Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Psixodiagnostika

    Reja:

    1. Psixologik tadqiqotlar metodlarini tanlashni asoslash.

    2. Metodikalar yaratish texnologiyasi va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish.

    3. Psixodiagnostik metodikalardan foydalanish, test topshiriqlarini aniqlash, tuzish bosqichlari va rasmiylashtirish talablari.

    4. Horijiy testlarni moslashtirish va testlarning ishonchlilikgini aniqlash qoidalari.

    5. Eksperimental psixologik tadqiqotlarni o‘tkazish, olingan natijalarni psixologik tahlil qilish va xulosa chiqarish.

         

         Tayanch so‘zlar: Eksperimentator, obektivlik tamoyili, subektiv ustanovka, validlik, intellekt testlari, shaxs testlari, subtestlar, hulqiy ko‘rsatkichlar, kasbiy sir, konfidensiallik.

 

1. Psixologik tadqiqotlar metodlarini tanlashni asoslash.

    Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi muhim hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bu tushuncha «testda olingan natija nechog‘liq to‘g‘riligini ko‘rstadi» (A.Anastazi). Har qanday metodikaning, testning ishonchligi o‘rganilayotgan psixologik xususiyatlarining ularda aks etishi nuqtai nazaridan to‘g‘ri qo‘llashni xarakterlaydigan ma’lumotlar majmui sifatida qaralmog‘i kerak (L.Burlachuk, S.M.Moroz,1989).

    SHunday qilib, maqsadga muvofiq tanlangan metodika va testlar psixik faoliyat ko‘rinishlarini to‘liq  va har tomonlama o‘rganish imkonini beradi.

    Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o‘tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo‘llanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o‘rganish metodikalariga ajratish mumkin. (L.N.Poperechnaya, 1978, L.A.Venger, V.V.Xolmavskaya, 1978, Z.I.Kalmikova, 1982, V.M.Bleyxer, I.V.Kruk, 1986). Masalan, bola xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini  qo‘llash kerak.

    SHu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental metodikalar o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari (ya’ni shaxsning ma’lum xususiyatini o‘rganishdan tashqari) psixikaning boshqa xususiyatlari holati haqida ba’zi ma’lumotlarni beradi. Masalan: bolalarga berilgan 10 ta so‘zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga qanday yo‘nalganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo‘ladi.

    Tarbiyachi–tadqikotchi uchun u yoki bu metodikani tanlaganida ko‘rsatmani salgina o‘zgartirganda metodikaning yo‘nalishi o‘zgarib ketishini nazarda tutishi kerak.

    Topshiriqni bajarishga kirishishdan oldinroq bolaga unga bo‘lgan ko‘rsatmani to‘g‘ri tushunganligiga ishonch xosil qilish kerak. Bajarilayotgan topshiriqning muvaffaqiyati ko‘p hollarda shunga bog‘liq bo‘ladi.

    Psixologik–pedagogik tadqiqotning sifati ekserimental qo‘llaniladigan metodikalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Lekin bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o‘tkazganda, ularning tez charchashini hisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqotda tadqiqot vazifalariga bog‘liq ravishda tanlangan 5-7metodikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bir necha bosqichda o‘tkaziladigan tadqiqotlarda ko‘proq metodikalardan ham foydalanish mumkin. Eksperimental tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir. Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola bilan qanchalik yaxshi munosabatda bo‘lsa, bola topshiriqni shunchalik yaxshi bajaradi.

    Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tanlashda qo‘yidagilarni e’tiborga olishi zarur.

    a) tadqiqot maqsadi - psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshga, ma’lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash:

    b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, uning ta’lim va tarbiyasi amalga oshirilayotgan sharoit:

    v) sinaluvchining eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqatga kirishishi, verbal aloqa  o‘rnatish xususiyatlari.

    Tanlangan ekserimental psixologik metodikalarni bolaga qiyinligi  o‘sib borishi darajasida   berish kerak.

