Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Shveysariya grant loyihasi muhokama qilindi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Shveysariya hukumatining “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” grant loyihasini muhokama qilish maqsadida xalqaro ekspert Andreas Gerris boshchiligidagi Shveysariyaning taraqqiyot va hamkorlik agentligining Markaziy Osiyo bo‘yicha delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov boshchiligidagi guruh xalqaro ekspert A.Gerris, Shveysariya elchixonasining milliy dasturlar koordinatori D.Abidjanova, loyiha xalqaro menejeri B.Stienxof va loyihaning milliy maslahatchisi doktor F.Rashidovalardan iborat shveysariyalik loyiha guruhini qabul qildi. Uchrashuvda “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” grant loyihasini amalga oshirish masalalari, xususan, ijrochilar, maqsad va kutilayotgan asosiy natijalar muhokama qilindi. Shuningdek, loyihaning birinchi bosqichi 2021 yil dekabr oyida boshlanishi bildirildi. Tomonlar ushbu loyiha bo‘yicha faol va samaradorligi yuqori bo‘lgan ishlarning birgalikda olib borilishi kutilgan natijalarga erishish imkonini berishini qayd etishdi. Muloqot chog‘ida Andreas Gerris O‘zbekistonda professional ta’lim sohasida ham so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida qayd etdi. Loyihaning umumiy davomiyligi 12 yil bo‘lishi kutilmoqda, bunda loyiha har biri 4 yillik 3 bosqichda amalga oshiriladi. Loyihani amalga oshirish jarayonida quyidagilarga erishish maqsad qilingan: – kasb-hunar ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish; – shaffof ta’lim sifatini ta’minlash va monitoring qilish; – menejment va o‘qituvchilar malakasini xalqaro standartlarga moslashtirish; – kasb-hunar ta’limida tadbirkorlik sub’ektlari va ish beruvchilar bilan hamkorlikni tizimlashtirish. Uchrashuv yakunida ikki tomondan loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etishda belgilangan yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha birgalikda ishlashga tayyor ekanliklari bildirildi.

30-Yanvar, 2026-yil 9:08 Kasbiy ta’limni takomillashtirish yo‘lida amaliy uchrashuv

🔹2026 yil 29 yanvar kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyati hududiy boshqarma xodimi hamda texnikum direktorlari ishtirok etib, o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, shuningdek, xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha dolzarb savollarga batafsil tushuntirishlar berildi va amaliy yordam ko‘rsatildi. 🔹Bunday hamkorliklar ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy talablarga mos kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

28-Mart, 2023-yil 9:35 Pedagogik innovatsiyalar institutida “Zamonaviy taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Innovatsion loyihalar, fan va taʼlim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 27-mart kuni doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Zamonaviy taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda taʼlimni texnologiyalashtirish, pedagogik tizimni modellashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish, o‘qitish maqsadlarini belgilash, o‘qitish metodikasini ishlab chiqish, taʼlim shakli, metodi va vositalarini tanlashga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar-trening so‘ngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan savol-javob tarzida suhbat o‘tkazildi.

22-Iyun, 2023-yil 10:04 “Kamaz kunlari”ga start berildi

2023-yil 12-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” ommaviy aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kamaz kunlari” oʻz ishini boshladi. Tadbirning birinchi kuni vazirlik huzuridagi INNO texnoparkda Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari hamda kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning mashinasozlik sohasidagi avtomobillarni ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilari, tegishli taʼlim muassasalarining rahbarlari, professor-oʻqituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtdi Tadbirni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ochib berdi. Bugungi kunda “KAMAZ” kompaniyasida sinovchi-haydovchi, avtomobillarni taʼmirlash chilangari, avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish kabi mashinasozlik sohasidagi kasblar boʻyicha 1500-2000 nafar oʻrta boʻgʻin kadrlarga ehtiyoj mavjud. Tadbirda “KAMAZ” kompaniyasi tarkibidagi zavod va korxonalardan tashrif buyurgan vakillar oliy va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini kompaniyada mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirib, kelajakda ushbu kompaniyada ishlash istagida boʻlgan mutaxassis kadrlar bilan shartnoma rasmiylashtirishga oid jarayonlar tushuntirdilar. “Kamaz kunlari” 4 kun davom etadi (12-13-iyun kunlari Toshkent shahrida hamda 15-16-iyun kunlari Samarqand viloyatida).

22-Iyun, 2023-yil 9:42 Professional ta'lim tizimi transformatsiyasi mehnat bozori uchun kerakli, raqbatbardosh, malakali kichik mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan

– Ayni paytda mamlakatimizda 330 ta kasb-hunar maktabi, vazirlik va idoralar tizimidagi 166 ta kollej va 208 ta texnikum faoliyat yuritib keladi. Ularda kasb va mutaxassislik egallash istagidagi 417,5 mingdan ortiq oʻquvchi tahsil olmoqda. “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshligʻi Sadoqat Siddiqovaning “Professional ta’lim tizimi transformatsiyasi mehnat bozori uchun kerakli, raqobatbardosh, malakali kichik mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan” sarlavhali maqolasi chop etildi.

22-Iyun, 2023-yil 9:42 О‘zbekiston professional ta’lim muassasalarida Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasi uchun о‘rta bо‘g‘in kadrlar tayyorlashni yо‘lga qо‘yishni tashkil etish bо‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 4-may kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasi vakillari bilan О‘zbekiston professional ta’lim muassasalarida Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasi uchun о‘rta bо‘g‘in kadrlar tayyorlashni yо‘lga qо‘yishni tashkil etish bо‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv maqsadi О‘zbekiston professional ta’lim tizimida о‘rta bо‘g‘in kadrlar tayyorlashda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” kompaniyasining о‘zaro hamkorlik aloqalarini yо‘lga qо‘yish va bitiruvchilar bandligini ta’minlashdir.