Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida yetakchi olimlar, akademik va fan doktorlari, professorlar bilan doktorant va ilmiy tadqiqotchilarning uchrashuvi tashkil etishdi

Pedagogik innovatsiyalar instituti “Innovatsion loyihalar, fan va ta’lim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 30-mart kuni pedagogika sohasidagi yetakchi olimlar, akademik va fan doktorlari, professorlar bilan doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar oʻrtasida “Yangi O‘zbekistonda yangicha ta’lim: ilmiy tadqiqotlar ta’lim sifatini ta’minlashning muhim omili” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan yangicha ta’lim siyosati, professional ta’lim tizimida zamonaviy taraqqiyot talablariga mos ravishda ta’lim sifatini ta’minlashning dolzarb muammolari hamda ushbu muammolarni hal etishda pedagogik ilmiy tadqiqotlar olib borishning zaruriyati toʻgʻrisida fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, akademik R.X.Djurayev va yetakchi olimlar tomonidan doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilarga ular tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlarini zamonaviy talablarga mos va sifatli amalga oshirishlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Davra suhbat soʻngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

7-Mart, 2024-yil 9:32 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” kuni

2024-yilning 6-mart kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirini institut direktori Zayniddin Xudayberdiyev ochib berdi va institut xotin-qizlariga o‘z bayram tabriklarini bildirib, professional ta‘lim sohasidagi mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Bayram tadbirida Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji o‘quvchilari hamda ularning murabbiylari o‘zlarining bayramona chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

22-Iyun, 2023-yil 9:47 Yunesko eksperti ishtirokida master klass tashkil etildi

Bugungi kunda professional ta’limni rivojlantirishda xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion о‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish vazifalari belgilab berilgan. Pedagogik innovatsiyalar institutida joriy yilning 26-may kuni Yevropa ta’lim jamg‘armasining malaka tizimlari bо‘yicha katta mutaxassisi, Yunesko eksperti, hozirgi kunda О‘zbekistonda Milliy professional ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bо‘yicha ish olib borayotgan Jan Mark Kastejon ishtirokida Institut professor-о‘qituvchilari va tinglovchilar uchun master klass tashkil etildi. Jan Mark Kastejon Xindiston, Suriya, Iordaniya, Misr, Tunis, Marokash, Fransiya, Ispaniya, Italiya va boshqa bir qator davlatlarning milliy malaka darajalarini, Davlat ta’lim standartlarini holatini о‘rganish hamda yangi loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etganligi asosida tо‘plangan tajribalari hamda Milliy malaka talablari qanday ishlab chiqilishi bо‘yicha ma’ruza qildi. Ushbu islohotni amalga oshirishning aniq muddatlari va asosiy manfaatdor tomonlarning vazifalari nimalardan iborat ekanligi tо‘g‘risidagi dolzarb masalalar bо‘yicha ma’lumotlar berdi Tinglovchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

18-Sentabr, 2023-yil 9:42 Professional ta’limda raqamli ta’lim resurslari, ochiq darslar va master-klasslar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 26-iyuldagi Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 329-sonli hamda 2023-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim muassasalarda ta’lim sifatini ta’minlash uchun ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 408-sonli buyrug‘i asosida seminar tashkil etildi. Seminar davomida raqamli ta’lim resurslari platformasi, raqamli ta’lim resurslarini tayyorlash, Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovining ta’lim muassasi bosqichini o‘tkazish, tanlovga kelib tushgan resurslarni baholash, ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish bo‘yicha ma’lumot berildi. Yuqoridagilar yuzasidan fikr, mulohazalar va takliflar bildirildi. Seminarda Institut professor-о‘qituvchilari, mutaxassislar hamda malaka oshirish bо‘yicha kelgan rahbar xodimlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

16-Oktabr, 2023-yil 15:55 Professional ta’limini rivojlantirish institutida “Vaziyatli didaktika” mavzusida trening tashkil etildi

Joriy yilning 10-12-oktabr kunlari VET4UZ loyihasi doirasida Shveytsariya kasb-hunar ta’limi federal universiteti (SFUVET) xalqaro eksperti Emanuel Vutrix bilan hamkorlikda Professional ta’limini rivojlantirish instituti, hamkor oliy o‘quv yurtlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari va tajriba-sinov ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Vaziyatli didaktika” mavzusida trening tashkil etildi. Trening professional ta’limi sifatini oshirish maqsadida ta’lim jarayonida zamonaviy o‘qitish usullarini qo‘llash bo‘yicha malaka oshirish va keyinchalik professional ta’limi o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasalari va institutlari uchun hududiy treninglarni tashkil etadigan milliy trenerlarni tayyorlashga qaratilgan. Mazkur trening Shveytsariya tajribasi asosida professional ta’lim tizimida sifatli ta’limni tashkil etish uchun AVIVA va IPERCA kabi zamonaviy texnologiya va yondashuvlar, shuningdek, “kognitiv-shogirdlik” treninglaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘tkazildi. Bu esa professional ta’limda sifatni ta’minlab, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

6-Noyabr, 2023-yil 9:42 German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti tomonidan tashkil etilgan seminar-treninglari muvaffaqiyatli yakuniga yetdi

German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti va GIZ o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida o‘qituvchilar va kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbarlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish” loyihasining Toshkent shahridagi professional ta’limini rivojlantirish institutida 2023-yil 16-28-oktabr kunlari ”Mikrobiznes o‘yini” hamda ”Biznesni rejalashtirish va bank suhbatlariga tayyorgarlik” modullari bo‘yicha seminar-treninglari bo‘lib o‘tdi. Ushbu treninglarda 36 nafar professional ta’limi muassasalari o‘qituvchilari va 14 nafar viloyat boshqarma ma’sullari qatnashdilar. Loyiha Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish federal vazirligi (BMZ) tomonidan qo‘llab-quvatlangan bo‘lib, asosiy maqsadi moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi bo‘yicha yagona o‘quv dasturini ishlab chiqish, shuningdek, professional ta’limi muassasalarining, shu jumladan to‘qimachilik sanoatining o‘qituvchilari va rahbarlarini zarur ko‘nikmalarga o‘rgatish va o‘rta professional ta’lim muassasalarini ushbu modullarni kelgusi amaliy o‘qitish jarayonida materiallar bilan ta’minlashdan iboratdir. Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda loyihani amalga oshirish jarayonida boshqa modullarni ham o‘qitish rejalashtirilgan. ”Mikrobiznes o‘yini” moduli xalqaro mutaxassislar Natasha Mundinger va Nargiza Iskakova hamda "Biznesni rejalashtirish va bank suxbatlariga tayyorgarlik" moduli Matias Vangler tomonlaridan olib borildi. Treninglar yakunida barcha ishtirokchilar German Sparkassenstiftung tashkiloti tomonidan muvaffaqiyatli qatnashganligi uchun sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Ular o‘z navbatida multiplikatorlar sifatida viloyatlardagi professional ta’limi muassasalari o‘qituvchilarga shu modullar bo‘yicha seminarlar o‘tkazadilar.