    Sinaluvchini  ekserimental - psixologik o‘rganish sxemasi

Tadqiqotga tayyorlanish, tadqiqot, maqsad va vazifalarni aniqlash.

Sinaluvchi bilan suhbatlashish, ijobiy-xissiy aloqa o‘rnatish, topshiriqlarni bajarish motivatsiyasini shaklantirish.

EKSPERIMENT

Ko‘rsatma berish

Kuzatish

Psixik faoliyat maxsullarini tahlil qilish.

Ekseriment vazifalarini bajarish

Tadqiqot qarorini yozib borish

Xotima qismini tayyorlash, xulosalar.

 

    Tajriba jarayonida tadqiqotchi sinaluvchi nimadan qiynalayotganligini aniqlaydi va unga yordamlashadi. Ko‘rsatmaga kiritilgan barcha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqidagi barcha ma’lumotlar oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib qo‘yiladi.

Eksperimentator shaxsiga qo‘yiladigan talablar

    Psixodiagnostika - bu psixologning kasbiy faoliyatidagi murakkab va juda ma’suliyatli sohasidir. Mana shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-axloqiy talablar qo‘yilgan va bular quyidagilardir:

    1. Psixodiagnostika sirlarini saqlash;

    2. Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi;

    3. Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik;

    4. Xulosalarning ob’ektivligi;

    5. Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi.

    Yuqorida qayd qilinib o‘tilgan talablarni, psixodiagnostikaning tamoyillari sifatida har birini alohida ko‘rib chiqamiz.

    Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili - sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e’lon qilmasliq bu birinchi navbatda balog‘at yoshiga etgan odamlarga taaluqlidir. Agar sinaluvchilar balogat yoshiga etmaganlar bo‘lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e’lon qilish uchun ota-onalarning yoki bolalar uchun ma’naviy va huquqiy ma’sul bo‘lgan shaxslar ruxsati bo‘lishi shart. Faqat ba’zi hollarda ilmiy maqsadda, ya’ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e’lon qilish bundan istisnodir, ammo sinaluvchilarning aniq ismi, shariflarini bayon qylish tavsiya qilinmaydi.

    Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslangaklyak tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo‘yiladi, ya’ni olingan natijalarga to‘liq ishonch imkonini bersin.

    Ziyon etkazmaslik tamoyilida psixologik tashxis natijalarini hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik.

    Xulosalarning ob’ektivlik tamoyili test o‘tkazayotgan odamning sub’ektiv ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi, test olingan natijalaridan kelib chiqkan holda ilmiy asoslangan bo‘lib validligini ishonchli metodika yordamida o‘tkazilgan bo‘lishi shart.

    Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda yoki qo‘shilmagan tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak.

    Psixodiagnostika bilan shug‘ullanuvchi odamlarga, maxsus malakaviy talablar qo‘yiladi. Asosiylari quyidagilardir:

    - Nazariy tayyorgarlik;

    - Psixodiagnostik metodikalarni va ularni o‘tkazish shart-sharoitlarini mukammal bilishi;

    - Biron bir metodikani amaliyotda qo‘llay olishda zaruriy tajribaga eta bo‘lishi.

    Har qanday psixodiagnostik metodika bo‘shliqdan paydo bo‘lmaydi, balki (tashxislash) o‘rganilayotgan ob’ektning psixologik nazariyasi asosida vujudga keladi va rivojlanadi. Masalan, intellekt testlari, intellektning hayotiy voqeliklarda namoyon bo‘lishi, ahamiyat tuzilishi va uning tabiati haqidagi ilmiy ta-savvurlarga asoslanadi. SHaxs testlari, shaxsning tuzilishi shaxs xususiyatlarining taraqqiyoti va tabiati, ilmiy ma’nosi haqidagi nazariyalarga asoslanadi.

    Psixodiagnostik metodikalardan to‘g‘ri foydalana olish uchun albatta uning nazariy asoslarini bilish shart, aks holda psixodiagnost tadqiqot natijalarining analizi, sharhlash va xulosalarda xatoliklarga yo‘l qo‘yishi mumkin.

