Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Malaka oshirishda hamkorlik masalalari

O‘quv mashg‘ulotlarini takomillashtirishga qaratilgan ochiq darslar, seminarlar hamda ma’lum modulni o‘rganish va yoritish maqsadida tashkil qilinadigan ko‘chma mashg‘ulotlar katta ahamiyatga ega. Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan muntazam ravishda turli tashkilot korxonalar va ta’lim muassasalari bilan tinglovchilar uchun ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etib borilmoqda. Bu galgi ko‘chma mashg‘ulotlarimiz fan va ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida mahalliy va xorijiy texnologiyalar bilan tanishish ta’lim muassasalari tajribasi o‘rganish, o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning mazmuni, o‘quv-tashkiliy tuzilmasi, amaliy ta’lim jarayonini tahlil qilish amaliy metodlarni o`rganish hamda tinglovchilar o‘zi faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasiga joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqish maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida o‘tkazildi.

27-Mart, 2023-yil 9:35 Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” bilan hamkorlik loyihasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi) Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti 2021 yil noyabr oyidan boshlab bilan “Mas’uliyatli moliya” loyihasi doirasida hamkorlikni boshladi. Xususan, 2021 yil noyabr-dekabr hamda 2022 yil aprel oylarida “Mas’uliyatli moliya” loyihasi doirasida Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishning reallikka yaqin bo‘lgan “Micro Business o‘yini” simulatsiyasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilib Toshkent shahri va Samarqand viloyatlaridagi 29 nafar tadbirkorlik fani o‘qituvchilari o‘qitildi hamda ularga trenerlik sertifikatlari berildi. Trenerlik sertifikatiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar tomonidan 2021/2022 o‘quv yil davomida Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi professional ta’lim muassasalarida “Micro Business o‘yini” bo‘yicha seminarlar 500 nafardan ortiq o‘quvchilarni tadbirkorlikka o‘rgatish va moliyaviy savodxonlikka o‘qitilib, ularga sertifikatlar berildi. 2023 yil 20 fevral – 2 mart kunlari Germaniyalik mutaxassislar tomonidan “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida 14 nafar hududiy boshqarma mas’ul xodimlari hamda 34 nafar professional ta’lim muassasa o‘qituvchilari moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlikka ko‘nikmalariga o‘qitildi. Ushbu loyihani o‘quv kursni muvaffaqiyatli tamomlagan hamda tegishli sertifikatga ega trenerlar tomonidan “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida professional ta’lim muassasalarining 750 nafar tadbirkorlik va biznes asoslari fani o‘qituvchilari Germaniya metodikalari asosida bosqichma-bosqich moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik ko‘nikmalari bo‘yicha o‘qitiladi. Shuningdek, ushbu loyiha doirasida tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv dasturlarinini Germaniya metodikalari asosida takomillashtiriladi. Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida quyidagi masalalarni hal qilish rejalashtirilmoqda: - professional ta’lim muassasalarida foydalaniladigan o‘quv dasturlarni xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish; - “Biznes asoslari” va “Biznesni tashkil etish va yuritish” fanlari o‘qituvchilarni xorijiy tajribalar va metodlar asosida o‘qitish; - “Biznes asoslari” va “Biznesni tashkil etish va yuritish” fani o‘qituvchilari malaka oshirish dasturlarini Germaniya tajribasi asosida takomillashtirish va Pedagogik innovatsiyalar instituti ta’lim jarayoniga joriy etish; - o‘qituvchilarni tizimli ravishda biznes ko‘nikmalarning yangi modullari bilan malakasini oshirib borishni shu jumladan Germaniyada tashkil etish; - o‘quvchilar uchun biznes yuritish bo‘yicha mobil ilovalar ishlab chiqish va o‘quvchilar o‘rtasida turli musobaqalar tashkil qilish; - “Biznes asoslari” va “Biznesni tashkil etish va yuritish” fani bo‘yicha takomillashtirilgan yangi materiallar bilan barcha professional ta’lim muassasalarini ta’minlash; - tadbirkorlikka o‘qitishni o‘quvchilar uchun qiziqarli va biznes simulyatsiyaga asoslangan metodikkalar orqali tashkil etish; - tadbirkorlikka o‘qitishda bank va professional ta’lim muassasasi hamkorligi yo‘lga qo‘yish; - loyiha doirasida tegishli dasturlarni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga sertifikat berish va ularni shu asosidan bankdan kredit olishini tashkil qilish; - Germaniya tajribasi asosida tayyorlangan o‘qituvchilar yordamida professional ta’lim muassasalarida aholi uchun tadbirkorlikka o‘rgatishga mo‘ljallangan qisqa muddatli pullik kurslarni tashkil etish. Ma’lumot o‘rnida: “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti Germaniyaning barcha omonat kassalarining (“Sparkassen”) rivojlanish loyihalarini amalga oshiruvchi fond hisoblanadi. Tashkilotning asosiy vazifasi – muvaffaqiyatli “Sparkassen” modelini butun dunyo va turli mintaqalarda tarqatishdan iborat o‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlar va rivojlanayotgan mehnat bozorlarida aholiga moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini berish orqali fond ularni qashshoqlikdan yaxshiroq darajaga olib chiqish uchun imkoniyatlar yaratishga intiladi. 200 yildan ziyod vaqt mobaynida “German Sparkassenstiftung” aholining barcha guruhlarini moliyaviy jalb qilish, agar u samarali va professional tarzda tashkil etilsa, muvaffaqiyatli va barqaror ravishda amalga oshirilishi mumkinligini aniq ko‘rsatib bermoqda. “German Sparkassenstiftung” ushbu asosiy muvaffaqiyat omillarini loyihalar amalga oshirilayotgan tegishli mamlakatlardagi sheriklariga o‘tkazadi. Shu vaqt ichida “German Sparkassenstiftung” jamg‘armasi dunyoning 80 mamlakatida 200 dan ortiq uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirdi.

