Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
Pedagogik innovatsiyalar institutida Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) bilan hamkorlik doirasida amaliy seminar tashkil etildi
Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti vakillari tomonidan Pedagogik innovatsiyalar institutida “O‘quv materiallari va modullarini loyihalash texnologiyasi” mavzusida Institut professor-o‘qituvchilari, mutaxasislar va tinglovchilar uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti bosh mutaxassisi Oleynikova Olga Nikolaevna Rossiya Federatsiyasi professional ta’lim tizimining o‘quv materiallari va modullarini loyihalash texnologiyasi borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalari haqida batafsil to‘xtaldi.
Shvetsariya elchixonasi orqali Shvetsariyaning rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan Helvetas Swiss Intercooperationning “O‘zbekiston professional ta’lim reformasini qo‘llab-quvvatlash (SVRP)” loyiha doirasidagi navbatdagi seminari 18-19-yanvar kunlari Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘tkazilmoqda. Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Pedagogik innovatsiyalar institutidan vakillar ishtirok etmoqda. Loyihaning asosiy fazasi o‘z faoliyatini o‘tgan 2021-yil 1-dekabrdan boshlagan va 2024-yil 31-dekabrgacha davom etadi. Ushbu seminarda fazaning 2022-yil uchun ish-rejasi muhokama qilinmoqda.
Joriy yilning 16-oktabr sanasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda “Moliyaviy va tadbirkorlik taʼlimi sohasida professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari hamda rahbarlarini oʻqitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida 2023-yil 16-28-oktabr kunlari xorijiy ekspertlar tomonidan Germaniya tajribasi asosida 50 nafar hududiy boshqarma vakillari va professional taʼlim muassasalarining tadbirkorlik va biznes asoslari fanlari oʻqituvchilarining moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish modullari boʻyicha navbatdagi oʻquv-seminar tashkil etildi. Ma’lumot uchun, “Professional ta’lim muassasalari rahbar-o‘qituvchilarini moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish” loyihasi doirasida joriy yilning fevral - mart oylarida 48 nafar, pedagog kadrlar aprel-may oylarida 460 nafardan ortiq pedagog kadrlar, 5-iyunda esa pilot sifatida tanlangan professional ta’lim muassasalarining 52 nafar direktorlari, o‘rinbosarlari va tegishli mas’ul xodimlari Germaniya metodikasi asosida o‘qitildi.
2022 yil 31 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasini Boshqaruv qo‘mitasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Yevropa Ittifoqini O‘zbekistondagi Elchisi Sharlota Adrian xonim, loyihani amalga oshirayotgan YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimini vaqtincha bajaruvchisi janob Aleksanros Makarigakis, loyihani hamkorlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziring birinchi o‘rinbosari, loyihani Boshqaruv ko‘mitasi Raisi – K.X.Karimov professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi haqida ma’ruza qildilar. Loyihani amalga oshirish muddati 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan va qiymati 9,6 mln. yevroni tashkil etadi. Loyihaning maqsadi Qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya kollejlarini qishloq joylarida malakali boshqaruv va ta’lim berish va zamonaviy texnologiyalar va o‘qitish va o‘qitish usullaridan foydalanish bilan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish. Shuningdek, yig‘ilish kun tartibida 2021 yilda loyiha tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2022 yilgi ish rejasi va budjetini tasdiqlashda masalalari ko‘rib chiqildi va ishtirokchilar tomonidan taklif va tavsiyalar berildi. Kelgusida 2022 yil ish rejasida belgilangan vazifalarni belgilangan muddatlarda hamkor tashkilotlar bilan ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan kelishib olindi. Manba: edu.uz
Unda tadbirkorlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, jumladan, nodavlat oliy ta’lim muassasasini ochish, ilmiy va “Start-up” loyihalar olish, ta’lim tizimini rivojlantirish hamda ishga joylashish masalalari bo‘yicha murojaat qildilar. Shuningdek, uzoq hududlardan kelolmagan, lekin vazir bilan uchrashishni istagan fuqarolarga videokonferensaloqa vositasi orqali murojaat yo‘llash imkoniyati ham yaratildi. Qabul yakuniga ko‘ra, fuqarolarning muammolari yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Jumladan, “Sof Expo” MCHJ vakilining ta’limga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma o‘tkazish hamda unga oliy ta’lim muassasalarini jalb etish borasidagi tashabbus va taklifi to‘liq qo‘llab-quvvatlanib, ta’lim ko‘rgazmasini o‘tkazish bo‘yicha tegishli mas’ullar biriktirildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro mehnat faoliyatida nohaq ayblanib ishdan bo‘shatilganligi hamda sud qarori bilan aybsiz deb topilganligini bayon etib, ishga qayta tiklanishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida inson qadrini yuksaltirish, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish maqsadida fuqaroni ish joyiga qayta tiklash masalasida vakolat doirasida choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi. Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashovchi fuqaroning nodavlat oliy ta’lim muassasasini ochishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan bildirgan murojaatiga huquqiy tushuntirish hamda o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha tegishli maslahatlar berildi. Shuningdek, startap loyihalar tanlovlarida qatnashish va ularni moliyalashtirish hamda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha bildirilgan takliflar tinglanib, muhokama qilindi.
2023-yilning 15-may kuni Pedagogik innovatsiyalar institutitutida professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar “Pedagogik yuklamalarini soddalashtirish va hisobot shakllarini kamaytirish” yuzasidan loyiha hujjatlarining muhokamasi o‘tkazildi. Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassisi, Pedagogik innovatsiyalar instituti mutaxassislari, professsional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar-xodimlar ishtirok etishdi. Seminardan kо‘zlangan asosiy maqsad, pedagogik yuklamalarini soddalashtirish, hisobot shakllarini kamaytirish orqali ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarni kо‘proq о‘z ustida ishlashi uchun xizmat qiladigan hujjatni shakllantirishdan iborat.