Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar instituti va O‘zbekiston Respublikasi nogironlar jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Memorandum imzolash jarayonida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan O‘tkir Alijonov va Anvar Allabergenovlar, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutidan Zayniddin Xudayberdiyev, Shixnazar Sharofaddinov va Dadaxon Xushmurodovlar, O‘zbekiston Respublikasi nogironlar jamiyatidan Abdullayev Kamil Kadamovich, Omonturdiyev Botir Toshtemirovich, Biyunova Muhabbat Avazovna, Shatabayev Rizqiboy, Vosiqova Feruza Xamidovna va Sodiqov Saidmurodlar, shuningdek, Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablaridan Gazibayeva Dinora Raxmatxodjayevna, Ergashova Mashxura Amandjanovna va Xodjayeva Sayyora Nuriddinovnalar ishtirok etishdi. Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktori Z.Xudayberdiyev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Professional ta’limni o‘quv-metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘.Alijonov va O‘zbekiston Respublikasi nogironlar jamiyati raisi K.Abdullayevlar Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash “Nogironligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” va 2021 yilning 7 iyun kuni imzolangan “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunning nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat tomonidan qaratilayotgan katta e’tibor berilayotganligi to‘g‘risida gapirib o‘tishdi. Ushbu imzolangan Qonunlar bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi nogironlar jamiyatiga ham, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ham bir qancha ustuvor vazilarni belgilab berdi. Jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning kasb o‘rganishi, o‘rgangan kasbini nafaqat Respublika darajasida balki xalqaro darajaga ko‘tirish uchun xalqaro Abilimpiks standartlarini ta’lim jarayoniga transformatsiya qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bugungi kunda O‘zbekistondagi 4 ta imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi o‘quvchilari balki, barcha O‘zbekiston Respublikasi nogironlar jamiyatiga tegishli tashkilotlarda, nogironlar jamoat tashkilotlarida kasb o‘rganayotgan o‘quvchilarning kasbiy yetuklik mahoratini xalqaro darajaga olib chiqishga Abilimpiks standartlari zamin bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, Abilimpiks nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘z hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, ishchi kasblarga, mutaxassisliklarga bo‘lgan qiziqishini, kasbga bo‘lgan muhabbatini, rivojlantirishda va ommalashtirishda dunyo bo‘ylab targ‘ib qilishda juda muhim bo‘lgan vositadir. Shunday ekan, bugungi kunda asosiy maqsadlarimizdan biri bu Abilimpiks chempionatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning munosib ishtirok etish va yurtimizda professional kasb egalarining tayyorgarligini jahonga namoyish etishdir. Tizim oldida turgan vazifalar to‘g‘risida fikr almashilganidan so‘ng ikki taraf hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar.

2-Aprel, 2026-yil 9:10 Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirishga qaratilgan uchrashuvlarni tashkil etishga bag‘ishlangan seminar-trening

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirishga qaratilgan uchrashuvlarni tashkil etishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-dekabrdagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar reja”si ijrosi bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasidagi eng dolzarb masalalar o’rganildi. Seminar ishtirokchilari uchun “Akademik halollikni oʻzingizga qonun sifatida qabul qilib oling” hamda “Halollik vaksinasi va korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻlida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilgan eng muhim islohotlar” mavzularidagi videorolik va videokontentlar namoyish etildi. Mazkur seminar-treningda institut raxbariyati, professor-o‘qituvchilari va xodimlar hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining joriy yil mart oyidagi barcha tinglovchilari ishtirok etdilar. Institut kutubxona fondiga ma’ruzachi G.Rasulova tomonidan Oliy ta'lim sohasida korrupsiyaning oldini olish masalalari (O'zbekiston va Finlandiya misolida) monografiyasi esdalik uchun topshrildi. Seminarning asosiy ma’ruzachisi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy ta’lim markazi yuridik fanlari falsafa doktori (PhD) Rasulova Gulbahor Abidjanovna yuqori mahorat bilan faol ishtirok etdilar.

8-Sentabr, 2023-yil 9:52 Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis - barqaror iqtisodiyotning asosi

2023-yil 28-29-avgust kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan "Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis-barqaror iqtisodiyotning asosi” shiori ostida Avgust kengashi yalpi yig‘ilishi tashkil etildi. Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri akademik I.Abdurahmonovning Avgust kengashi ishtirokchilari, professional ta’lim muassasalari direktor va direktor o‘rinbosarlariga Mustaqillikning 32 yilligi bayram tabrik so‘zini Navoiy viloyati boshqarma boshlig‘i O‘.Mirzoyev tomonidan o‘qib eshittirildi. Tadbirda viloyat hokimi o'rinbosari J.B.Xadjayev, Professional ta’limni rivojlantirish instituti dotsenti D.Raxmatullayeva va bosh mutaxassis O‘Xurramovlar, Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektorlari va prorektorlari, professional ta’lim muassasalari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari va tizimdagi faol pedagog xodimlar bilan bir qatorda ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari ishtirok etdilar. Avgust kengashi yalpi yig‘ilishida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yangi o‘quv yilida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Avgust kengashi yalpi yig'ilishi yuqori saviyada tashkil etilib, tadbir yakunida professional ta’lim tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan va samarali mehnati, shijoati, ulkan tajribasi bilan professional ta’limni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, qolaversa 2022-2023 o‘quv yilida qo‘lga kiritgan yutuqlari va ko’rik-tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan muhandis-pedagoglarga hamda “Eng namunali professional ta’lim muassasasi” tanlov g’oliblariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik I.Abdurahmonov, Professional ta’limni rivojlantirish instituti rahbari, professor Z.Xudoyberdiyev, viloyat hokimi hamda boshqarma boshlig'i O‘.Mirzoyevlar tomonidan “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir yakunida viloyat madaniyat boshqarmasining musiqiy dasturi hamda professional ta’lim muassasalarining havaskor guruhlari chiqishlari namoyish etildi.