14-Fevral, 2022-yil 12:21 German Sparkassenstiftung for International Cooperation loyihasi doirasida Pedagogik innovatsiyalar institutida “Micro Business game”ga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 18-24-noyabr kunlari Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida German Sparkassenstiftung for International Cooperationning katta tajribaga ega master-trenerlari tomonidan tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishning reallikka yaqin bo‘lgan “Micro Business Game” simulatsiyasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Ushbu biznes o‘yin tadbirkorlik va moliya sohasidagi nazariy bilimlarni nafaqat olish, balki o‘yin shaklda amaliyotda qo‘llash hamda bilim olishda yutuqlarni sezilarli darajada oshirishga imkon beradi. Ushbu seminar trening kelgusida hududlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Axborot xizmati

29-Sentabr, 2023-yil 9:12 Professional ta’limni rivojlantirish institutida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi

Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori, Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va Kasaba uyushmasining yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshchiligida ilmga chanqoq, intiluvchan va bilimdon xodimlarimiz o‘rtasida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan 2023-yilning 27-sentabr kuni “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda “Intellekt”, “IDEAL”, “Ilm ziyokorlari”, “PROGRAMMER” va “ABC group” jamoalari ishtirok etdishdi. O‘yin juda qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. O‘yin yakunida 8 ball bilan “Intellekt” jamoasi I-o‘rin, 5 ball bilan “IDEAL” jamoasi II-o‘rin, 4 ball bilan “Ilm ziyokorlari” jamoasi III-o‘rinni egallashdi. G‘oliblar Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

29-Mart, 2023-yil 14:02 Pedagogik innovatsiyalar institutida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Scopus bazasida ilmiy maqolalar chop etish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Innovatsion loyihalar, fan va taʼlim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 28-mart kuni doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Scopus bazasida ilmiy maqolalar chop etish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda Scopus bazasi imkoniyatlari, IMRAD talabi asosida maqolalarni yozish tartibiga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar-trening so‘ngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan savol-javob tarzida suhbat o‘tkazildi.

14-Fevral, 2022-yil 12:29 Helvetas Swiss Intercooperationning “O‘zbekiston professional ta’lim reformasini qo‘llab-quvvatlash (SVRP)” loyiha doirasidagi navbatdagi seminar o‘tkazildi

Shvetsariya elchixonasi orqali Shvetsariyaning rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan Helvetas Swiss Intercooperationning “O‘zbekiston professional ta’lim reformasini qo‘llab-quvvatlash (SVRP)” loyiha doirasidagi navbatdagi seminari 18-19-yanvar kunlari Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘tkazilmoqda. Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Pedagogik innovatsiyalar institutidan vakillar ishtirok etmoqda. Loyihaning asosiy fazasi o‘z faoliyatini o‘tgan 2021-yil 1-dekabrdan boshlagan va 2024-yil 31-dekabrgacha davom etadi. Ushbu seminarda fazaning 2022-yil uchun ish-rejasi muhokama qilinmoqda.