    Eksperimentator biron bir psixologik testni mukammal o‘zlashtirib olmagan bo‘lsa va hech bo‘lmaganda o‘zida yoki boshqa bir odam sinab ko‘rmagan bo‘lsa, uni qo‘llashga haqli emas. Bundan tashqari psixodiagnostik metodikalarni qo‘llashning shart-sharoitlariga qattiy amal qilish shart. Ammo har qanday voqelikda ham psixologik tashxis bilan kim shug‘ullanishidan qa’tiy nazar - mutaxassismi yoki qiziquvchimi quyidagi ma’naviy-ahloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilishi shart:

    1. Shaxsni o‘z hohishisiz psixologik tadqiqotga jalb qilish man qilinadi, faqat ba’zi bir hodisalar bundan istisno, ya’ni sud yoki tibbiyot amaliyotlari agar qonun bilan chegaralanmagan bo‘lsa;

    2. Psixologik testlar o‘tkazishdan oldin sinaluvchi tadqiqot jarayonida o‘zi anglamagan holda, o‘z fikri va hissiyotlari haqida ma’lumotlar berib qo‘yishi to‘g‘risida ogohlantirib qo‘yilishi kerak;

    3. Har bir odam agar qonun bilan chegaralanmagan bo‘lsa, test natijalarini qachon, kim va qanday maqsadda qo‘llanilishi haqida bilishga haqlidirlar;

    4. Psixologik test natijalari tadqiqot o‘tkazgan shaxs tomonidan sinaluvchiga tushunarli bo‘lgan shaklda tayyorlab taqdim qilinadi;

    5. Balog‘at yoshiga yetmagan bolalar bilan o‘tkazilgan test natijalarini ularning ota-onalari yoki ularga ma’sul shaxslar bilishga haqlidir;

    6. Agar test shaxsning psixologik taraqqiyot darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazilsa, u holda sinaluvchi na faqat testning maqsadini, balki kim tomonidan nima asosida test natijalarining xulosasi chiqarilishini bilishga haklidir;

    7. Amaliyotda psixologik testlarni qo‘llashda asosiy javobgarlik ulardan foydalanayotgan shaxslar, tashkilotlar va psixologlar zimmasidadir.

Metodikalarga qo‘yiladigan talablar

    Pedagogik-psixologik eksperiment, tadqiqotning ishonchli vositasi bo‘lishi hamda natijalarning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish uchun va ushbu natijalar asosida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun tadqiqotda qo‘llanilgan psixodiagnostik metodika ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak bunda metodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: validlik, ishonchlilik, bir sifatlilik va aniqlik. Endi har bir talabni alohida ko‘rib chiqamiz.

    «Validlik» - atamasi Evropa tillaridan olingan bo‘lib va u quyidagi ma’noni anglatadi: «to‘laqonli», «yaroqli», «mos». Psixodiagnostik metodikaning validlik sifatidagi tavsifi uning aynan o‘rganilayotgan psixologik xususiyatga mo‘ljallanganligi va ushbu psixologik xususiyatni baholashga mosligi hamda yaroqligini ko‘rsatib beradi.

    Metodikaning validlik tavsifi o‘ziga ushbu metodika orqali haqiqatdan xam psixologik sifatni o‘lchash mumkin degan xulosadan tashqari uning qo‘llash mumkin bo‘lgan sohasini va uning sharoitlari haqidagi ma’lumotlarni ham o‘ziga qamrab oladi

    Psixodiagnostik metodikaning validligi haqida mulohaza qilar ekanmiz, validlikning bir nechta turlari borligini va ularning har birini alohida ko‘rib chiqish hamda baholash zarurdir. Validlik - nazariy, amaliy, empirik, ichki va tashqi bo‘lishi mumkin.

