiy yechimlari muhokama qilindi.

4-Aprel, 2023-yil 9:18 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoraqalpogʻistonda

2023-yilning 29-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Unda vazir soʻnggi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari, taʼlim jarayonini sifat jihatidan yuqori darajaga koʻtarish boʻyicha bajarilayotgan ishlar hamda kelgusi vazifalarga toʻxtaldi. Uchrashuvda qoraqalpogʻistonlik olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovga sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishidagi fikr va takliflarini bildirdi. Xususan, barcha oliy taʼlim muassasalarida masofaviy taʼlimni takomillashtirish maqsadida yangi platforma ishlab chiqish "Yosh ijodkorlar" klubini tashkil etish, mashhur musavvirlarning ijodiy ishlaridan iborat koʻrgazmalar tashkillashtirish, "Universiada" sport oʻyinlari qatoriga paralimpiya oʻyinlarini kiritish, talabalarning xorijda hamda respublikamiz oliy taʼlim muassasalarida akademik almashinuvlarini yoʻlga qoʻyish, respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarning ilmiy jurnallarida qoraqalpoq tilida ham maqolalarni chop etish imkoniyatini yaratib berish, shuningdek, yoshlar oʻzlarining startap hamda innovatsion loyihalarining vazirlik tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi yuzasidan takliflar bildirildi. Vazir Ibrohim Abdurahmonov bildirilgan takliflar va koʻtarilgan masalalarni birma-bir tinglab, ularning ijobiy hal etilishi hamda qoʻllab-quvvatlanishini alohida taʼkidladi va masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

28-Mart, 2023-yil 9:35 Pedagogik innovatsiyalar institutida “Zamonaviy taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Innovatsion loyihalar, fan va taʼlim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 27-mart kuni doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Zamonaviy taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda taʼlimni texnologiyalashtirish, pedagogik tizimni modellashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish, o‘qitish maqsadlarini belgilash, o‘qitish metodikasini ishlab chiqish, taʼlim shakli, metodi va vositalarini tanlashga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar-trening so‘ngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan savol-javob tarzida suhbat o‘tkazildi.