Qayta tiklash

Bunday raqam bilan ro'yxatdan o'tilmagan!!!

login yoki parol xato!

Ro’yxatdan o’tish

Telefon raqamingizga sms orqali 6 xonali tasdiqlash kodi jo'natildi. Iltimos kodni kiriting!

01:59

Kod xato. Iltimos tekshirib boshqatdan kiriting!!!

Ro’yxatdan o’tganmisiz?

Ortga qaytish

Yangiliklar

Shamsiddin Hamidovich Usanov 60 yoshda

Joriy yilning 21-yanvar kuni Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘z sohasini tajribali mutaxassisi, o‘z kasbining fidoyisi, chinakam inson va mehribon ustoz Shamsiddin Hamidovich Usanov qutlug‘ 60 yoshni qarshiladi. Ushbu tadbirda institut jamoasi ustozni muborak yoshi bilan samimiy qutlab, ushbu sharafli kunda jamoaga faol xizmat qilayotgan, yetuk mutaxassis va jonkuyar murabbiy sifatidagi faoliyatini alohida e‘tirof etishdi. Zahmatkash inson va bir qancha shogirdlarning ustozi Shamsiddin Hamidovich o‘zining muborak 60 yoshini ma’naviy merosimizni targ‘ib qilish, ta’lim-tarbiya ishida ulkan muvaffaqiyatlar bilan kutib olish arafasida turibdi. Inson yashar ekan u kechirayotgan umrining asl qiymati-yuksak insoniy fazilatlari, mehribonligi, odamlarga yaxshilik qila olishi, do‘stlariga sadoqati, fidoyi qalbi hamda mehnatkashligi bilan o‘lchanadi. Eng muhimi ustoz el ardog‘ida, hamkasblari hurmatiga sazovordir. Ustozga sihat-salomatlik, yangidan yangi ijodiy zafarlar tilaymiz. Institut jamoasi

6-Noyabr, 2023-yil 9:39 “Mening innovatsion g‘oyam” kо‘rik-tanlovi

2023-yil 23-oktabr kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Mening innovatsion g‘oyam” kо‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Kо‘rik-tanlov oktabr oyida malaka oshirishga kelgan tinglovchilar orasida tashkil etilgan bо‘lib, Professional ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 9 nafar rahbar-xodimlar ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari quyidagilar: 1-о‘rin Chilonzor tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi psixologi Raxmatova Dalira Yusupdjanovna, Toshkent shahri. 2-о‘rin Xonqa tumani 1-son kasb-hunar maktabi ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor о‘rinbosari Yuldoshev Oxunjon Kenjaboy о‘g‘li, Xorazm viloyati. 3-о‘rin Buxoro shahar kasb-hunar maktabi direktori Bozorov Dilshod Turg‘unovich, Buxoro viloyati. Tanlov 3 bosqichda amalga oshirildi. G‘oliblar 1, 2 va 3 darajali diplomlar, estalik sovg‘alari hamda ishtirokchilarga sertifikatlar bilan taqdirlandi.

6-Noyabr, 2023-yil 9:42 German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti tomonidan tashkil etilgan seminar-treninglari muvaffaqiyatli yakuniga yetdi

German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti va GIZ o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida o‘qituvchilar va kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbarlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish” loyihasining Toshkent shahridagi professional ta’limini rivojlantirish institutida 2023-yil 16-28-oktabr kunlari ”Mikrobiznes o‘yini” hamda ”Biznesni rejalashtirish va bank suhbatlariga tayyorgarlik” modullari bo‘yicha seminar-treninglari bo‘lib o‘tdi. Ushbu treninglarda 36 nafar professional ta’limi muassasalari o‘qituvchilari va 14 nafar viloyat boshqarma ma’sullari qatnashdilar. Loyiha Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish federal vazirligi (BMZ) tomonidan qo‘llab-quvatlangan bo‘lib, asosiy maqsadi moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi bo‘yicha yagona o‘quv dasturini ishlab chiqish, shuningdek, professional ta’limi muassasalarining, shu jumladan to‘qimachilik sanoatining o‘qituvchilari va rahbarlarini zarur ko‘nikmalarga o‘rgatish va o‘rta professional ta’lim muassasalarini ushbu modullarni kelgusi amaliy o‘qitish jarayonida materiallar bilan ta’minlashdan iboratdir. Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda loyihani amalga oshirish jarayonida boshqa modullarni ham o‘qitish rejalashtirilgan. ”Mikrobiznes o‘yini” moduli xalqaro mutaxassislar Natasha Mundinger va Nargiza Iskakova hamda "Biznesni rejalashtirish va bank suxbatlariga tayyorgarlik" moduli Matias Vangler tomonlaridan olib borildi. Treninglar yakunida barcha ishtirokchilar German Sparkassenstiftung tashkiloti tomonidan muvaffaqiyatli qatnashganligi uchun sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Ular o‘z navbatida multiplikatorlar sifatida viloyatlardagi professional ta’limi muassasalari o‘qituvchilarga shu modullar bo‘yicha seminarlar o‘tkazadilar.

27-Yanvar, 2026-yil 10:30 Bo‘limlar faoliyati bilan tanishuv

Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori Saxiba Kazakova Dual va xalqaro ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish hamda Yangi ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi. Bo‘limlarning vazifalari hamda tizimdagi muhim islohotlardan kelib chiqib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor rejalar bo'yicha bo'limlar tomonidan taqdimotlar qilindi.

29-Mart, 2023-yil 14:02 Pedagogik innovatsiyalar institutida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Scopus bazasida ilmiy maqolalar chop etish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Innovatsion loyihalar, fan va taʼlim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 28-mart kuni doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Scopus bazasida ilmiy maqolalar chop etish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda Scopus bazasi imkoniyatlari, IMRAD talabi asosida maqolalarni yozish tartibiga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar-trening so‘ngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan savol-javob tarzida suhbat o‘tkazildi.

7-Oktabr, 2024-yil 11:24 DARYA loyihasining SCAFFOLD vositalaridan foydalanish bo‘yicha tajribalari malaka oshirish tizimi o‘quv jarayonlariga joriy etilmoqda.

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Professional ta’lim tizimi rahbar xodimlari IChTBDO‘ guruhi uchun SCAFFOLD vositalaridan foydalanish metodikasini o‘qitish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-trening institut xodimi B.Haydarov tomonidan olib borildi. Ushbu seminar-treningda professional ta’lim tizimi o‘quv jarayonlarini tashkil etish va loyihalashda SCAFFOLD qatalarining o‘rni va ularning mohiyati, SCAFFOLD kartalaridan foydalanish va SCAFFOLD kartalari orqali o‘quv jarayonlarini rejalashtirish texnologiyalari tahlil qilindi. Ishtirokchilar kichik guruhlarga ajratilgan holda SCAFFOLD kartalaridan foydalanib, o‘quv mashg‘ulot rejasi ishlab chiqdilar va har bir guruh a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv mashg‘ulot rejasi bo‘yicha taqdimot amalga oshirildi.