    Nazariy validlik - qo‘llanilgan metodika yordamida olingan ko‘rsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan ko‘rsatkichlar bilan ya’ni ko‘rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog‘liqlik borligini va tadqiq qilinayotgan sifat ko‘rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi.

    Nazariy validlikni bitta nazariyaga tayangan holda, aynan bir xususiyatga tegishli har xil metodikalardan foydalanish natijasida olingan ko‘rsatkichlarni korrelyasiyasi bilan tekshiriladi.

    Empirik validlik - sinaluvchining reaksiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning haqqoniy xulqidagi diagnostik ko‘rsatkichlarining bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi. Agar sinaluvchining xarakterini qo‘llanilgan metodika yordamida baholasaq ushbu odamning hayotdagi xarakter ko‘rinishini qo‘llanilgan metodikadan olingan ko‘rsatkichlar bilan bir xilligini aniqlasaq u holda metodikani empirik va amaliy validli deb hisoblasak bo‘ladi.

    Emprik validlik mezonlari bo‘yicha metodika odamlarning amaliy faoliyat natijalari hamda haqqoniy hayotiy huquqlarining ko‘rsatkichlarini taqqoslash bilan tekshiriladi.

    Ichki validlik - metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi. Metodikadagi subtestlar, topshiriqlar va undagi savollar qisman yoki butunlay biz o‘rganayotgan xususiyatni o‘lchay olmasa, u holda ushbu metodika ichki validli emas yoki ichky validlik etarli darajada emas, deb hisoblanadi.

    Tashqi validlik - ham xuddi empirik validlikka o‘xshash, undan farqli tomoni pgundaki, sinaluvchining xulqiga taaluqli asosiy tashqi ko‘rinishlarning ko‘rsatkichlari bilan metodikadagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi.

    Metodikani tuzish jarayonida darhol uning validligini baholash juda murakkabdir. Odatda metodikaning validligini tekshirish va aniqlashda metodikani uzok muddat qo‘llanilgandan so‘ng u haqida xulosa chiqarish mumkin, chunki yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan validlikning to‘rt turi ham teknshrilishi zarurdir.

         Validlikning turlaridan tashqari uning mezonlarini bilish ahamiyatga molikdir:

    A) Xulqiy ko‘rsatkichlar - sinaluvchining har xil hayotiy voqealiklardagi reaksiya va xatti- harakatlari;

    B) Sinaluvchining faoliyatidagi yutuqlari: o‘quv, ish, ijodiy va hokazolar B) Har xil nazorat sinov va topshiriqlarning bajarilganligi haqida ma’lumotlar.

    G) Boshqa metodikalar yordamida olingan ma’lumotlar - validlik yoki tekshirilayotgan metodikani boshqa metodika bilan boglikligining etarli darajadaligi.

    Metodikaning ishonchliligi - metodika yordamida barqaror, qa’tiy ko‘rsatkichlarni olish imkoniyatlari bilan tavsiflanadi.

    Psixologik test natijalarini nazorat qilish murakkab omillarga tobedir va bu quyidagilardir:

    - asbob uskunalarning o‘lchov sifati

    - psixologik testlarning doimiy relevant tavsifi

    - sinaluvchining ko‘rsatmalarni to‘g‘ri tushunishi

    - sinaluvchining xulqi, xatti-harakati

    - sinaluvchining dolzarb psixologik holati.

    Psixodiagnostik tadqiqot jarayonida ushbu omillarning o‘zgarishi o‘lchovning ishonchlilik darajasini pasaytiradi, chunki bu omillarning doimiyligini saqlab turishning imkoniyati yo‘q, shuning uchun ham psixodiagnost metodikaning yuqori darajada ishonchliligiga amin bo‘lishi juda qiyin. Ushbu omillarning asosiylaridan biri metodikaning o‘zini ishonchligidir, chunki qolgan omillar olingan natijalarning doimiyligiga ta’sir hissasi ancha kichikdir.

