Pixspace
Creative Design StudioTizimga kirish
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
login yoki parol xato!
Qayta tiklash
Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!
login yoki parol xato!
Parolni qayta tiklash?
SMS kod xato!
Belgilar 8 dan kam bo'lmasligi kerak!
Xatolik yuz berdi. Boshqatdan urunib ko'ring!
Ro’yxatdan o’tish
F.I.SH kiriring!
Bu FIO oldin ro'yxatdan o'tgan
Viloyatni tanlang
Tumanni tanlang
Ta'lim muassasasi nomini kiriting!
Boshqaruv hodim
Pedagog
O'quvchi
Lavozimini kiriting!
Telefon raqamingizni kiriting!
Parolni kiriting!
Parolga 8 tadan kam bo'lmagan belgi kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Ro’yxatdan o’tish
Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!
Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!
Ro’yxatdan o’tganmisiz?
Yangiliklar
Maxsus ish kiyimlari ishlab chiqarishda yevropaning yetakchi tuzilmasi – Germaniyaning Teamdress kompaniyasi farg‘onada barpo etgan korxona yaqin kunlarda ishga tushiriladi
Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, Farg‘ona viloyat hokimi X.Bozorov va Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Z.Xudayberdiyevlar maxsus ish kiyimlari ishlab chiqarishda Yevropaning yetakchi tuzilmasi bo‘lgan Germaniyaning Teamdress kompaniyasi tomonidan Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan investitsion loyiha doirasida Ekoshahar hududidagi kichik sanoat zonasida barpo etilgan ishlab chiqarish korxonasida bo‘lishdi. Kelgusi oyda ishga tushiriladigan korxonada 300 ta doimiy ish o‘rni yaratildi. Loyiha qiymati 3,2 million dollarga teng bo‘lgan ushbu korxonada Yevropa bozori uchun yillik qiymati 25 million dollar bo‘lgan maxsus ish kiyimlari ishlab chiqariladi va to‘la eksport qilinadi. Mehmonlar Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida yangi korxona bilan tanishdi. Hozirgi kunda dastgohlarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda, parallel ravishda xodimlarni ishga olish hamda texnologiyalar va talablar bilan dastlabki tanishtirish ishlari olib borilmoqda. Ishchi-xodimlar uchun yuqori darajadagi mehnat sharoitlari yaratilgan ushbu korxonada zamonaviy oshxona, xodimlar farzandlari uchun bepul bog‘cha, bolalar maydonchasi, dam olish uchun maxsus zonalar, shinam yuvinish xonalari ham mavjud. Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda Marg‘ilondagi 2-son kasb-hunar maktabida o‘quv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotini birgalikda olib borishga, taʼlim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani taʼminlashga qaratilgan dual taʼlim tizimi joriy etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu kasb-hunar maktabi o‘quvchilari ham korxonada bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
10 fevral kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida GIZ-Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o'sish sektorlari uchun professional ta'lim (PECA V)” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda GIZ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Katta maslahatchi Tomas Lyuks, professional ta'lim bo'yicha maslahatchi Anvar Allaberganov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar instituti, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi AJ, "O‘zdonmahsulot" AK kabi hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. “Markaziy Osiyoda iqtisodiy oʻsish sektorlari uchun kasbiy taʼlim” (PECA V) loyihasi doirasida professional taʼlim boʻyicha 2022 yilga moʻljallangan ish rejasi muhokama qilindi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda iqtisodiyotning o‘sib borayotgan tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan malakali mutaxassislar va menejerlar bilan ta’minlash uchun professional ta’lim tizim salohiyati oshirishdir. Axborot xizmati
Unda 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, ta’lim sifati sohasidagi xalqaro tashkilot va loyihalarning vakillari hamda ekspertlar ishtirok etdi. Xalqaro anjumanda EQAVETni professional ta’lim tizimiga joriy etish imkoniyatlari, bu yo‘nalishda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar hamda ilg‘or xorijiy tajribalar bo‘yicha xalqaro va mahalliy ekspertlar taqdimotlari o‘tkazildi.
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 31-maydagi “Professional ta’lim tizimida modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish” bo‘yicha 240-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2023/2024-o‘quv yilida dual ta’lim shakli joriy etiladigan va “WorldSkills” standartlari singdiriladigan kasb va mutaxassisliklardan modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida 230 nafar malakali mutaxassislardan iborat 3 ta ishchi guruh tuzilgan. Shunga ko’ra, joriy yilning 5-8 iyun kunlari ushbu ishchi guruhlar ishtirokida Pedagogik innovatsiyalar institutida “Professional ta’lim tizimida modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish” bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida seminar-treninglar tashkil etildi. Ushbu seminarda 168 nafar professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari, 17 nafar oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, 47 nafar vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlarning malakali mutaxassislar jalb qilindi.
2023-yil 9-iyun kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari professional taʼlim muassasalari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazdi. Yigʻilishda 2023/2024-oʻquv yili uchun qabul jarayonlariga tayyorgarlik, dual taʼlim shaklini rivojlantirish, oʻquv-metodik taʼminotni yaxshilash, oʻquvchilarining ishlab chiqarish amaliyotlariga jalb etish kabi masalalar muhokama qilindi. Hozirda Andijon viloyatida 33 ta kasb-hunar maktabi, 16 ta kollej, 18 ta texnikum, Namangan viloyatida 27 ta kasb-hunar maktabi, 16 ta kollej, 19 ta texnikum, Fargʻona viloyatida 32 ta kasb-hunar maktabi, 21 ta kollej, 23 ta texnikum faoliyat yuritmoqda. 2023/2024-oʻquv yili professional taʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabulini yuqori saviyada shaffof tashkil etish maqsadida elektron platformadan unumli foydalanilish zarurligi qayd etildi Yigʻilishda shuningdek, dual taʼlim, yaʼni taʼlim muassasasi bilan ish beruvchi korxona hamkorlikda oʻquvchilarni oʻqitish tizimini yanada kengaytirish va dual taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlarini oshirish lozimligi taʼkidlandi. Professional taʼlim muassaslarida xorijiy tillarni oʻrgatish, bunda oliy taʼlim muassasalari pedagog-kadrlari, professor-oʻqituvchilarini jalb etish amaliyoti ham bugungi kunda dolzarb boʻlib, bu borada qator texnikum va kollejlarda ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Vazir ushbu amaliyotni yanada kengaytirish orqali bitiruvchilarning ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish lozimligini qayd etdi.
2024-yilning 6-mart kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirini institut direktori Zayniddin Xudayberdiyev ochib berdi va institut xotin-qizlariga o‘z bayram tabriklarini bildirib, professional ta‘lim sohasidagi mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Bayram tadbirida Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji o‘quvchilari hamda ularning murabbiylari o‘zlarining bayramona chiqishlari bilan ishtirok etishdi.