29-Mart, 2023-yil 14:02 Professional ta’lim tizimida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi seminar bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 29-30 mart kunlari Pedagogik innovatsiyalar institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi tomonidan Professional ta’lim tizimida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi seminari tashkil qilindi. Ishchi seminarda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Germaniyaning APO-COACH kompaniyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Pedagogik innovatsiyalar instituti vakillari qatnashmoqda. Germaniyaning “APO-COACH” kompaniyasi eksperti Mayk Finsh DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqishning muhim jihatlari bo‘yicha taqdimot qildi. Ishchi seminarda texnik talablarni ishlab chiqishning quyidagi jihatlari muhokama qilinadi: • huquqiy va me’yoriy talablar, xavfsizlik; • dizayn va loyihaviy boshqaruv tamoyillari; • ishchi jarayonga oid talablar; • arxitekturaga oid talablar; • tizim administratorlari va boshqarish bo‘yicha zarur funksiyalar; • ekspluatatsiya xususiyatlariga oid talablar; • asosiy texnik talablar; • xizmat tavsifi; • yetkazib beruvchi (ishlab chiquvchi)ga va uning uning jamoasiga oid talablar, baholash mezonlari; • barqarorlik mezonlari. Ishchi seminar 1-kunida huquqiy va me’yoriy talablar, xavfsizlik va ishchi jarayonga oid talablar, 2-kunida tizimning asosiy texnik talablarni muhokama qilish belgilangan.

10-Iyul, 2023-yil 9:19 Namangandagi sayyor qabul

Davlatobod tumani “Yangi Oʼzbekiston - yoshlar ziyo maskani axborot kutubxonasi”da Namangan viloyati yoshlari bilan ochiq muloqot shaklida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda oliy, professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda qabul jarayonlarini tashkil etilganlik holati hamda yoshlarning taʼlim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma va boʻlim boshliqlari, vazirlikning viloyat boshqarmasi rahbariyati, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari prorektorlari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda professional taʼlim va oliy taʼlim tizimida tahsil olayotgan talaba-yoshlar hamda abituriyentlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, takliflar, muammolar bilan masʼullarga murojaat qildilar. Ochiq va rasmiylikdan holi tarzda oʻtgan uchrashuvda murojaatlarga javoban, yoshlarga oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayonlari, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish tartibi, oliy taʼlim tizimidagi mavjud imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, ilm-fan va innovatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yoshlar tomonidan yaratilayotgan yangi ishlanmalar hamda startap loyihalar bilan tanishildi, ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi. Sayyor qabulda oʻnlab yoshlarning yangi ishlanmalarini oʻrganib chiqish va moliyalashtirish masalasi eʼtiborga olindi. Yana koʻplab murojaatlarda bayon etilgan muammolar ularning yechimini taʼminlash maqsadida ishlab chiqiladigan “Yoʻl xaritasi”ga kiritiladigan boʻldi. Bir soʻz bilan aytganda, sayyor qabul ilm olish, izlanish, katta marralarni zabt etish, mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshish maqsadidagi yoshlar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etdi.

22-Iyun, 2023-yil 10:04 Professional ta’limni rivojlantirish yо‘lida

Pedagogik innovatsiyalar instituti va Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika instituti о‘rtasida 2020-yil noyabr oyida professional ta’lim sohasida hamkorlik tо‘g‘risida Kelishuv imzolangan 2023-yil 13-iyun kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida Belorus Respublikasi Professional ta’lim respublika instituti rektori V.N.Golubovskiy boshchiligidagi (PTRI) vakillari bilan bо‘lib о‘tgan uchrashuvda Kelishuv ijrosi bо‘yicha qabul qilingan 2021-2023 yillarga mо‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi hamda “Energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish sharoitida qurilish sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash mexanizmi sifatida professional ta’limning ijtimoiy sherikligining nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqish” qо‘shma belorus-о‘zbek loyihasining ijrosi muhokama etildi. Uchrashuv davomida erishilgan Kelishuv doirasida professional ta’lim tizimini rivojlantirish, О‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, muqobil energiya manbalariga xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash, jumladan shu sohada kadrlar tayyorlash bо‘yicha hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi 2023-2025 yillarga mо‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi imzolandi.