    Psixodiagnostik metodikalarning ishonchligini ikki xil usul bilan tekshirib chiqish mumkin:

    1. Ushbu metodika yordamida har xil odamlarda olingan natijalarni taqqoslash;

    2. Aynan bir xil sharoitda metodikani qo‘llash va undan olingan natijalarni taqqoslash;

    Metodikaning aniqligi - psixodiagnostik tadqiqot paytida biror bir xususiyatni baholashda ozgina o‘zgartirishga ham javob qaytarish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Metodikaning aniqligini texnik o‘lchov asbob uskunalarning aniqligi bilan izohlash mumkin. Masalan: santimetrga bo‘lingan metrdan, millimetrga bo‘lingan chizg‘ich bilan o‘lchov aniqroqdir.

    Psixodiagnostik metodika qanchalik aniq bo‘lsa, o‘lchovning sifati shunchali yuqori bo‘ladi. Ammo amaliy psixodiagnostikada hamma vaqt ham o‘lchovning aniqligi baholashning yuqori darajasi talab qilinmaydi. Masalan, butun tadqiqotda tanlama sinaluvchilarni ikkiga bo‘lish kerak bo‘lsa, u holda qo‘llanilayotgan metodika aynan shunchaga mos holda bo‘linishi kerak undan ko‘pga ham kamga ham emas.     Agar sinaluvchilar beshta guruhga bo‘linishi shart bo‘lsa, u holda beshta o‘lchov shkalasi bor metodikani qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi va ular beshta punktdan iborat bo‘lishi kerak ma-salan «ha», «yo‘qdan ko‘ra ha», «yo ha, yo yo‘q», «yo‘q hadan ko‘ra», «yo‘q» shaklida. Metodikanig bir sifatligi ushbu metodika yordamida olingan natijalar qay darajada, aynan bir xususiyatga taaluqli o‘zgarishni o‘lchashi bilan tavsiflanadi. Agar o‘rganilayotgan xususiyatlardan olingan ko‘rsatkichlar, ushbu metodika bilai bogliq bo‘lmagan boshqa bir xususiyatni ko‘rsatkichlarni namoyon qilsa, u holda ushbu metodika bir sifatlilik mezoniga mos bo‘lmaydi. Masalan, tadqiqotchini shaxsning xulq motivlarini baholash qiziqtirsa, u sinaluvchining xulq motivlariga taaluqli to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar berishi mumkin, u holda olingan javob-lar bir xillik mezoniga mos tushishi kamdan-kam hollarda ro‘i berishi mumkin, chunki sinaluvchi o‘z xulq motivlarini anglagan holda eksperimentatorga xulq motivlarining ijobiy tomonlarini ko‘rsatishga harakat qiladi.

    O‘quvchi, talabani faqat bilimlarni o‘zlashtirishini baholash ham bir sifatlik mezonini to‘liq qanoatlantira olmaydi, chunki bilimni o‘zlashtirishiga hamisha ham ob’ektiv baho qo‘yilmaydi, bunda o‘quvchining bilimlaridan tashqari, uning o‘kituvchi bilan munosabati va o‘quvchining xulqi ko‘rinishi ham namoyon bo‘ladi.

    Psixodiagnostikada biror bir metodikani qo‘llashdan oldin tadqiqotchi ushbu metodikani validli, ishonchli, aniqligi va bir sifatlilik talablariga javob bera olishiga to‘liq ishonch hosil qilishi shart. Aytib o‘tilgan mezonlardan asosiylari: validlik va ishonchlilikdir, agar o‘lchov uskunalari bu ikkala mezonga mos kelmasa, u holda psixodiagnostikada bu vositalarni umuman qo‘llash mumkin emas. Mabodo metodikaning aniqligi va bir sifatliligi to‘liq bo‘lmasa ham metodikani aniq shartlar asosida qo‘llash mumkin. Ammo quyidagilarni unutmaslik zarurdir:

    - noaniq metodika, o‘tkazilayotgan eksperiment natijalari biror bir xususiyatdagi kichik o‘zgarishlarni aniqlash imkonini bermaydi;

    - metodika bir sifatliligining to‘liq emasligi, hamisha ham aynan baholanayottan xususiyatdagi o‘zgarishlar darajasi bilan olingan ko‘rsatkichlarni taqqoslash imkonini bermaydi.

