Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Kasbiy ta’limni takomillashtirish yo‘lida amaliy uchrashuv

🔹2026 yil 29 yanvar kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyati hududiy boshqarma xodimi hamda texnikum direktorlari ishtirok etib, o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, shuningdek, xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha dolzarb savollarga batafsil tushuntirishlar berildi va amaliy yordam ko‘rsatildi. 🔹Bunday hamkorliklar ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy talablarga mos kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

14-Fevral, 2022-yil 12:32 Shamsiddin Hamidovich Usanov 60 yoshda

Joriy yilning 21-yanvar kuni Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘z sohasini tajribali mutaxassisi, o‘z kasbining fidoyisi, chinakam inson va mehribon ustoz Shamsiddin Hamidovich Usanov qutlug‘ 60 yoshni qarshiladi. Ushbu tadbirda institut jamoasi ustozni muborak yoshi bilan samimiy qutlab, ushbu sharafli kunda jamoaga faol xizmat qilayotgan, yetuk mutaxassis va jonkuyar murabbiy sifatidagi faoliyatini alohida e‘tirof etishdi. Zahmatkash inson va bir qancha shogirdlarning ustozi Shamsiddin Hamidovich o‘zining muborak 60 yoshini ma’naviy merosimizni targ‘ib qilish, ta’lim-tarbiya ishida ulkan muvaffaqiyatlar bilan kutib olish arafasida turibdi. Inson yashar ekan u kechirayotgan umrining asl qiymati-yuksak insoniy fazilatlari, mehribonligi, odamlarga yaxshilik qila olishi, do‘stlariga sadoqati, fidoyi qalbi hamda mehnatkashligi bilan o‘lchanadi. Eng muhimi ustoz el ardog‘ida, hamkasblari hurmatiga sazovordir. Ustozga sihat-salomatlik, yangidan yangi ijodiy zafarlar tilaymiz. Institut jamoasi

14-Fevral, 2022-yil 12:23 Professional ta’lim muassalarida dual ta’limni joriy qilish - kadrlar tayyorlash sifatini oshirish garovi

Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti professional ta’lim muassalarida dual ta’limni joriy qilish orqali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan “O‘rta Osiyoda professional taʼlim – Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqish sohasida tizimli yondashuvlarga ko‘mak” hamda “Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning dual tizimini joriy etishning o‘quv me’yoriy asoslari va metodik ta’minotini yaratish” loyihalari hamkorligida joriy yilning 30-noyabr – 2-dekabr kunlari “Dual ta’lim dasturlari doirasida o‘qitish jarayonini samarali rejalashtirish va boshqarish” mavzuida tajribali xalqaro ekspertlar ishtirokida amaliy seminar-trening o‘tkazdi. Seminar-treningda viloyatlar va Toshkent shahridan professional taʼlim muassalarida dual taʼlim jarayonida faol ishtirok etuvchi masʼul mutaxassislar, shuningdek hamkor korxonalar xodimlari ishtirok etadilar. Seminar-trening doirasida ishlab chiqarish korxonalarida “kadr tayyorlashda ta’lim muassasa-korxona hamkorligi” bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uyushtirildi. Mashg‘ulotlarda ishtirokchilar dual ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro trenerlar bilan birgalikda O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimiga dual ta’limni joriy etish istiqbollari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni faol muhokama qildilar. Shubhasiz, olingan natijalar zamonaviy professional ta’lim tizimi rivoji uchun qulay sharoit yaratish maqsadida, xususiy sektor bilan davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mamlakat va hududlar darajasida takomillashtirishga xizmat qiladi.

30-Iyun, 2022-yil 16:42 Сhet eldagi diplomatik vakolatxonalar ham professional ta’limga ko‘maklashadi

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining professional taʼlimni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bilan uchrashdi. Unda davlat rahbari tomonidan aholini kasb-hunarga tayyorlash va professional taʼlim markazlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda ikki vazirlik o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning mamlakatimiz hududlarida tashkil etilayotgan professional tayyorgarlik markazlariga har tomonlama ko‘maklashishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Xususan, dunyoning yetakchi mamlakatlari tajribasini o‘rganish asosida mazkur muassasalar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha aniq, asosli takliflar ishlab chiqiladi. Ushbu markazlar faoliyatiga xorijiy mutaxassislar va konsalting kompaniyalarini jalb qilish rejalashtirilmoqda. O‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘qitish bo‘yicha xorijiy tuzilmalar ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizning chet eldagi har bir diplomatik vakolatxonasini hududlarimizdagi barcha kasbiy taʼlim markazlariga biriktirish taklif etildi. Manba: edu.uz

7-Mart, 2024-yil 9:32 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” kuni

2024-yilning 6-mart kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirini institut direktori Zayniddin Xudayberdiyev ochib berdi va institut xotin-qizlariga o‘z bayram tabriklarini bildirib, professional ta‘lim sohasidagi mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Bayram tadbirida Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji o‘quvchilari hamda ularning murabbiylari o‘zlarining bayramona chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

25-Mart, 2023-yil 16:43 GIZ “TexVET” loyihasi hamkorlarining muvofiqlashtiruvchi uchrashuvi

2023-yilning 16-fevral sanasida loyiha maqsadlariga erishish istiqbollarini muhokama qilishga qaratilgan “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” GIZ loyihasi hamkorlarining muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda loyihaning asosiy hamkorlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mehnat bozori tadqiqotlari instituti va boshqa tashkilotlar ishtirok etdilar.Yig‘ilish davomida ishtirokchikar loyihaning 2023 yilga mo‘ljallangan tadbirlar bilan tanishtirildi. Hamkorlar rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha o’z tavsiyalarini berdilar.