Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida muloqot darsi о‘tkazildi

Pedagogik innovatsiyalar institutida joriy yilning 27-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining professional ta’limga mas’ul rahbarlari ishtirokida bugungi kunda tinglovchilarni faoliyatiga oid qiynab kelayotgan muammolari va ularning yechimlariga bag‘ishlangan muloqot darsi о‘tkazildi Tinglovchilar tomonidan ta’lim jarayonini tashkil etish, meyoriy hujjatlar, qabul jarayonlarini tashkil etish, moddiy texnik baza va boshqa yо‘nalishlar bо‘yicha о‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va ularga mas’ullar tomonidan javoblarni olishdi.

5-Sentabr, 2026-yil 11:07 Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 2026-yil 4-sentabr kuni navbatdagi Ilmiy-pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Institut direktori Kadirov Xayot Sharipovich Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonini topshirdi. Ularning kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, mas’uliyatli faoliyati va fidokorona mehnati munosib e’tirof etildi. Shuningdek, 2026-yilda kasbiy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarini diplom va sertifikat blankalari bilan ta'minlash holati muhokama qilindi. Malaka oshirish kurslarining o'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha tayyorgarlik holati to'g'risida axborot tinglandi. Kun tartibidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktyabrdagi PQ-316-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2026-2027 oʻquv yili uchun ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari, joriy etilgan xalqaro ta’lim dasturlari va ustuvor vazifalar borasida olib borilayotgan ishlar ham o‘rin oldi. Yig‘ilish davomida turli masalalar ham ko‘rib chiqilib, muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

6-Noyabr, 2023-yil 9:39 “Mening innovatsion g‘oyam” kо‘rik-tanlovi

2023-yil 23-oktabr kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Mening innovatsion g‘oyam” kо‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Kо‘rik-tanlov oktabr oyida malaka oshirishga kelgan tinglovchilar orasida tashkil etilgan bо‘lib, Professional ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 9 nafar rahbar-xodimlar ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari quyidagilar: 1-о‘rin Chilonzor tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi psixologi Raxmatova Dalira Yusupdjanovna, Toshkent shahri. 2-о‘rin Xonqa tumani 1-son kasb-hunar maktabi ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor о‘rinbosari Yuldoshev Oxunjon Kenjaboy о‘g‘li, Xorazm viloyati. 3-о‘rin Buxoro shahar kasb-hunar maktabi direktori Bozorov Dilshod Turg‘unovich, Buxoro viloyati. Tanlov 3 bosqichda amalga oshirildi. G‘oliblar 1, 2 va 3 darajali diplomlar, estalik sovg‘alari hamda ishtirokchilarga sertifikatlar bilan taqdirlandi.

4-Aprel, 2023-yil 9:18 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoraqalpogʻistonda

2023-yilning 29-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Unda vazir soʻnggi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari, taʼlim jarayonini sifat jihatidan yuqori darajaga koʻtarish boʻyicha bajarilayotgan ishlar hamda kelgusi vazifalarga toʻxtaldi. Uchrashuvda qoraqalpogʻistonlik olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovga sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishidagi fikr va takliflarini bildirdi. Xususan, barcha oliy taʼlim muassasalarida masofaviy taʼlimni takomillashtirish maqsadida yangi platforma ishlab chiqish "Yosh ijodkorlar" klubini tashkil etish, mashhur musavvirlarning ijodiy ishlaridan iborat koʻrgazmalar tashkillashtirish, "Universiada" sport oʻyinlari qatoriga paralimpiya oʻyinlarini kiritish, talabalarning xorijda hamda respublikamiz oliy taʼlim muassasalarida akademik almashinuvlarini yoʻlga qoʻyish, respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarning ilmiy jurnallarida qoraqalpoq tilida ham maqolalarni chop etish imkoniyatini yaratib berish, shuningdek, yoshlar oʻzlarining startap hamda innovatsion loyihalarining vazirlik tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi yuzasidan takliflar bildirildi. Vazir Ibrohim Abdurahmonov bildirilgan takliflar va koʻtarilgan masalalarni birma-bir tinglab, ularning ijobiy hal etilishi hamda qoʻllab-quvvatlanishini alohida taʼkidladi va masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

16-Oktabr, 2023-yil 15:53 Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining topshirig‘iga muvofiq Professional ta’lim muassasalarida tashkil etilgan nemis tili kurslarining amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi muhokama qilin

Joriy yilning 7-oktabrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligida hududiy boshqarmalar boshliqlari va nemis tili kurslari tashkil etilgan professional ta’lim muassasalari direktorlari ishtirokida xorijiy tillarga o‘qitish kurslari faoliyatining samaradorlik holati tahlil qilindi. Shuningdek, professional ta’lim muassasalari direktorlarining xorijiy tillarga o‘qitish kurslari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha hisoboti tinglandi. Jumladan, bugungi kunda Respublika bo‘yicha jami 32 ta professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar nemis tili kurslarida tahsil olmoqda. Ushbu kurslarning samaradorligini oshirish maqsadida, nemis tili kurslariga jalb etilgan o‘qituvchilarga joriy yilning sentabr oyidan boshlab vazirlikning mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ustamalar to‘lab berilishi belgilab qo‘yildi. Vazir o‘rinbosari S.Buzrukxonov xorijiy tillarni o‘qitish borasida olib borilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan nemis tili oʻquv kurslari oʻquvchilari oʻrtasida onlayn test sinovlarini tashkil etib borilishida tegishli mas’ullarga topshiriqlar berdi.

22-Iyun, 2023-yil 9:44 Pedagogik yuklamalarini soddalashtirish va hisobot shakllarini kamaytirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

2023-yilning 15-may kuni Pedagogik innovatsiyalar institutitutida professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar “Pedagogik yuklamalarini soddalashtirish va hisobot shakllarini kamaytirish” yuzasidan loyiha hujjatlarining muhokamasi o‘tkazildi. Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassisi, Pedagogik innovatsiyalar instituti mutaxassislari, professsional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar-xodimlar ishtirok etishdi. Seminardan kо‘zlangan asosiy maqsad, pedagogik yuklamalarini soddalashtirish, hisobot shakllarini kamaytirish orqali ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarni kо‘proq о‘z ustida ishlashi uchun xizmat qiladigan hujjatni shakllantirishdan iborat.