     Psixodiagnostik natijalarga qo‘llanilgan metodikadan tashqari vokea hamda hodisalar ham ta’sir qiladi, ya’ni berilgan ko‘rsatmalarni sinaluvchi tomonidan to‘g‘ri tushunmasligi va test vaqtida sinovchining xulqi va shaxs xususiyatlari o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Agar vokealikni sinaluvchi imtihon sifatida qabul qilsa, o‘zini shu vokelikka mos tarzda tutadi. YUqori xavotirli odamni hamisha va hamma payt yukori «xavotirlik» holati qamrab oladi, har qanday hodisani xavf sifatida qabul qiladi. Kichik darajali xavotirli odam buning aksidir, ya’ni o‘zini erkin tutadi.

    Sinaluvchilarning xulqi, xatti-harakati va ularning ko‘rsatgan natijalari, ko‘rsatmalarni kanday tushunishi bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ham ko‘rsatmalarning aniq tuzilishi va ularni tez anglab olinishiga, psixologik tashxisda qat’iy talablar qo‘yiladi:

    - ko‘rsatma sodda va tushunarli bo‘lishi;

    - bir xil ma’nodagi so‘z va talaffuzlarni o‘ziga qamrab ol-masligi;

    - ko‘rsatmani iloji boricha yozma shaklda bo‘lishiga (ko‘rsatma berayotgan shaxs, ko‘rsatmani har xil paralingvistik tarkibiy qismlar orqali ifodalashi mumkin: mimika, talaffuz, temp, pauza va xatti- harakatlar).

    Ba’zan tadqiqot natijalariga sinovchining xulki va xatti-harakati ham ta’sir qilishi mumkin. Masalan, eksperimentator haqida sinaluvchining fikri ijobiy bo‘lsa, uning xatti-harakatida, munosabatida imkoni boricha sinovchiga yaxshi natija berishga harakat qiladi. Buning aksi bo‘lsa, eksperimentatorga nisbatan sinaluvchida antipatiya bo‘ladi.

    Asosiy ko‘rsatma: eksperimentator bosiq, muvozanatli, xatti-harakati sinaluvchilarga nisbatan, yaxshi va do‘stona bo‘lishi kerak.

Psixolog-tadqiqotchining kasbiy-etikaviy tamoyillari

    Jahon psixologiyasi tajribalari ko‘rsatadiki, psixodiagnostika vampsixologik testlar bilan shug‘ullanishda ma’lum standartlar va kodekslargamamal qilinadi. Ushbu standart va kodekslarga ko‘ra, psixodiagnostik metodika natijalarini sharhlash uchun psixolog mas’uldir. Agar psixadiagnostikmtekshiruv natijasida tekshirilgan shaxs biror ma’naviy yoki moddiy zararmko‘rsa, psixolog javobgar hisoblanadi. Bundan ko‘rinadiki, psixolog-psixodiagnost o‘zining kasbiy huquqiga ega. Ular kasbiy-etikaviy tamoyillarni doimo yodda tutishi va ularga amal qilishi lozim. Biz taqdim etayotgan kasbiy-etikaviy tamoyillar faqat mutaxassis-psixologlar uchungina emas, balki ta’lim muassasasi rahbari, pedagoglar uchun ham mo‘ljallangan.

    Kasbiy faoliyat jarayonida ushbu kasbiy-etikaviy tamoyillarga amal qilish foydadan xoli emas.

    Psixodiagnostik metodikalardan foydalanishda maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lish. Ushbu tamoyilga ko‘ra, psixodiagnostik metodikalarni amaliy qo‘llashi uchun mutaxasis-psixolog etarlicha kasbiy tayyorgarlikka va psixologik bilimga ega bo‘lishi zarur. Chunki undan ta’lim muassasasi muammosidan kelib chiqqan holda psixodiagnostika metodikalarini tanlay bilish, ularni to‘g‘ri tatbiq etish va natijalarni haqqoniy tahlil etish talab etiladi. Masalan, ma’naviy rivojlanishdan orqada qolgan o‘quvchilar bilan shug‘ullanuvchi psixolog nafaqat psixodiagnostika metodikalarini, balki o‘quvchilarda kuzatiladigan nomukamallik darajalarini ham bilishi lozim bo‘ladi.

    Shuningdek, psixolog tanlangan metodikaga aloqador bo‘lgan ilmiy adabiyotlarni, metodikaning texnik ko‘rsatkichlarini, ya’ni ishonchliligi, validligi, haqqoniyligi va me’yorlarning kafolatlanganligini baholay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.

    Kasbiy sirlarni saqlash. Ushbu tamoyilga ko‘ra, tanlagan metodikalar mohiyati boshqalarga ovoza qilinmasligi va ulardan g‘ayri insoniy maqsadlarda foydalanilmaslik kerak. Kasbiy sirni saqlash psixologning nufuzi va obro‘sini ta’minlaydi, shu bilan birgalikda psixodiagnostika metodlarini to‘g‘ri va aniq qo‘llashga xizmat qiladi, tashqi aralashuvlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Psixodiagnostika metodlaridan muhim bo‘lmagan masalalarda foydalanish yoki ularni mutaxassis bo‘lmagan shaxslarning qo‘llashi fanda yolg‘on ma’lumotlarning ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Demak, ta’lim muassasasida tashkil etiladigan psixodiagnostik tekshiruvlarni o‘tkazishda ushbu tamoyil psixologning diqqat markazida bo‘lishi lozim.

    Shaxs huquqlarini ta’minlash. Bu — psixologiyadagi murakkab masalalardan biri. Qator testlar shaxsning hissiy va motivatsion sohalarini, barqaror holatlari, ichki kechinmalari (ustanovkalari)ni o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi.

    Bunda shaxsning o‘zi xohlamagan yoki anglab etmagan xususiyatlari aniqlanishi mumkin. Bunday holda shaxsning ma’naviy zarar ko‘rishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. SHuning uchun tekshiriluvchi shaxs tekshirish natijalari bo‘yicha kim va qanday qaror qabul qilinishi haqida ogohlantirilishi, ya’ni uni test sinovidan o‘tkazib, sirlarini barchaga oshkor qilmaslik kerak. Agar tekshiriluvchi balog‘atga etmagan bo‘lsa, uning ota-onasi test natijalaridan xabardor bo‘lishi kerak. Ushbu kasbiy-etikaviy tamoyilga ko‘ra, psixodiagnostik tekshiruvda ishtirok etayotgan shaxs huquqlari va sirlari himoya qilinadi. Bu garchand psixolog ishini murakkablashtirsa-da, lekin uning kasbiy tayyorgarligiga talabni kuchaytiradi.

    Haqqoniylik. Bu tamoyilga ko‘ra, psixolog tekshirishlar o‘tkazish jarayonida tekshiriluvchi shaxsiga u yoki bu darajada (ijobiy yoki salbiy) ta’sir o‘tkazmasligi kerak. Test o‘tkazish jarayonida unga nisbatan simpatiya yoki antipatiyaga yo‘l qo‘yilmasligi, munosabatlar samimiy va xolis bo‘lishi lozim. Unga xayrixoh munosabatda bo‘lib, biror test savoli javobini aytib yubormaslik talab etiladi. Mabodo sinaluvchi test yo‘riqnomasini tushunmasdan topshiriqlarni bajargan bo‘lsa, uni tuzatish yuzasidan ko‘rsatma berish mumkin.

    Konfidensiallik. Tekshiruv natijalari sir saqlanishi va ulardan tegishli shaxslar (psixologlar, pedagoglar, ota-onalar) foydalanishi zarur. Tekshirib ko‘rilgan o‘quvchining roziligi asosida tekshiruv natijalari boshqalarga ma’lum qilinishi mumkin. Agar o‘quvchi testdan past natija olgan bo‘lsa, psixolog bu haqda uning ota-onasiga darhol ma’lum qilmasligi, baklki keyinroq olingan natijalar uchun uning zinhor aybi yo‘qligini tushuntirishi lozim. Eng muhimi, testdan past natija olgani uchun o‘quvchining ota-onasi tomonidan jazolanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Agar o‘quvchi olgan natijalar uni ogohlantirmasdan ota-onasi yoki o‘qituvchiga taqdim etilsa, psixolog xatoga yo‘l qo‘ygan hisoblanadi. Ma’lumotlar kimga taqdim etilishi haqida o‘quvchi (yoki tekshiruvdan o‘tgan shaxs) xabardor bo‘lishi shart.

    Tekshiruv natijalarini psixoproflaktik izohlash. Ushbu kasbiy-etikaviy tamoyilga ko‘ra, agar tekshiriluvchi shaxs haqida taqdim etilgan daliliy materiallardagi ma’lumotlarga tuzatish kiritish yoki ularni aniqlashtirish talab etilsa, tekshiriluvchining o‘zi natijalar mazmuni bo‘yicha sharh berishi mumkin Masalan, ta’lim muassasasida o‘quvchi haqidagi tekshiruv natijalari o‘qituvchi tomondan so‘ralmasa, yoki aksincha, ushbu ma’lumot oshkor qilingan holda o‘quvchining psixologik holatida salbiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkinligini psixolog bilsa, u o‘quvchi haqidagi ma’lumotlarni o‘qituvchiga umuman taqdim etmasligi kerak.

    Yuqorida bildirilgan mulohazalarga tayanib aytish mumkinki, psixodiagnostik ishlarni tashkil etishda psixolog bir qancha talablarga amal qilishi lozim:

    Birinchidan, psixolog differensial psixometriyaning asoslarini va psixologik adabiyotlarni tahlil etish metodlarini, umumiy nazariy- metodologik tamoyillarni amaliy qo‘llashni bilishi va uddalashi lozim.

    Ikkinchidan, axborot ma’lumotlar bankini va test vositalari bankini yaratishi zarur.

    Uchinchidan, psixodiagnostik tekshiruvlar o‘tkazuvchi psixolog test ma’lumotlari asosida qabul qiladigan qarori, qo‘llanilgan metodikaning validligini va tashxisning zaruriy ishonchlilik darajasini ta’minlash uchun mas’ul.

    To‘rtinchidan, psixolog psixodiagnostikaning kompleks metodikasini ishlab chiqishda diagnostikaning yuqori samaradorligiga asoslanishi, tegishli sohada qo‘llaniladigan usullarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borishi kerak.

    Beshinchidan, diagnostik ish jarayonida psixodiagnostik metodikalarni standartlashtirish talablariga rioya etishi, olingan ma’lumotlarni qayta ishlashi va talqin qilishi kerak.

    Oltinchidan, psixologdan metodik vositalardan to‘g‘ri foydalanish, psixologik axborotlarning konfidensialligini ta’minlash, shuni kasbiy yo‘nalishdagi fanlarni o‘rganish, ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘tkazilgan amaliy ishlar (ayniqsa, yuqori kurslarda) o‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlaydi, ularni to‘ldiradi va chuqurlashtiradi. O‘quvchilarga o‘rganilgan fanlarning amalda qanchalik foydali ekani, ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishiga, va albatta, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha kichik mutaxassislar faoliyati samaradorligiga ta’siri ishonchli va yorqin misollar asosida ko‘rsatib beriladi.

 

Nazorat savollari hali qo'shilmagan.